H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Iqtisodiy erkinlik. Xususiy mulkchilik iqtisodiy erkinlikni ikki asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelishini oldindan belgilab beradi: •erkin tadbirkorlikni; •erkin iste’molchi tanlovini. Iqtisodiy erkinlikning amalga oshirilishi ham tadbirkorlik bilan, ham iste’molchilik bilan shaxsiy manfaatning ustunligini taxmin etadi. Erkin tadbirkorlik faoliyati deganda, yalpi ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qaror qilinganlik tushuniladi. Nima, qancha miqdorda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqariladi degan savollarini hal etish uning suveren huquqidir. Albatta, mutlaqo erkinlik bo‘lmaydi, uning doirasi qonun bilan va uning davlat himoyasida turganligi bilan ifoda etiladi. Tadbirkorlik erkinligi uzoqqa cho‘zilishi bilan birga, ya’ni tadbirkor (jismoniy va huquqiy shaxs) u nafaqat daromad olib kelmaydigan, balki korxonalarning xarob bo‘lishiga sabab bo‘lgan noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilish huquqiga ham ega. Bozor mexanizmlari normal ishlashi uchun iste’molchi tanlovi erkinligining mavjudligi zarurdir. Bu deganimiz, iste’molchi ixtiyori uchun o‘zining talabini o‘z qo‘lida tutmog‘i lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hech qanday «eng yuqori» darajali tushuncha (ziyonli, foydali, ilmiy asoslangan– asoslanmagan va boshqalar) iste’molchini aniq tanlovga majburlashi mumkin emas, garchan, albatta, qandaydir me’yorda unga ta’sir ko‘rsatishiga ega bo‘lsa ham qobiliyatli. Shu ma’noda iste’molchi qabul qilgan qarorining suvereniteti to‘g‘risida gapirish mumkin, buni uning o‘zidan boshqa hech kim hal qila olmaydi. Shuning uchun iste’molchi qaroriga barcha ishlab chiqaruvchilar moslashmog‘i shart. Davlat tomonidan iste’molchi suverenitetini qo‘llab-quvvatlashda aynan huquqini himoya qilishni va aniqlash zarurdir. Bunga xususan iste’molchining huquqini himoya qilish, insofsiz raqobatchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik 196 borasida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va harakatdagi qonunlar xizmat qilmoqda. Davlatning o‘zi, talon yoki ta’minot varaqasida (kartochkada) qandaydir iste’mol normasini belgilab kiritishi iste’molchining suverenitetini cheklashi mumkin. Bunday holatlarga faqat urush vaqtida, tabiiy halokat yoki noiqtisodiy vaziyatlarda va keskin iqtisodiyot tanqisligi sharoitida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotinig natijaviy prinsipi bo‘lib shaxsiy manfaat ustunligi hisoblanadi. Shaxsiy naflilikning sababi tanlashning juda ham kuchli manbasi bo‘ladi, shuning uchun har qanday tadbirkor o‘ziga nima foydali bo‘lsa faqat o‘shani qiladi. Jamiyat ham shu bilan kifoyalanadi. Agarda birja chayqovchisining harakati qonunga zid bo‘lsa, u bozor tizimida har qanday harakatni amalga oshirishi mumkin, hatto butun iqtisodiyotga ziyon keltirishiga qaramasdan, milliy valyuta kursiga putur yetkazsa ham. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling