H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Mulk mazmunining talqinlari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Mulk mazmunining talqinlari 
Mulk muammosi – eng murakkab muammolardan biri. U turlicha talqin 
etiladi. Sharhlariga va bir-biridan farqiga to‘xtalmay, ularning eng keng 
tarqalganlarini misol keltiramiz. Mulk – bu ishlab chiqarish omillari
xodimlarni ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lashning usullaridan biri. 
Taqsimot usuli mulkning asosiy mazmunini tashkil etadi. Mulk ishlab 
chiqarishni boshqarishda ishtirok etish shakli bilan tavsiflanadi. Nihoyat, 
mulkni ifodalash uchun butun iqtisodiy munosabatlar tizimini ochib 
tashlash zarur, bu demak, u o‘zini jamiki iqtisodiy munosabatlar yig‘indisida 
namoyon etadi. 
Bizning fikrimizcha, ana shu sifatlardan birini eng to‘g‘risi, deb tanlashga 
urinish, nuqtai nazarlardan har birining tarafdorlari o‘z mulohazalarini 
yoqlashiga qaramay, o‘zini oqlamaydi. Shunga qaramay, ana shu sifatlarni 
diqqat bilan o‘qib chiqishga harakat qilib, o‘ylab ko‘raylik-chi: umuman, shu 
o‘rinda munozara uchun ob’ekt bormi? Nahotki shu nuqtai nazarlar bir-biri 
bilan murosaga kelmaydigan darajada bo‘lsa? 
Bizning javobimiz bitta. Ana shu nuqtai nazarlarning hammasi to‘g‘ri. 
Bunday xulosa quyidagi mulohazalardan kelib chiqadi: 


176 
Mulkning birinchi sifati-birgina va bevosita ishlab chiqarishga aloqador. 
Bu demak, u xodimning ishlab chiqarish jarayonining o‘zidagi ishlab chiqarish 
vositalariga 
munosabatlarini 
tavsiflaydi. 
Ikkinchi 
sifati 
-taqsimot 
munosabatlari bilan chegaralanadi, ya’ni kim taqsimotni amalga oshirsa, 
mulkiy munosabatlarni ham u amalga oshiradi. Uchinchi sifat -mulkchilik 
munosabatlarini ishlab chiqarishni boshqarishga dahldorlik ko‘zgusi orqali 
ko‘rib chiqadi va nihoyat, to‘rtinchi sifat - bizni mulkchilik munosabatlariga 
xo‘jalik sub’ektlari kirishadigan jamiki iqtisodiy munosabatlar nuqtai 
nazaridan kelib chiqib, nazar tashlashimizga turtki vazifasini o‘taydi. 
Barcha nuqtai nazarlar to‘g‘ri, zero, ularning har biri mulkka iqtisodiy 
munosabatlarning qandaydir bir kesmasini (ishlab chiqarishdagi, taqsimotdagi, 
boshqaruvdagi, umuman, iqtisodiyotdagi) aks ettiradi, ularning har biri boshqa 
tavsiflarni to‘ldiradi, boyitadi, deb xulosa chiqarish mumkin. Bu pirovard 
natijada, so‘nggi serqamrov sifatda o‘z ifodasini topadi. Ammo bundan, aynan 
shu sifat to‘g‘ri, deb xulosa chiqarish mumkin emas. Sababi, tahlil doirasida 
biz voqelikning o‘ziga xos jihatlarini alohida-alohida olib (mazkur holda 
mulkning), chuqur ko‘rib chiqamiz, bu bizni yangi bilimlar bilan boyitadi. 
Mulkning iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatidagi tavsifi esa, o‘sha mulkchilik 
munosabatlari turli tomonlarining sintezidir. Mulkchilik munosabatlarini 
tadqiq etishga aynan shunday yondashuv, bir tomondan, samarasiz 
munozaralarni iloji boricha kamaytiradi, ikkinchi tomondan, mulkni har 
tomonlama, turli qiyofada ko‘rib chiqish imkonini ochib beradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling