H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Xususiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Xususiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar
Xususiylashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tegishli shart- sharoitlar mavjud bo‘lishi lozimligini hisobga olish kerak. Davlat nomidan mulkni idora etish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar mavjudligini eng birinchi qulay sharoit, deb hisoblash mumkin. Odatda, qonun chiqaruvchi hokimiyat nazorati ostida bo‘lgan xolding korporatsiyalari ana shunday sub’ektlar hisoblanadi, xususiylashtirish bilan bog‘liq jamiki tadbirlar majmuini amalga oshirish ularga topshiriladi. 190 Rossiyada bu xildagi tuzilmalar yo‘q edi, shu sababli, mazkur jarayonni boshqarish davlat ma’muriy tuzilmasi – Rossiya Federatsiyasining Davlat mulk qo‘mitasi zimmasiga yuklandi. Xususiylashtirish jarayonining barcha darajalarida rasmiyatchilik, buyruqbozlik, ma’muriyatchilik namoyon bo‘lishining boisi ham shundan. Asosiy muammo va kulfat shunda ediki, har qanday ma’muriy organ kabi (boshqa narsani kutish ham qiyin) qo‘mita ham topshiriqni qisqa muddatlarda «muvaffaqiyatli» bajarish, yo‘qotishlar, zarar va salbiy oqibatlarga qaramay, iloji boricha ko‘proq narsani xususiylashtirish uchun hamma narsani qilmoqda. Xususiylashtirish ijobiy iqtisodiy natijalarga erishish vositasi emas, birdan-bir maqsad bo‘lib qolgani ham ana shulardan kelib chiqadi. Xususiylashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishning boshqa sharti rivojlangan infratuzilmaning, qimmatli qog‘ozlar erkin harakatini ta’minlovchi tijorat banklari, xolding kompaniyalari, investitsiya fondlari, fond birjalarining mavjudligi hisoblanadi. Aslini olganda, ana shu tuzilmalar endigina tashkil topmoqda, xo‘jalik sub’ektlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘zaro munosabatlari butun mexanizmini sozlash uchun ancha- muncha vaqt kerak bo‘ladi. Moliya bozorlarining yetarli hajmi mavjudligini navbatdagi sharoitlar qatoriga kiritsa bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining yetarli darajada jamg‘armalari va tadbirkorlarning erkin kapitali zarur. Aynan shu shart- sharoitlar hukumat ishonchi bilan birgalikda G’arb mamlakatlarida xususiylashtirishning muvaffaqiyatini ta’minlamoqda. Rossiyada esa, shart-sharoitlar mutlaqo boshqacha, xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan davlat mulkining ko‘lami ham mutlaqo o‘zgacha. Oborotga xususiylashtirish cheklarining joriy etilishi va ularning bepul tarqatilishining boisi ham shu. Vaholanki, bepullik juda oz darajada Rossiya voqeligining ijtimoiy-ruhiy omillari bilan izohlanadi. Aholi butun davlat mulki – butun millatning boyligi ana shu millatning qo‘li bilan yaratilgan, deb hisoblaydi, bu juda to‘g‘ri. Bunday vaziyatda biz taklif qilinadigan davlat mulki kutilayotgan talab doirasidan chiqmasligi lozim, degan talabning bajarilishiga umid qilamiz xolos, zero, xususiylashtirishdan xazinaga eng ko‘p mablag‘ning tushishi ham shu shart bilan bog‘liq. Oldindan ishlab chiqilgan xususiylashtirish dasturi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi, unda bo‘lajak mulkdorlar – ayrim ijtimoiy guruhlar qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan davlat mulkining ma’lum yo‘l qo‘yilgan chegaralari ko‘rsatilardi. Gap korxonalarning xodimlari, mamlakatimiz tadbirkorlari, chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar, yirik 191 moliya institutlari haqida bormoqda. Aslida manfaatlarning nisbatan maqbul balansini belgilash lozim edi. Nihoyat, hokimiyatning mahalliy organlari tomonidan ishlab chiqilgan milliy xususiylashtirish dasturlariga g‘ov qo‘yilishining oldini olish uchun hokimiyatning markaziy va mahalliy organlari o‘rtasidagi vakolatlar taqsimotida muvozanat o‘rnatish zarurligini ajratib ko‘rsatish kerak. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling