H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 O‘zbekiston Respublikasida mulkning turlari va shakllari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

8.2. O‘zbekiston Respublikasida mulkning turlari va shakllari 
Mulkning tavsifi quyidagi ikki turga: xususiy va jamoa mulkiga 
ajratilishini belgilab beradi. 
Jahon amaliyoti xususiy mulkning asosiy, belgilovchi ekanligini va
to‘rt asosiy ko‘rinishda: shaxsiy, sherikchilik, uyushgan, umuxalq 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. 
1. Shaxsiy mulk. Shaxsiy mulk jismoniy yoki huquqiy shaxs mulkining 
barcha munosabatlarini (o‘zlashtirish, tasarruf etish, foydalanish) bir o‘zi 
amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Shu o‘rinda gap ayni vaqtning o‘zida 
ishlab chiqarish vositalarining egasi, ham ishchi kuchi bo‘lgan yakka oddiy 
tovar ishlab chiqaruvchilar haqida bormoqda. To‘g‘ri, bu holda oila 
a’zolarining mehnatidan (masalan, oilaviy fermer xo‘jaliklari) foydalanilishi 
mumkin. Bundan tashqari, shaxsiy mulk yollanma mehnatdan foydalanishi 
mumkin bo‘lgan alohida olingan xususiy shaxsning mulki ko‘rinishida 
namoyon bo‘la oladi. 


177 
2. Sherikchilik mulki. Sherikchilik mulki birgalikda tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir nechta huquqiy yoki jismoniy 
shaxslarning mol-mulki, kapitali u yoki bu shaklda birlashishini taxmin qiladi. 
Bu o‘rinda gap ta’sischilarning paychilik badallari (ishlab chiqarish vositalari, 
yer, pul, moddiy boyliklar, yangi g‘oyalar) asosida korxonani tashkil etishi 
haqida bormoqda. Bunday korxonalar to‘liq yoki cheklangan mas’uliyat 
asosida tashkil etilishi mumkin. 
Mas’uliyat to‘liq bo‘lganida jamiyat ta’sischilari qarz beruvchi oldida 
o‘zlarining jamiki mol-mulklari bilan, shu jumladan, mazkur korxonaning 
sherikchilik mulki bo‘lmagan mol-mulklari bilan to‘liq javobgardirlar. Buning 
ustiga javobgarlik ikki tomonlamadir: qarz beruvchi bilan hisob-kitob qilish 
vaqtida sheriklardan birining mablag‘i yetishmay qolsa, qarz uning sherigi 
mol-mulki bilan qoplanadi. 
Mas’uliyati cheklangan sherikchilik korxonalarida ularning ta’sischilari 
o‘z kreditorlari oldida faqat kapital (aksiyalar paketi) munosabatlarda ularning 
har biriga tegishli ulushi miqdorida javobgardirlar. Ularning mol-mulkka doir 
mas’uliyati qatnashchilarning mulkiy ob’ektlariga yoyilmaydi, sababi, 
ularning sherikchilik korxonasi mulkiga aloqasi yo‘q. Bunday korxonalarning 
aksiyalari faqat ularni ta’sis etuvchilar o‘rtasida tarqatiladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling