H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Mehnat va ishchi kuchi. Demak, mehnat-bu jarayon, bu dinamika,
statistika emas. Inson ish qilishni to‘xtatib, ishlab chiqarish jarayonidan chiqar ekan, mehnat ham to‘xtaydi va u insonning potensial qobiliyati bo‘lib koladi. Mehnat qobiliyatiga ega bo‘lishlik ishchi kuchi, deb ataladi. Mehnat qilishga qobiliyatlik bu ham mehnat emas, chunki mehnat bu qobiliyatning amalga oshirilishidir. 9.6. Pulning mohiyati va funksiyalari Hammamiz har kuni pul bilan muomala qilamiz. Pul hayotimiz va turmushimizning tarkibiy qismiga aylangan, ammo pul doimo bo‘lgan emas. U jamiyat taraqkiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan. Uning paydo bo‘lishi almashish jarayoni bilan bog‘liq. U natura holidagi almashish o‘rniga kelgan. Mazmun-mohiyati va tarkibiy tuzilishi o‘tgan ming yilliklar ko‘p marotaba jiddiy o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, pul tizimining tarixi asrlar qa’riga borib taqaladi. Natural almashuv sharoitlarida, tovar to‘g‘ridan -to‘g‘ri tovarga almashilgan (barter) vaqtdan ehtiyoj bo‘lmagan. Ammo tovar almashish paydo bo‘lishi bilanoq, bo‘lajak pulning shakllanish jarayoni boshlangan. Dastavval uning vazifasini turli xalqlarda talab ayniqsa, katta bo‘lgan, uzoq vaqt saqlanadigan, yetarli miqdorda mavjud tovarlar bajargan. Pul, boshqa tovarlar qiymatining o‘lchov birligi vazifasini bajargan, tovarlar rang-barangligining boisi ham shundan bo‘lgan. Turli mintaqalarda, turli vaqtlarda tuz, gazlamalar, mis taqinchoqlar, tilla, kumish, qo‘ylar, chig‘anoqar, qo‘ritilgan baliq, mo‘yna va shunga o‘xshash moddiy ne’matlar ham shu vazifani bajargan. 9.7. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pul va uning evolyutsiyasi. Ma’lumki, barcha bozor tizimini boshqarishda «monarx» pul hisoblanadi. Iqtisodiyot fanida pulning mohiyati bo‘yicha har xil tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ba’zilar pulni qulayroq bo‘lishi uchun kishilar o‘ylab chiqargan oddiy hisoblash birligi deb, boshqalari esa, uni tovarlarni ayirboshlash xizmati uchun yaratilgan davlat hokimiyatining mahsuloti sifatida ko‘rib chiqadi. Pulning haqiqiy .... tabiati tushunchasini K.Marks bergan: bu asosiy tovar sifatida bo‘lib, boshqa tovarlar dunyosidan 205 farqlash bo‘yicha umumiy ekvivalent vazifasini bajarish uchun ajralib turadi. Pulning tovar almashuvi vaqtida vositachi bo‘lib chiqishidan, tovar almashuvi tovar muomalasiga aylanadi. Qanday qilib almashuv jarayonidan pul paydo bo‘ladi? Pulning tadrijiy paydo bo‘lishi -bu uning rivojlanishining o‘ziga xos bosqichi bo‘lib, bu yerda kelgusi davrlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling