H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliylashtirilgan mol-mulkni egalariga qaytarish.
Aralash tadbirkorlik. Davlat va mulkning boshqa ko‘rinishidagi
sub’ektlar ishtirokida aralash korxonalarni tashkil etish davlat tasarrufidan chiqarishning navbatdagi yo‘nalishlaridan biridir. Bunday korxonalar qarz olish va soliq to‘lash borasida imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Mazkur holda gap faqat va birgina xorijiy kapital ishtirokida korxonalar tashkil etish haqida emas, davlat mulki tuzilmalari tarkibida mamlakatimizda vujudga kelgan mulkning boshqa ko‘rinishlarini ora-sira joylashtirish haqida bormoqda. Bu yo‘l to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy tadbirkorlikning tarkibiy qismlarini kengaytirish xususiyatiga ega xususiylashtirishga olib boradi. Ayni vaqtning o‘zida aralsh tadbirkorlik davlat korxonalarini tijoratlashtirish elementlarini albatta, o‘z ichiga oladi. Milliylashtirilgan mol-mulkni egalariga qaytarish. Nihoyat, davlat mulkini o‘z egalariga qaytarish bo‘lib, uning aksariyat qismi bevosita xususiylashtirish xususiyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq millilashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarish bosqichma-bosqich, uch xil usulda – kim oshdi savdolari, tanlovlar va aksiyalashtirish orqali amalga oshirilishi lozim. Davlat tasarrufidan chiqarishning yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlarida xususiylashtirish jarayoni nazarda tutiladi, milliylashtirilgan mol-mulkni egasiga qaytarishda esa, xususiylashtirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yaqqol ko‘zga tashlanadi. 188 8.5. Xususiylashtirish Xususiylashtirish bosqichlari Xususiylashtirishni amalga oshirish ma’lum bosqichlarni talab qiladi. Masalan, birinchi bosqichda loyihaning pirovard maqsadi aniqlanadi. Korxonaning ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, monopolizmni yengib o‘tish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish shular jumlasidan bo‘lishi mumkin. So‘ngra xususiylashtirish dasturi tayyorlanadi. Mazkur dastur korxonalar ro‘yxatini, amalga oshiriladigan tadbirlar taribini hamda ularni amalga oshirish muddatlarini o‘z ichiga olishi lozim. Shuningdek, undan xo‘jalik faoliyatining xususiyati, muayyan voqelikdan kelib chiqib, alohida har bir tarmoq va mintaqaga nisbatan qo‘llaniladigan tamoyillar, maqsad va vazifalar o‘rin olishi, milliylashtirilgan mol-mulk bo‘lajak mulkdorlarning qaysi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi kerak. Ikkinchi bosqichda xususiylashtirish usuli: davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, korxonani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish, tanlov yoki kimoshdi savdosi orqali davlat korxonalarini sotish kabi usullaridan biri tanlanadi. Uchinchi bosqich - zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, bozordagi ahvolni baholash, marketingni amalga oshirish, mijozlar safidan o‘rin olishi mumkin bo‘lgan xaridorlarni izlash va nihoyat, davlat mulkini qayta tashkil etish dasturni amalga oshirish jarayonini yakunlaydi. Ayni vaqtda shuni unutmaslik kerakki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish birdan-bir maqsad bo‘lib qolmasligi lozim. Faqat tugatishnigina ko‘zlab, davlat mulkini qayta tashkil etish bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fan-texnika va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni, milliy iqtisodiyot samaradorligi oshishini ta’minlovchi bozor tuzilmalarini shallantirish vositasi, usuligina xolos. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling