H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

57
 Пул агрегатлари. https://cbu.uz/oz/statistics/dks/134763/ 


219 
Uchinchidan, naqd pul aylanmasini nazorat qilish qiyin. U soliqlarni 
to‘lashdan bosh tortish va boshqa noqonuniy harakatlar vositasi sifatida 
chiqishi mumkin. 
Naqd pulli va nakdsiz muomala o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud: pullar 
doimo pul muomalasining bir sohadan ikkinchisiga o‘tib turadilar. Demak, 
aynan naqdgina odamga qulaylikni ta’minlaydi, chunki xarid uchun zarur 
mablag‘lar uning cho‘ntagida bo‘ladi va har bir xarid uchun uning bankka 
borish zaruriyati yo‘qdir. 
Ammo pullarni naqd holatda saqlash odamni qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar 
olish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Demak, naqd pullarning afzalliklari va 
kamchiliklarini tarozga solib ko‘rish va qancha naqd pulga ega bo‘lish, 
qanchasini esa, bankka qo‘yishni hal qilish kerak. 
Naqd pul massasini boshqarish modeli 50-yillarda iqtisodchilar U.Baumol 
va J.Tobinlar tomonidan ishlab chiqilgan va Baumol – Tobin modeli nomini 
olgan. Bu modelga muvofiq bankka tashrif buyurishning optimal sonini yoki 
naqd pullarning optimal summasini ana shu summaga olinmagan bank foizi va 
bankka kamroq borgani tufayli vaqtdan qilingan iqtisod qiymatli bahosi 
ko‘rinishidagi zararlar nisbatan kelib chiqqan holda belgilash yoki aniqlash 
mumkin. 
Faraz qilamizki, siz bir yilda V pul birligini sarflashga qaror qildingiz. 
Narxlarni doim bir xil deb olganimizda, sizda o‘z xatti -harakatingizning bir 
necha varianti bor: 1) bankdagi hisobdan V pul birligidagi barcha olish va naqd 
pul ko‘rinishida yil davomida qo‘lda tutish; 2) bankdagi hisobdan V pul 
birligidagi summani yil davomida bo‘lib olish mumkin. Qaysi variantni siz 
afzal ko‘rasiz? 
Birinchi variantda aftidan qo‘yilmalar bo‘yicha olinmagan foizlar 
ko‘rinishidagi zararlar talaygina bo‘lishi mumkin, shu bilan bir vaqtda, 
ikkinchi variantda bankka bir martadan ortiq borish natijasida bankka 
borishning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (bankka borish va qaytish, 
bankda bo‘lish, navbatda vaqt yo‘qotish va boshqalar), ya’ni to‘zigan 
poyafzallar xarajatlari ortib boradi. 
Agar siz ikkinchi variantni tanlasangiz qo‘llardagi nakd pullarning 
optimal o‘rtacha miqdori va bankka borishning optimal soni to‘g‘risida savol 
tug‘iladi. 
Birinchi variantda yil davomida qo‘llardagi nakd pullarning o‘rtacha 
miqdori V/2 bo‘lganda (yil boshida V pul birligi, 0 esa, yil oxirida) bankka 
borish soni – bir marta. 
Agar siz bir yilda 2 marta bankka borib V/2 pul birligidagi summani ikki 
marta olsangiz, qo‘ldagi pul o‘rtacha miqdori yil davomida V/4 (V/2-yil 


220 
boshida va yil oxirida). Agar siz bankka 4 marta tashrif buyurib, V/4 pul 
birligida summani bir yil davomida 4 marta olsangiz qo‘llardagi naqd pulning 
o‘rtacha miqdori yil davomida V/8 va hokazo bo‘ladi. Bankka berish va har 
safar V/N pul birligining o‘rtacha miqdori summasi olinganda qo‘llardagi naqd 
pullarning o‘rtacha miqdori yil davomida V/2N pul birligiga teng bo‘ladi. 
V/2N pul birligi summasi qancha kichik bo‘lsa, qo‘yilgan qo‘yilma 
bo‘yicha olinmagan foiz ko‘rinishidagi zararlar shuncha kichik bo‘ladi, ammo 
bankka qatnash bilan bog‘liq xarajatlar shuncha katta bo‘ladi. 
Bankka tashrif buyurishning soni qanday tanlanadi (N*)? «to‘zigan 
poyabzallar xarajatlari» bankka qilingan bir tashrif G’ pul birligida qo‘yilma 
bo‘yicha foiz stavkasi-1 bo‘lsa, unda qo‘yilma bo‘yicha olinmagan foiz 
ko‘rinishidagi zararlar bir yil davomida qo‘llardagi naqd pullar o‘rtacha 
kattaligining foiz stavkasiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi: V/2Nxi.
Bankka tashrif buyurish xarajatlarining umumiy summasi – G’XN, unda 
birgalikdagi xarajatlar S=V/2N:i+G’N ga teng bo‘ladi. 
9.2-chizmada olinmagan summasi natijasida qilinadigan jamlanma 
xarajatlar bog‘liqligi va bankka qatnash xarajatlarining grafik tasviri berilgan. 
9.2-chizmada ko‘rsatilganidek, olinmagan foizlar summasi bankka 
qatnashish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan (G’N) ortiq bo‘lar ekan, pullarni 
saqlashning birgalikdagi xarajatlari (S) pasayishi tendensiyasiga ega bo‘ladi. 
Bankka qatnash xarajatlari (G’M) olinmagan foizlar summasidan (V/2Nxi
ortsa, birgalikdagi xarajatlar (c) ham orta boshlaydi. Demak, S ning minimumi 
bankka qatnash xarajatlari garfigi bilan olinmagan foizlar grafigining 
kesishgan nuqtasida erishiladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling