H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Xususiylashtirishning G’arbga va O‘zbekistonga xos xususiyatlari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Xususiylashtirishning G’arbga va O‘zbekistonga xos xususiyatlari
Bizning iqtisodiy adabiyotlarimizda ko‘pgina xususiylashtirish borasidagi G’arb mamlakatlari tajribasi targ‘ib qilinadi, ammo bu tajribani bizning zaminimizga ko‘chirish ma’qul yoki noma’qul emasligi hisobga olinmaydi. Gapning indallosini aytganda, G’arbdagi va O‘zbekistondagi davlat mulkining institut tarzidagi tavsiflari bir xil emas. Yevropada va AQShda xususiylashtirish ancha ilgari tarkib topgan bozor sharoitlarida amalga oshirib kelingan va amalga oshirilmoqda, u qo‘shimcha kapital va mehnat ulushlarini nisbatan yengil o‘zlashtirishga tayyor. Sababi G’arb mamlakatlarining aksariyatida xususiylashtirish jarayoniga boshlang‘ich turtki berish uchun 189 hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari darajasida turkum qonun hujjatlari qabul qilinishining o‘zi yetarli bo‘lgan. O‘zbekistonga yuqoridan turib keng ko‘lamli xususiylashtirishni tiqishtirish mamlakat iqtisodiyotining ahvolini yanada og‘irlashtirishi mumkin. Birorta ham huquqiy hujjat, u naqadar progressiv bo‘lmasin, kapitallar, mehnat va resurslar bozorini qisqa vaqtda shakllantirishga qodir emas. Siyosiy hokimiyatning qarori biln rasmiylashtirilgan xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunlar o‘z-o‘zidan noinfratuzilmani, nobozor madaniyatini tashkil etadi – u ana shu jarayonni rivojlantirishning huquqiy doiralarini vujudga keltiradi, xolos. Madaniylashgan hozirgi zamon bozori – iqtisodiy tizimning uzoq vaqt davom etgan tadrijiy rivoji natijasidir. Ana shu jarayon davomida o‘nlab, yuz minglab kontragentlar tutashgan fond birjalari va boshqa tashkilotlar orqali iqtisodiyot muvozanatini saqlab turuvchi institut tarzidagi tuzilmalar shakllanadi. Davlat ana shu tadrijiy rivojlanishni yo‘naltirib turishga, bozor stixiyasi qonun bilan belgilangan chegaralardan tashqariga chiqib ketmasligini kuzatib borishga da’vat etilgan. Yuqoridan turib tiqishtirilayotgan ma’muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan xususiylashtirish g‘oyasi yaqin o‘tmishdagi har xil kompaniyalarni eslatadi. Qat’iy xususiylashtirish tarafdorlari unda milliylashtirishning aksinigina ko‘rishar ekan, qattiq yanglishishadi. Gap shundaki, milliylashtirilganda mulkni musodara qilish akti (uni xususiy egalaridan tortib olish) va mulkka egalik huquqini beruvchi akt, ma’lumki, huquqning birdan-bir sub’ekti - davlat tomonidan amalga oshiriladi, bu ana shu marosim mexanizmini sezilarli darajada soddalashtiradi: xususiylashirishda esa davlat mulkini «tortib olish» – g‘oyatda murakkab va serqirra jarayondir. Davlat bu borada tashabbuskor bo‘lishi mumkin, ammo uning dinamikasini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatining qarori bilan belgilab bo‘lmaydi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling