H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
9.10. Pulning turlari Pulning paydo bo‘lishi -tovar muomalasi va qiymat shakllari taraqqiyotning qonuniy natijasidir. Avvaliga qum va quyma holidagi oltindan foydalanilgan. Keyinchalik oltin va kumush tangalarni zarb etib foydalanishgan. Shuning uchun pul asl metallarning timsoli ekan, pul - bu o‘ziga xos tovar, u boshqa tovarlarning umumiy ekvivalenti hisoblanadi, deb aytish mumkin. Ularning iste’mol qiymati (foydaligigi) shundan iboratki, uni istalgan boshqa tovarga almashish mumkin, ya’ni u bevosita ijtimoiy xarakterga ega. Boshqa har qanday tovar kabi pul ham qiymatga ega. Pul eng tez o‘tadigan qadrli, quvvatli tovar. Oltin standarti hukumronligi sharoitida pulning tabiati haqida turli nuqtai nazarlar vujudga keldi. Masalaning tarixini chetda koldirib, mazkur muammo haqidagi turt asosiy nutkai nazarni aytib o‘tamiz. Shunday qilib, pulning metallashgan nazariyasiga muvofiq, kumush va oltin o‘z tabiiy xususiyatlariga ko‘ra pul hisoblanadi. Pulning nominal nazariyasi pulga faqat nominal hisob 212 birligi deb qaraydi. Pulning miqdor bilan bog‘liq nazariyasi pulning qiymatini ularning muomalada bo‘lgan miqdori belgilashidan kelib chiqadi: tovarlar narxsiz, pul qiymatsiz muomalaga kirishadi. Tovar va pul miqdoridan kelib chiqib, almashish jarayonida tovarlar narxga, pul esa qiymatga ega bo‘ladi. Pulning mehnat bilan bog‘liq nazariyasi (marksistik nazariya) unga o‘ziga xos tovar deb qaraydi, bu tovarning qiymati uni ishlab chiqarish-oltin, kumush qazib olish uchun ketgan xarajatlar bilan belgilanadi. O‘tmishda oltin ayniqsa, keng shuhrat qozongan. Bu uning fizik xususiyatlari bilan bog‘liq: uzoq vaqt saqlanadi, oson maydalanadi, tashish ham qulay. Buning ustiga uning miqdori tabiatda ancha cheklangan, bu esa nisbatan oz miqdordagi oltinni ko‘p miqdordagi rang-barang tovarlarga almashish imkonini beradi. Har qanday tovar kabi pulning ham qiymati, narxi bor. Shu munosabat bilan oltinning narxi pasayganida, uni pul o‘rnida hisoblaydigan bo‘lsak, hamma tovarlarning narxi birdaniga ko‘tarilishi kerak. Chindan ham shunday bo‘lgan. Masalan, Amerika kashf etilgandan so‘ng Yevropaga juda ko‘p oltin keltirildi. Bu narx-navoning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek avvallari pul holatida qat’iy kundalik talabga ega bo‘lgan va foydaliligi tufayli keng tan olingan (chorva mollari, mo‘yna, tamaki, baliq) tovarlar bo‘lgan. Demak, tovar pullarning birinchi ko‘rinishi bo‘lgan. Keyin esa muqarrar sur’atda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, turli-tuman tovarlar pul bo‘lishi mumkin, ammo pul uchun material quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Chidamlilik. 2. Kichik hajmlilik. 3. Barqarorlik. 4. Bir xillik. 5. Taqsimlanuvchanlik. 6. Bilib olmoq va boshqalar. Qimmatbaho metallar bu talabga javob berganligi tufayli ular mazkur vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi. Qadimgi Rusda kumush quyilmalar pul xizmatini o‘taganlar. XII asrga kelib kumush to‘lov quymalari - grivnalar paydo bo‘ldi. Keyinchalik pul terminologiyasiga «rubl» kira boshladi. U kumush quymalarini taqsimlash, bo‘lish oqibatida yuzaga keldi (Rubl-rubitdan olingan bo‘lsa kerak). 213 Ammo pul muomala va jamg‘arish vositasi funksiyasini to‘lov quymalari sifatida bajarar ekan, haddan og‘ir bo‘lib, yuqori nominal qiymatga ega, kundalik savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun noqulay edi. XIV asrning ikkinchi yarmi umumiy pul muomalasining puli sifatida rus kumush tangasini chiqarish boshlanishi bilan xarakterlanadi. Rubl quymadan Petrning pul islohotiga qadar mavjud bo‘lgan hisob rubliga aylandi. Bu islohotga muvofiq kumush tanga misga almashtirildi va kumush rubl kiritildi- evropacha tamr ko‘rinishidagi hisob grivnasi esa, 10 tiyinli kumush tangaga aylantirildi, muntazam ravishda oltin chervonlar, 1755 yildan boshlab esa, imperiallar va yarim imperiallar chiqarila boshlandi. Pullar muomala vositasi funksiyasida tovar ayirboshlovda o‘tkinchi vositachi sifatida qatnashdilar. Shu munosabat bilan pul materialini arzonlashtirish g‘oyasi paydo bo‘ldi va o‘ziga yo‘l ocha boshladi. Natijada, XVIII asr boshlarida yog‘och rubl kiritish takliflari o‘rtaga tashlandi. I.T.Pososhkov mis tangada rubl nominalini chekanka qilishni taklif qilib, bunday pullar aylanmasini davlat qat’iy ishonch bilan kafolatladi. Ammo eng to‘g‘ri keladigan material qog‘oz bo‘ldi. XVIII asr o‘rtalarida Yevropa, Shimoliy Amerika, Rossiyada (1769 yildan boshlab) qog‘oz pullar - g‘azna banknotlari paydo bo‘ldi. Qog‘oz pullar ham tamg‘a belgilari bo‘lib to‘laqonli pullarning vakillaridir. Ular davlat hokimiyati majburiyatini ifoda etib, davlat majburiy kursiga egadirlar. Demak, ularning mumkin bo‘lgan qadrsizlanishi nafaqat tovar va xizmatlarga narxlarning ortishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi, balki davlat hokimiyatining almashishi bilan aholining davlatga ishonchi yo‘qolishiga ham bog‘liqdir. Bundan tashqari qog‘oz pullar qimmatbaho metallarga almashtirilmaydi, tovar aylanmasi ehtiyoji bilan determinatsiya qilinmaydi. Ularning emissiyasi asosan davlat harajatlari va budjet defitsitini moliyaviy ta’minlash zarurati bilan bog‘likdir. Shunday qilib qog‘oz pullarning o‘sha emissiyasi bo‘lishi mumkin va u ham o‘z navbatida bu pullarning qadrsizlanishiga olib keladi. Shuning uchun odatda qog‘oz pullardan jamg‘arish vositasi sifatida foydalanilmaydi. Kaznachey veksellari «assignatsiyalar» nomi ostida klassik variantda Rossiyada 1843 yilgacha mavjud bo‘ldi. Sobiq ittifoq davrida esa esa ular 1,3,5 rubl qiymatiga ega kaznachey biletlari ko‘rinishida mavjud edi. Kredit munosabatlari rivoji bilan kredit pullari - kredit asosida yuzaga kelgan qiymatning pul birliklari paydo bo‘ladi. Kredit pullarning asosan uch ko‘rinishi farqlandi: veksel, banknota, chek. Ular muomalaga, masalan, markaziy bank majburiyati sifatida chiqarildi. Bu majburiyatlar qonuniy to‘lov 214 vositasi kuchiga ega bo‘lib, ikki shaklda emitatsiya qilinadilar - naqd pullar va tijorat banklari hamda markaziy bankdagi tashkilotlarning hisobidagi pullar. Kredit pullarning tarixan birinchi turi - Veksel edi. Veksel belgilangan muddatda ma’lum summani so‘zsiz to‘lash majburiyatidir. Veksel uning egasiga muddati kelishi bilan qarzdordan (veksel beruvchidan) yoki akseptantdan ko‘rsatilgan summani to‘lashni talab qilishga so‘zsiz huquq beradi. Boshqa qarz majburiyatlari bilan solishtirganda veksel quyidagi xususiyatlarga egadir: - abstraktlilik, chunki unda qarz majburiyatining paydo bo‘lishining konkret sabablari tushuntirilmaydi; -munozarasiz, so‘zsiz, ya’ni qarzdor qarzining vujudga kelish sharoitlaridan qat’iy nazar to‘lovni amalga oshirish majburiyati; -muomalalik vekselni naqd pulga aylanish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan veksel to‘laqonli pul nomini oldi. Banknota - kredit pullar turi bo‘lib, XVII asr oxirida paydo bo‘ldi. Klassik banknotaning asosiy belgilari quyidagilardir: birinchidan, u markaziy bank tomonidan tijorat veksellari o‘rniga chiqariladi va ikkinchidan banknotani oltinga birinchi talab bo‘yicha almashtiriladi. Aytish mumkinki, klassik banknota ikki tomonlama ta’minlanishga ega - vekselli (tovarli) va oltinli (markaziy bankning oltin zaxirasi). Garchi tijorat vekseli banknotaning asosi bo‘lib xizmat qilsada, ular o‘rtasida qarzdorning, kafolatning va muddatlarning turlari bo‘yicha farqlari mavjuddir: 1) Veksel bo‘yicha qarzdor - bu faoliyat yurgizuvchi tadbirkor-savdogar, sanoatchi, banknota bo‘yicha esa -markaziy bank. 2) Banknotalar barcha tadbirkorlarning bankda saqlanayotgan resurslari ko‘rinishida ijtimoiy kafolatga egadirlar, shuning uchun ular alohida sifatga- umumiy muomalalikka ega bo‘lgan ijtimoiy kredit pullari sifatida chikariladi. Veksel faqat xususiy kafolatga ega, umumiy to‘lov vositasi emas. 3. Banknota muddatsiz majburiyatdir. Veksel muomalasi esa uning to‘lov muddati bilan cheklanadi. Banknota kredit pullar turi sifatida o‘z rivojida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Eng avval banknota metall asosiga ega edi, ya’ni banknotaning tilla va kumushga erkin almashinuvi mavjud edi. Bunday sharoitlarda qog‘oz pullarning barqaror harid qobiliyati ta’minlanadi. Ammo kredit pullari ularning metall asoslari bilan uzviy aloqalarining salbiy tomonlari ham bor edi. Ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitlarida vaqt- vaqti bilan to‘lov vositalarining defitsiti sodir bo‘lardi. Mamlakatda iqtisodiy 215 inqiroz davrida, bir tomondan to‘lov vositalariga ehtiyoj oshardi, boshqa tomondan esa oltin va boshqa qimmatbaho metallarning chet elga oqishi kreditlarning yig‘ishtirilishi va demak veksellar hisob-kitobining qisqarishi kuzatiladi va uning natijasi sifatida to‘lov vositalarining defitsiti oshib, inqiroz holatlari chukurlashadi. Shu bilan bog‘lik urush va barqaror iqtisodiy hayotning boshqa buzilishlari davrida kredit pullarni metallga almashtirish to‘xtay boshladi. Bu davrlarda pul emissiyasi pul bosuvchi stanoklarning quvvati, qog‘oz va bo‘yoqlarning mavjudligi bilan cheklanadi. Shunday kilib, Rossiyada 1895- 1897 yillarda Rossiya moliya ministri S.Yu.Vitte tomonidan tayyorlangan va amalga oshirilgan islohotga muvofiq, asosiy pul birligi sifatida rubl kiritilgan bo‘lib, u uzoq 1914 yilgacha muomalada bo‘ldi. Birinchi jahon urushi arafasida uni oltinga almashmay qo‘yildi (bu Rossiya oltin zahirasini saqlab qolish maqsadida qilingan edi). Keyinchalik esa banknotalarni oltinga almashtirish qayta tiklanmadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda oltin standartining demontaji 1933 yilda Buyuk depressiyadan keyin darhol amalga oshirildi. Oltin ichki pul muomalasidan chiqarib olindi (chet ellik dollar egalari 1977 yilgacha dollarni qimmatbaho metallga almashtirish xuquqini saqlab qoldi). Hozirgi banknotalar emissiyasi oltin bilan bog‘lik emas, lekin ana shu emissiyani ushlab turuvchi ma’lum instrumentlar mavjud - avvalo markaziy bank siyosati (bu xaqda «Davlatning pul kredit siyosati» bo‘limida batafsilroq so‘z yuritiladi). Chek - belgilangan shakldagi pul hujjati bo‘lib, chek egasining kredit beruvchi muassasaga chek olib kelgan kishiga chekda ko‘rsatilgan summani to‘lash haqida so‘zsiz buyruqni o‘zida aks ettiradi. Boshqacha aytganda, chek joriy hisob egasining bankka ma’lum summa pulni yoki naqd to‘lash yoki boshqa shaxsning joriy hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma buyruqdir. Chek XIV asrda pul qo‘yuvchidan pulni saqlab berilgani uchun olinadigan foiz oluvchi kassirning kvitansiyasi ko‘rinishida paydo bo‘ldi. Shunday qilib, chek bankning joriy hisobidan naqd pullarni olish vositasi bo‘lib, xarid qilingan tovarlar uchun to‘lov va muomala vositasi, qarzni naqdsiz hisob-kitoblar bilan tugatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Chek bilan qarzni to‘lash xususiy shaxs qarzini bank tizimining qarziga aylantirish demaqdir. Cheklar muomalasining rivoji ularni to‘lash va chek kitobchalaridagi ko‘plab imzolar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun cheklarni joriy hisoblarda foydalanishda boshqa vositalar bilan almashtirish, xususan kredit kartochkalari bilan almashtirish tendensiyasi vujudga keldi. Kredit kartochkasi - bank yoki savdo firmasi tomonidan chiqariladigan, 216 bankda hisob egasining shaxsini tasdiqlovchi va unga chakana savdoda naqd to‘langan tovar va xizmatlariga ega bo‘lish xuquqini beruvchi hujjatdir. Kartochka tizimining rivoji davomida o‘zining vazifasi, funksional va texnik harakteristikasi bilan farqlanadigan plastik kartochkalarning turli ko‘rinishlari paydo buldi. Hisob-kitoblar mexanizmining nuqtai nazarida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kartochka tizimlarini farqlanadi. Ikki tomonlama kartochkalar hisob-kitob ishtirokchilari o‘rtasida ikki yoqlama bitimlar asosida vujudga keldi va bunda kartochka egalari ulardan kartochka emitenti tomonidan nazorat qiluvchi yopiq tarmoqlarda foydalanishlari mumkin. Ko‘p tomonlama tizimlar tovarlarni kreditga turli savdogarlar va servis tashkilotlaridan xarid qilish imkonini beradi, chunki bu kartochkalarni to‘lov vositasi sifatida taklif qiladilar. Kartochkalarning boshqa bo‘linishi ularning funksional harakteristi-kalari bilan belgilanadi. Bu yerda kredit va debet kartochkalari farqlanadi. Kredit kartochkalar bankda kredit liniyalarini ochish bilan bog‘liq bo‘lib, ular egasiga kreditdan xarid qilish va kassa ssudalarini olish imkonini beradi. Debet kartochkalar ham naqd pul olish yoki tovarlar harid qilishga mo‘ljallangan. Ammo pullar bu holda bankda kartochka egasining hisobidan o‘chiriladi. Amalga oshirilgan to‘lovlar haqida bankni xabardor qilish usullarida farqlar mavjud. Qog‘oz texnologiyasiga asoslangan tizimdan foydalanilganda kartochka egasi savdo hisobi yoki boshqa hujjatlarga imzo qo‘yadi va bu o‘z hisobini debet qilishiga ruxsat bo‘lib xizmat qiladi. Keyin bu hisobda yozilgan summani savdogarga o‘tkazish uchun bankka yuboriladi. Elektron tizimlarda kartochka egasi element bilan terminal orqali to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘lanadi. Hozirgi zamon ko‘rinishidagi birinchi kartochkalar AQShda o‘tgan asrning 50-yillarida paydo bo‘ldi. Keyinchalik minglab bank-ishtirokchilarini birlashtirgan yirik assotsiatsiyalar yuzaga keldi. Bugun amalda AQShning butun aholisi bank kartochkalariga ega bo‘lib, ularning katta qismi bir nechta turlicha kartochkalarga egadirlar. Kartochka bilan hisob-kitob qilish tizimi jahonning ko‘p mamlakatlariga yoyilib, hisob-kitoblar xalqaro xarakterga egadir. O‘zbekistonda bank plastik kartochkalari bir necha yil avval paydo bo‘ldi. Yuqorida aytilganlardan tashqari gohida «pochta-pullar» deb ataluvchi pullar ham mavjud. Bu likvid aktivlari bo‘lib, ular qayd kilingan nominal qiymatga ega, naqd pulga yoki chek qo‘yilmalariga oson aylanadi. Ulardan bevosita muomala vositasi sifatida foydalanilmaydi, ammo ular pulning qiymatini (boylikni) saqlash funksiyasini muvaffakiyatli bajaradi, "Pochta- 217 pullarga" cheksiz omonat hisoblari, tezkor qo‘yilmalar va qiska muddatli davlat qimmatbaho qog‘ozlari kiradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling