H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
8.3. Mulk va bozor
Mulk ko‘rinishlari va shakllari ustida o‘tkazilgan tahlil ularning hammasini xo‘jalik faoliyati alohidaligini keltirib chiqaradi. Buning natijalaridan yo korxonalarda (qisman) foydalaniladi yoki ular sotish uchun bozorga (aksariyat qismi) chiqariladi, deb xulosa chiqarish imkonini beradi. Mulkning turli-tuman ko‘rinishlari mavjudligi tovarlarni sotish orqali ularning iqtisodiy ko‘rinishdagi daromadlarini (ish xaqi, foyda, renta, ustama foizni) o‘zlashtirish zaruratini ob’ektiv ravishda shart qilib qo‘yadi. Bu, o‘z navbatida, alohida – alohida mulk egalari - tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalarning o‘rnatilishiga olib keladi. Bozor raqobati mexanizmlari ularning qaysi biri eng yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatayotganini aniqlash imkonini beradi. Ayni vaqtning o‘zida bozor mexanizmlari jamiyat ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida, xo‘jalik faoliyatining tarmoqlari va sohalariga nisbatan olganda, mulkning eng hayotiy ko‘rinishlarini ajratish imkonini beradi. Shu bilan birga, e’tirof etish kerak, umumiylashtirishning yuksak darajasiga erishgan hozirgi zamon ishlab chiqarishi mulkning ko‘pgina shakllari faoliyat ko‘rsatishi, o‘zaro bir-birini to‘ldirishi bilan tavsiflanadi. Jumladan, uyushgan mulk asosida ko‘p sonli ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ishlab chiqarish-savdo va boshqa turli birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi. Ular o‘z xo‘jalik faoliyatlari g‘oyat keng ko‘lamda bo‘lishiga qaramay, mulki shaxsiy, sherikchilik, jamoa, davlat ko‘rinishidagi korxonalar bilan ularga u yoki bu mahsulotlarni, yarimfabrikat mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risida bitimlarni tuzishga yoki tovarlarni iste’molchilarga yaqinlashtirish, u yoki bu texnik, iqtisodi, yoxud bozor tadqiqotlarini bajarish sohalarida ular bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladilar. Shu sababli, hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari jadal tarkibiy siljishlarni, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, xo‘jalik faolitining har xil turlari ish olib boradigan yangi tashkiliy- boshqaruv shakllarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan aralash iqtisodiyotga asoslanadi. Va nihoyat, birgina mulk shakllarining rang-barangligi emas, o‘zlashtirish munosabatlarini egalik qilish va tasarruf etish orqali amalga oshirishning o‘rtacha shakllari mavjudligi ham tovar-pul munosabatlari rivojlanishining shartidir. Mulkchilik munosabatlarining amalga oshirilishi qarz beruvchi bilan qarz oluvchi, yer egalari bilan yerni ijaraga oluvchi, qimmatbaho qog‘ozlarning 184 egalari bilan tasarruf etuvchilar o‘rtasida tijorat munosabatlari yo‘lga qo‘yilishini taxmin qiladi. Egalik va tasarruf etish munosabatlarisiz hozirgi zamon jamiyatidagi ko‘pgina iqtisodiy munosabatlarni tushuntirib bo‘lmaydi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling