H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Hozirgi zamon pullarining davri


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

4. Hozirgi zamon pullarining davri. XX asrning 30-yillarida kredit va 
qog‘oz pullar tizimining muomaladagi harakati boshlanadi, shu bilan birga, 
oltin muomaladan chiqarib yuborilgan edi. Yangi pullar paydo bo‘ldi, bular 
ko‘pincha kredit pullar deb atalardi. Birinchi navbatda ular qatoriga veksel, 
cheklar, to‘lov topshiriqlari kiritilar edi. Chek – bu ushbu chekda ko‘rsatilgan 
summani uni hisobidan berish haqidagi bankning buyrug‘i. Birinchi cheklar 
Angliyada 1683 yilda paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda 
tovarlarning asosiy oldi-sotdi operatsiyalari qog‘oz pullarsiz amalga 
oshirilmoqda, ya’ni biz naqd pulsiz aylanishning rivojlanishi haqida 
gapirapmiz. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishda elektron texnikalardan 
foydalanish elektron pullarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, hozirgi 
zamonda pullarning yangi bosqichda rivojlanishi – plastik kartochkalarning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Ular o‘zlarining taniganligi, funksionalligi va 
texnikaviy xarakteristikalari bilan farqlanadi.
Muomalada hozirgi zamon pullaridan foydalanishning qog‘oz pullar 
muomalasi oldida bir qancha afzalligi bor: bu yerda sarf-xarajatlar muomalasi 
qisqaradi (pullarni olib kelishda va ketishda, saqlashda chiqimlar kamayadi), 
naqdsiz hisob-kitoblar ko‘pincha qulayroq hamda pul aylanishini 
jadallashtiradi.
Pulning vazifalari. Pulning roli va mohiyati uning bajaradigan 
vazifalarida paydo bo‘ladi. Sinfiy maktablarning vakillari pulning beshta 
vazifasini ajratib ko‘rsatiladi: 
1. Qiymat o‘lchovi. Pulning bu vazifasi tovar qiymatini aniq pul 
miqdoriga tenglashtirishdan iboratdir. Bu yerda naqd pulning bo‘lishi shart 
emas. Qiymat o‘lchovi vazifasi pulning xususiyati bilan bog‘langanligi narx 
masshtabiga xizmat qiladi. Narx masshtabi doimiy o‘lchov bo‘lmaydi: 
inflyatsiya jarayonida pulning sotib olish qobiliyati pasayadi, narx esa o‘sadi. 
Bunga misol, narx masshtabining tezda o‘zgarishi – denominatsiya bo‘lib 
hisoblanadi, ya’ni muomaladan bir xil pul birligini olib tashlash va uni boshqa 
sotib olish qobiliyatiga esa, pul birligi bilan almashtirish. Bir vaqt ichida 
shunday o‘zaro nisbatda narxlar, tariflar, ish haqi va boshqalar hisob-kitob 
qilinadi. O‘zbekistonda oxirgi denominatsiya 1994 yil bo‘lgan edi, ya’ni 
muomalaga 1994 yili 1 iyuldan boshlab so‘m-kupon o‘rniga yangi milliy 
valyuta-so‘m 1000:1 qilib almashtirilgan edi.
2. Muomala vositasi. Bu yerda pul-tovar va xizmatlarning almashuvida 
vositachi rolini o‘ynaydi. Bu vazifani bajarishda pul haqiqatan bevosita 
ishtirok etadi. Bu yerda pul muomala vositasi sifatida harakat qilishi uchun, u, 
birinchidan, bu rolni bajarishda davlat tomonidan ijozat berilishi va 
ikkinchidan, umumjamiyat tan olishidan foydalanishi shart.


207 
3. Jamg‘arma vositasi. Bu vazifani pul bajarishi mumkin, qachonki, 
sotuvchi o‘zining sotgan tovari pulini olib, uni darhol harakatga keltirmasa. Bu 
yerda pul real va to‘la qimmatli, ya’ni barqaror sotib olish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi shart. Korxona investitsiya uchun pul jamg‘aradi, vaqti-vaqti bilan 
to‘lovni amalga oshiriladi va boshqalar. Shu bilan aholi uzoq vaqt uchun 
foydalanadigan tovarlarni xarid qilish bilan «qora kunga» (har ehtimolga 
qarshi) pul jamg‘aradi, pul ajratib qo‘yadi va boshqalar. Ushbu jamg‘arma 
vositasini pul bajarishi uchun uning mutlaqo likvidlik imkoni yaratiladi – bu 
tezda tovar va xizmatlarga aylanish qobiliyatini bildiradi. Pulning naqd 
shaklda jamg‘arilishi itevrazatsiya deb ataladi. Bunday holatlar juda keng 
tarqalgan, sababi banklarga qo‘yilgan pullarning yo‘qolish xavfi bor yoki 
ularga kirish muhosara qilinadi.
4. To‘lov vositasi. Bu vazifani pullar tovarlarni kreditga olishda, soliq 
to‘lashda, pul ssudalarini qaytarishda, ish haqini berishda va boshqalarda 
bajaradi. Bu yerda bizga ma’lum pul shakli – kredit pullar paydo bo‘ladi. Bu 
vazifaning asosiy xususiyati pulning harakat qilishi va qimmatbaho tovar-
materiallar o‘rtasidagi vaqtning uzilishini mavjud bo‘lishidir. Bu yerda pulni 
o‘zi emas, balki pulda ifodalangan to‘lov majburiyatlarining muomalasidir. 
Pul to‘lov vositasi vazifasini, to‘lov majburiyatini uzishda vositachi bo‘lib 
xizmat qilish paytida bajaradi.
5. Dunyo pullari. Bu vazifa xalqaro iqtisodiyot munosabatlari doirasida 
yuzaga keladi, ya’ni pul xalqaro to‘lov vositasi sifatida tovar va xizmatlarga 
narx-navoni aniqlash uchun alohida mamlakatlar va xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarda valyuta rezervlari shakllanishi uchun, aholi va firmalarinng 
valyuta jamg‘armalarida foydalaniladi. Bu yerda gap pulning oldingi ko‘rib 
chiqilgan to‘rtta vazifasini bajarishi haqida ketayapti: qiymat o‘lchovi, 
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi, lekin faqat xalqaro 
miqyosda. Boshqa maktablarning vakillari oxirgi ikki vazifani birinchi 
uchtasidan yasama sifatida ko‘rib chiqadilar.
Pulning har xil nazariyalari bilan biz «pul-kredit tizimi va davlatning pul-
kredit siyosati» bobida batafsil tanishamiz.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling