H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Tovar va uning xususiyatlari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
9.4. Tovar va uning xususiyatlari 
Agar mavjud ne’matlar dunyosiga e’tibor bersak, uning hammasi u yoki 
bu mehnat faoliyati turining natijasi, ya’ni mehnat mahsulidir. Mehnat mahsuli 
- bu moddiy yoki nomoddiy shaklga ega bo‘lgan va u yoki bu ehtiyojni 
qondirishga qaratilgan insonning ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro 
harakati natijasidir. 
Iste’mol qiymati mahsulotning kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy, 
shaxsiy va boshqa ehtiyojlarini qondira oladigan xususiyatlari iste’mol qiymati 
deb ataladi. Mehnat va odamlar ehtiyoji mavjud ekan, mehnat va tabiat 
mahsullari shu xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun iste’mol qiymati 
o‘zining ilk namoyon bo‘lishida bu ne’matning tabiiy xossasi hisoblanadi. 
Alohida qayd etish lozimki, shu bir mehnat maxsuli turli-tuman 
ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bundan tashqari, shu ehtiyojning o‘zi ham 
turli iste’mol qiymatlari bilan qondiriladi. Masalan, issiqlik elektr energiyasini 
olish uchun neftdan foydalaniladi. Shuningdek neftdan boshqa turli kimyoviy 
mahsulotlar ham olish mumkin. Issiqlikka bo‘lgan ehtiyoj esa, gaz, mazut, 
ko‘mirlarni yoqib ham qondiriladi. 
Iste’mol qiymatini tahlil qilish ne’matning tabiiy xossasi bilangina 
qolmay, uning ijtimoiy aspektini aniqlashni talab qiladi. Mehnat mahsuli 
jamiyat ehtiyojini qondirish yo‘li bilan umumjamoa tomonidan tan olinadi. U 
tabiiy-buyum yoki vosita shaklida bo‘lishi, bundan esa, u tan olishni 
ayirboshlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Keyingi holda mehnat mahsuli tovar 
shakliga ega bo‘ladi. 
Tovar ishlab chiqarishda iste’mol qiymati faqat ayirboshlov orqali 
ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Iste’molning ijtimoiy shakli shuni bildiradiki, sotib 
olingan tovar jamiyatga kerak. Shunday qilib, ijtimoiy ishlab chiqarishning 
yangi shakli - tovar ishlab chiqarish vujudga keladi va bunda mahsulotlar 
(tovarlar) o‘zining iste’moli uchun emas, balki sotish, xarid qilish yo‘li bilan 
ayirboshlash uchun tayyorlanadi. Dastavval uning rivoji birinchi navbatda
tabiiy iqlim olimlari asosida sodir bo‘lib, keyin esa, ijtimoiy-iqtisodiy olimlarga 
tayanadi. Ijtimoiy mehnat mahsulotning kengayishi va chuqurlashuvi tovar-pul 
munosabatlarining rivojlanishiga tobora ko‘p turtki bo‘ladi. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ijtimoiy iste’mol qiymati 
o‘zida jamiyatining ijtimoiy bahosini jamlaydi. Ne’mat u yoki bu ehtiyojni 


203 
qondirishning tabiiy xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo jamiyat uning 
ahamiyatini nol, deb tan olishi mumkin. Demak, u jamiyat uchun qiymatga ega 
emas. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling