H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
- chizma. Barter ayirboshlash matritsasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
9.1- chizma. Barter ayirboshlash matritsasi.
Barter ayirboshlash matritsasida Xu-1 tovarlarga almashinuvchi 1 tovarlar soni. Xo‘jaliklarda p tovarlar ishlab chiqariladi, deb faraz qilamiz. Unda shu tovarlarni bevosita ayirboshlaganda barter sharoitida ikki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasiga qo‘yiladi: (p(p-1):2U) operatsiyasi sodir bo‘ladi. Operatsiyalarning bunday miqdori quyidagicha tushuntiriladi: barter ayirboshlov matritsasiga (p*p) maydonlarda, ya’ni ayirboshlov operatsiyalari. Dioganal bo‘yicha bir xil tovarlarning bir-biriga almashinuvi berilgan bo‘lib, shuning uchun (p(p-1) real ayirboshlash operatsiyalari qoladi. Birinchi tovarning ikkinchi tovarga ayirboshlov nisbati ikkinchi tovarning birinchi tovarga nisbatan 1(X 12 =1:X 21 ) mos kelgan ekan, ya’ni matritsa simmetrik ekan, ayirboshlashning real operatsiyalari mikdori (p(p-1)2) bo‘ladi. Agar ayirboshlash uchun ikki emas, m potensial shariklar bo‘lsa m(p(p1):2) ayirboshlov operatsiyalari amalga oshiriladi va unga muvofiq ravishda m(p(p-1):2) narxlar belgilanadi. Masalan, agar ayirboshlash uchun o‘nta potensial partner va har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 40 tadan tovar g/bo‘lsa, bu tovarlarni to‘liq ayirboshlaganda 7800 ta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi (10*40(40–1):2). Tovar -pul ayirboshlovida ayirboshlash bo‘yicha sherik bir tovarga nisbatan o‘z narxlarini belgilaydi va u pul sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, o‘lchovning yagona shkalasidan foydalaniladi va unda har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faqat m(p-1) narxlarni belgilashi kerak, ya’ni bizning misolimizda – 10(40-1)=390. Misoldan tovar-pul ayirboshlashuviga nisbatan barter ayirboshlovi qo‘shimcha 7410 narxni belgilashni talab qilishi ko‘rinib turibdi, bu esa 211 ratsional qarorlarni qabul qilish va uni amalga oshirish maqsadlarida qo‘shimcha vaqt sarfini talab etadi. Tovar-pul ayirboshlavi barterga nisbatan samaraliroq ekanligi nima uchun tovar-pul ayirboshlovi barterdan afzal ekanligi va nima uchun odamlar tovar dunyosidan pul deb ataluvchi alohida tovarni ajratishini tushuntirmaydi. Bu davrda O‘zbekistondagi defitsit iqtisodiyoti sharoitida pul ayirboshlashga muqobil variant - kartochka va talonlar tizimi kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tovar bevosita pul emas, kartochka va talonlarga ayirboshlagan. Xaridorlar kartochkasi va talonlarni kiritishdan maqsad davlat tomonidan narxlarni nazorat qilish sharoitalrida talabni cheklash edi. Ammo ma’lumki, bu maqsadga faqat qisman erishildi, chunki talonlar asta-sekin o‘ziga xos xususiyatini yo‘qotib, oddiy bir tovarga aylanib bordi (masalan, sigatert va aroqqa talonlarni pulga sotib olish mumkin bo‘lib koldi). Pul o‘zi nima? Pul mohiyatining aniq, barcha iqtisodchilar tomonidan tan olingan ta’rifi umuman yo‘q. Qiymatning markscha mehnat nazariyasida biz shunday definatsiyani topishimiz mumkin: pullar - alohida, ijtimoy tan olingan tovar – umumiy ekvivalentdir. Pul nazariyasi masalalari bilan shug‘ullangan va shug‘ulanayotgan ko‘pchilik iqtisodchilar esa ularning moxiyatini pullar bajarayotgan funksiyalardan keltirib chiqarib odamlar tomonidan pul deb tan olinadigan va ularning funksiyasini bajaruvchi hamma narsa pul bo‘lishi mumkin deb qayd etadilar. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling