H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


-jadval  Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

9.1-jadval 
Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqarish
56
, ming tonna 
 
2017 
2018 
2019 
2020 
don va dukkakli don 
1 436,6 
1 216,6 
879,8 
788,3 
kartoshka 
2 347,6 
2 464,3 
2 539,8 
2 438,8 
sabzavotlar 
7 090,9 
6 931,7 
6 815,4 
6 507,3 
oziqbop poliz 
1 059,1 
1 147,6 
1 153,7 
1 051,9 
meva va rezavorlar 
1 604,0 
1 619,5 
1 603, 
1 579,4 
uzum 
862,1 
868,9 
887,0 
906,2 
go‘sht (tirik vaznda) 
2 145,9 
2 236,5 
2 230,9 
2 302,7 
56
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. Статистик тўплам. 2017-2020. Тошкент 2021. Б.56-57. 


199 
sut 
9 641,8 
9 995,8 
10 156,5 
10 372,2 
tuxum, mln.dona 
4 020,8 
4 335,1 
4 491,6 
4 817,9 
jun, tonna 
32 433 
30 543 
30 445 
30 124 
Natural xo‘jalik turg‘un xarakteri bilan ajralib turadi, zero, 
ixtisoslanmagan qo‘l mehnati ko‘p mahsulot ishlab chiqarishga qodir emas. 
Buning oqibatida mamlakat aholisining jon boshiga ishlab chiqarilgan 
ne’matlar hajmi deyarlik ko‘paymaydi, odamlarning ehtiyoji esa, uzoq vaqt 
an’anaviy bo‘lib qolaveradi. 
Natural xo‘jalik ishlab chiqarishning industriyaga qadar davrida 
ustuvorlik qildi. Mashina industriyasi sharoitlarida uning o‘rnini xo‘jalikning 
hukmron bo‘lib olgan ikkinchi turi uzil-kesil egalladi. 
 
9.2. Tovar ishlab chiqarish 
Tovar ishlab chiqarishi - xo‘jalikni tashkil etishning shunday bir turiki, 
foydali mahsulotlar bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. Tovar xo‘jaligiga 
quyidagi asosiy chizgilar xos. 
1. Mazkur xo‘jalik tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining ochiq tizimi 
hisoblanadi. Unda xodimlar foydali mahsulotlarni o‘z iste’mollari uchun emas, 
boshqa kishilarga sotish uchun yaratadilar. Yangi buyumlarning hammasi 
ishlab chiqarish birliklari chegarasidan chiqib, xaridorlar ehtiyojini qondirish 
uchun bozorlarga yo‘l oladi. 
2. Tovarlarni ishlab chiqarish mehnat taqsimotiga asoslangan. Uning 
rivojlanishi xodimlarining, korxonalarning u yoki bu mahsulotni yoki 
murakkab buyumning muayyan qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi 
(moslashishi) bilan bog‘liq. Bunday jarayon ob’ektiv ravishda texnika 
taraqqiyotini keltirib chiqaradi, texnika taraqqiyoti esa, mehnat taqsimotidan 
katta turtki oladi. Tovar ishlab chiqarishning mehnat taqsimoti, ya’ni texnika 
taraqkiyoti bilan uzviy aloqasi, shubhasiz uning natural xo‘jalikka nisbatan 
afzalliklaridan biridir. 
3. Tovar xo‘jaligiga ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi bilvosita 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling