H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


O‘zlashtirish va foydalanish, tasarruf etish va egalik qilish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

O‘zlashtirish va foydalanish, tasarruf etish va egalik qilish 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy jihatlariga, ya’ni mulkchilik 
munosabatlarini amalga oshirishning ko‘rinishlariga qaytamiz. Shuni 
ta’kidlash kerakki, mulk asos bo‘lib xizmat qiluvchi ikki tomon: foydalanish 
munosabatlari va o‘zlashtirish munosabatlarining birligi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Mazkur munosabatlarsiz, so‘zning iqtisodiy ma’nosini nazarda 
tutadigan bo‘lsak, mulkning o‘zi yo‘q. O‘zlashtirish munosabatlari haqida 
yuqorida gapirib o‘tdik. Iqtisodiy ma’nodagi foydalanish munosabatlariga 
kelsak (foydalanish huquqi bilan chalkashtirish kerak emas), bu holda, 
mehnatning ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro munosabatlari 
jarayonini tushunish kerak, faqat shu jarayondagina tabiat ne’matlarini 
o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Foydalanishning iqtisodiy munosabatlari inson 
tomonidan ma’lum ne’matlarni olish maqsadida ishlab chiqarish vositalaridan 
foydalanishini ifodalaydi. Ular mehnat jarayonining o‘zini va ishlab chiqarish 
jarayonini tavsiflaydi. Ushbu jarayonlar inson ishlab chiqarishning moddiy 
omillaridan foydalanishi tufayligina shunday xususiyatlarni kasb etadi. 
Faoliyatning biron-bir turi natijasini o‘zlashtirish mumkin xolos. 
Dastavval o‘zlashtirish egalik qilish va tasarruf etish munosabatlarining birligi 


174 
asosida amalga oshirilar, bu munosabatlar bir-biridan ajralmagan bo‘lib, bir 
shaxsning o‘zida mujassamlashgan edi. Bu demak, egasi va idora etuvchisini 
aniqlash muammosining o‘zi vujudga kelmasdi. Masalan, zamindor yoki 
hunarmand bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish vositalarining ham tasarruf 
etuvchisi, ham egasi bo‘lib, o‘zlashtirish faqat unga qarashli bo‘lgan ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish orqali amalga oshirilar edi. 
Demak, uning faoliyatini barcha natijalari va jamiki mahsulot to‘la-to‘kis faqat 
unga tegishli bo‘lgan, zero, u bir vaqtning o‘zida ham idora etish 
munosabatlarini, ham ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga mulk 
sifatida egalik munosabatlarini amalga oshirib kelgan. 
Ammo savdo-sotiq, pul, yer, kredit munosabatlarining rivojlanish 
jarayonida egalik qilish bilan tasarruf etish munosabatlari bir-biridan 
ajralishidan oldinroq, foydalanish va o‘zlashtirish munosabatlarining ajralishi 
ro‘y berdi. Bu xodimni, ishchi kuchini, mehnatni ishlab chiqarish vositalaridan 
ajratish bo‘linishi ro‘y berdi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish 
munosabatlarini qo‘l, koranda dehqon, yollanma ishchi amalga oshirar, ishlab 
chiqarish faoliyati natijalarini esa, ishlab chiqarish vositalarining egasi 
o‘zlashtirardi. Hozirgi zamon sharoitida ishlab chiqarish vositalaridan 
foydalanish munosabatlarini yollangan xodim amalga oshiradi va ishchi 
kuchining egasi sifatida ish haqini o‘zlashtiradi, ishlab chiqarish faoliyatining 
egasi sifatida korxona xo‘jayini -tadbirkor o‘zlashtiradi. 
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy munosabatlarning taraqqiyoti 
natijasida egalik munosabatlarida mulkni tasarruf etishdan ajralishi ro‘y berdi. 
Jumladan, qadim davrlardayoq yerga ijara va kredit munosabatlari mavjud 
bo‘lgan. Masalan, yer egasi yer maydonini dehqonga ijaraga beradi. Dehqon 
ana shu yerda mehnat qilib, ma’lum miqdorda hosil oladi, uning bir qismini 
esa, natura yoki renta puli ko‘rinishida yer egasi o‘zlashtiradi. Bunday 
o‘zlashtirish yerni idora etishga bo‘lgan alohida huquq munosabatlariga 
asoslanadi. Dehqonga yer uchastkasini idora etish (ijara) munosabatlari 
asosida hamda o‘z ishchi kuchining egasi bo‘lganligi uchun u o‘zlashtiradigan 
mahsulot qoladi. 
Agar hozirgi zamon yirik yer xo‘jaliklarini oladigan bo‘lsak, shuni qayd 
etish mumkinki, yer egalari rentani yerga egalik munosabatlaorini amalga 
oshirishning ko‘rinishlaridan biri sifatida o‘zlashtiradi, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini olib boruvchi tadbirkor foydani yerni idora qilish munosabatlarini 
amalga oshirishning ko‘rinishi sifatida o‘zlashtiradi, ishchi kuchidan 
foydalanib, unga egalik munosabatlarini amalga oshirgan yollanma qishloq 
xo‘jaligi xodimi esa, ish haqini o‘zlashtiradi. 


175 
Tasarruf etish va egalik qilish munosabatlari doirasida o‘zlashtirishning 
ikkiga ajralish jarayonini yana bir karra tushuntiramiz. Siz tadbirkorsiz va 
sizda bozorda ehtiyoj sezilayotgan yangi mahsulotni ishlab chiqarish g‘oyasi 
tug‘ildi, ammo sizning ana shu g‘oyani amalga oshirish uchun imkoniyatingiz 
yo‘q. Mablag‘ingiz, kapitalingiz yetishmaydi, deb taxmin qilaylik. Bu holda 
siz qarz olish uchun bankka murojaat qilasiz. Qarz olib, zarur mahsulot ishlab 
chiqarishni tashkil etib, siz muhim daromadga ega bo‘lasiz. Ammo siz 
vaqtinchalik idora etish uchun berilgan qarzni (qarzga olingan kapitalni) 
qaytarishingiz shart, bundan tashqari qarz bergan bankka ustama foiz 
to‘lashingiz lozim. Bank qarzga berilgan kapitalning egasi sifatida, ustama 
foizni (bank daromadini) o‘zlashtiradi, shunday qilib, mulkka (qarzga berilgan 
kapitalga) egalik munosabatlarini amalga oshiradi. Nega endi egalik 
munosabatlarini? Sababi, kapitalning egasi bo‘lgan bank o‘z pullarini 
boshqacha idora etishi, ularni sizga emas, boshqa mijozga berishi ham mumkin 
edi.
Shuning uchun ham egalik munosabatlari mulkka egalikni amalga 
oshirishning eng oliy ko‘rinishidir. Siz, tadbirkor sifatida, o‘z mahsulotingizni 
sotishdan olingan yalpi tushumdan foydani o‘zlashtirasiz va shu tariqa sizga 
berilgan qarzni, vaqtincha olingan kapitalni idora etish munosabatlarini 
amalga oshirasiz. Aksiyadorlar kapitali bilan ham xuddi shunday bo‘ladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling