H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Mehnatning ikki yoqlama xarakteri


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

9.5. Mehnatning ikki yoqlama xarakteri 
Konkret (aniq) mehnat. Mehnat - insonning ongli va maqsadli faoliyati 
bo‘lib, ma’lum ne’matni barpo etishga qaratiladi va u har doim mehnat sifatida 
ma’lum foydali shaklda ifodalanadi. Mehnatning konkret shaklini sharti shuki, 
u har doim konkret iste’mol qiymatlarini (masalan, stul, kostyum, kitoblar) 
barpo etishga qaratilgan. Har qanday ne’matni ishlab chiqarish uchun konkret 
sharoitlar zarur: konkret professional tayyorgarlik (masalan, duradgor), 
konkret mehnat predmeti (yog‘och), konkret mehnat vositalari (arra, bolg‘a, 
randa) va hokazo. Shuning uchun har qanday mehnat faoliyati konkret 
mehnatidir. Ammo mehnat qiymatining tahlili umuman, mehnat mahsulidan 
emas, balki tovardan, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchining ehtiyojini qondirish 
uchun emas, balki bozorning boshqa agentlari-xoridorlarining extiyojini oldi-
sodi, xarid qilish yo‘li bilan qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
boshlanadi. Demak, tovarayirboshlashga mo‘ljallangan mehnat mahsulidir. 
Shuning uchun har qanday mehnat mahsuli tovar bo‘la olmaydi, ammo har 
qanday tovar mehnat mahsuli bo‘la oladi. 
Bizga ma’lumki, bozorda bir mehnat mahsuli boshqasiga ayirboshlanadi. 
Tovarning bu xususiyati, ya’ni ma’lum proporsiyalari bir tovarning boshqasiga 
ayirboshlash qobiliyatiga ayirboshlov qiymati, deb aytiladi (masalan, X kg don 
= Y kg go‘sht). Ammo ana shu proporsiyalar har xil iste’mol qiymatga ega 
bo‘lgan, sifatli tovarlar ayirboshlovi asosida nima yotganligi aniq emas. 
Abstrakt mehnat. Ma’lumki, butun tovar dunyos -bu mehnat 
mahsulotlari dunyosidir va shu bilan birga, u konkret mehnatning turli-tuman 
turlari mavjud bo‘lgan dunyodir. Ammo mehnatning konkret shakllaridan 
chalg‘ishga abstraktlashishga harakat qilaylik. Bunda biz ko‘ramizki, stol ham, 
kostyum ham, poyafzal ham bu - umuman mehnatdir. Shaxssizlangan yoki 
uning konkret shaklidan tashqarida olingan va mahsulotda buyumlangan 
mehnat abstrakt mehnat deb ataladi. Boshqacha aytganda, abstrakt mehnat bu 
o‘zining konkret shaklidan chalg‘igan mehnatdir. Shuning uchun ayriboshlash 
jarayonida turli-tuman iste’mol qiymatlarini, tovarlarni tenglashtirish (mezoni) 
abstrakt mehnat bo‘ladi. 
Bu bilan bog‘liq ravishda shunday xulosa chiqarish mumkinki, tovar 
qiymati tovarda buyumlangan mehnat bo‘lib, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish 
uchun qilinadigan sarflarni ifodalaydi. 


204 
Shunday qilib, mehnat ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan u 
konkret shaklda chiqib, iste’mol qiymatini barpo etishga yo‘nalgan va boshqa 
tomondan abstrakt mehnat shaklida bo‘lib, tovarning substansiya qiymatidir. 
Bunda mehnat tovarlarning qiymatini barpo etar ekan, ya’ni uning 
substansiyasi bo‘lar ekan, o‘zi qiymatga ega bo‘lmaydi, chunki u 
buyumlanmagan shaklda mavjud bo‘la olmaydi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling