H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Natural ishlab chiqarish 
Tovar ishlab chiqarish 
1. Yopiq xo‘jalik 
1. Ochiq xo‘jalik 
2. Xodimlarning mehnati universal 
2. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti 
3. Ishlab chiqarish bilan iste’mol 
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar. 
3. Ishlab chiqarish iste’mol bilan 
bozor orqali bog‘langan. 
9.1. Natural ishlab chiqarish 
Natural ishlab chiqarish - uning shunday bir turiki, unda odamlar 
mahsulotlarni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yaratadilar. Ishlab 
chiqarishning mazkur tarixan birinchi ko‘rinishi eng oddiysi hisoblanadi. 
Natural ishlab chiqarish uchun uning o‘ziga xos xo‘jalik munosabatlari 
mohiyatini ifodalovchi quyidagi belgilar xarakterlidir: 
1. Natural xo‘jalik - tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning yopiq tizimidir. 
U hukmron bo‘lgan jamiyat xo‘jalik birliklari (oilalar, jamoalar, xo‘jaliklar) 
ommasidan iborat. Har bir birlik o‘z ishlab chiqarish resurslariga tayanadi va 
hayot uchun zarur bo‘lgan jamiki narsalar bilan o‘zini -o‘zi ta’minlaydi. U xom 
ashyoning barcha turlarini topishdan boshlab, ularni iste’molga to‘liq 
tayyorlash bilan yakunlovchi xo‘jalik yumushlarining barcha turlarini bajaradi. 
2. Natural ishlab chiqarish uchun universal qo‘l mehnati xarakterlidir, u 
mehnatning turlariga bo‘linishini istisno qiladi: har bir odam asosiy 
yumushlarning barchasini bajaradi. Unda eng oddiy texnika (omoch, belkurak, 
xaskash va hakozolar) hamda qo‘lbola asbob-uskunalar qo‘llaniladi. Tabiiyki, 
bunday sharoitda mehnat faoliyati kam unumli hisoblanadi; mahsulot ishlab 
chiqarishning sezilarli darajada o‘sishi esa, amri mahol. 
3. Natural xo‘jalik uchun ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalar xos. U, «ishlab chiqarish - taqsimot -


198 
iste’mol» formulasi bo‘yicha rivojlanadi. Ya’ni yaratilgan mahsulot ishlab 
chiqarishning barcha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi va uni chetlab o‘tib, 
almashish orqali shaxsiy hamda ishlab chiqarish iste’moliga kirib boradi. 
Bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa natural xo‘jaligiga barqarorlik beg‘ishlaydi. 
Hozirgi sharoitlarda natural xo‘jalik industriyaga qadar iqtisodiyot 
ustuvor bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda saqlanib qolgan. Kam rivojlangan 
mamlakatlarda XX asrning o‘rtalarida ham aholining 50 - 60 foizi natural va 
yarim natural ishlab chiqarishda band edi. Hozir ana shu davlatlarda xalq 
xo‘jaligining qoloq tiziimini tugatish ishlari olib borilmoqda. 
Bizning mamlakatimizda natural ishlab chiqarish ayniqsa, dehqonlarning 
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida va shahar aholisining bog‘dorchilik-
polizchilik uchastkalarida rivojlangan. 
Respublikamizda, 1992 yilda «bozor sari harakat» e’lon qilingandan 
so‘ng, ba’zi hollarda qarama -qarshi harakatlar boshlandi, jumladan, natural 
ishlab chiqarish hukmron bo‘lgan bog‘dorchilik-polizchilik uchastkalari soni 
sezilarli darajada ko‘paydi (bu -hayot uchun g‘oyatda zarur ne’matlar bilan 
o‘zini ta’minlash vositasidir). 9.1-jadvalda keltirilgan statistika ma’lumotlari 
bizning ana shu fikrimizni tasdiqlaydi. 
Yana bir holat -mamlakatning ko‘pgina mintaqalari «bozor sari harakat» 
qilish o‘rniga xo‘jalik avtarkiyasini (yopiqligini) kuchaytirdilar. Ular oziq-
ovqat mahsulotlarini bir mintaqadan boshqa mintaqaga olib chiqib ketilishini 
taqiqlab qo‘ydilar (shu yo‘l bilan mahalliy aholining oziq-ovqat ta’minotini 
yaxshilashga urindilar). Vaholanqi, xo‘jalik aloqalarini naturallashtirishning 
salbiy oqibatlari ham bor, u normal xo‘jalik aloqalarini barbod etadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling