H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijoratlashtirish.
Erkinlashtirish. Bozorlarni erkinlashtirish ularning turli xo‘jalik
sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirilishi uchun keng imkoniyatlar ochilishini taxmin qiladi. Bu to‘liq davlat monopoliyasi hukm surayotgan iqtisodiyot sohalarida va bozorlarda raqobatdoshli tuzulmalarni shakllantirish 186 yo‘lidir. Shu o‘rinda gap u yoki bu bozorga yangi raqobatchilarning kirib borishiga to‘sqinlik qiluvchi turli xil taqiqlarni bekor qilish, g‘ovlarni olib tashlash haqida bormoqda. Shunday qilib, bozorlarni erkinlashtirish davlat korxonalarining mulkiga bevosita dahl etmagani holda, yangi xo‘jalik sub’ektlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Bunday sub’ektlarning faoliyati pirovard natijada jamiyatning tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan u yoki bu ehtiyojlarini qondirish borasida davlat tuzilmalari rolining pasayishiga, mavjud bozor segmentlariga yangilarini qo‘shish evaziga ularning bozorlardan siqib chiqarilishiga olib keladi. Tijoratlashtirish. Davlat tasarrufidan chiqarishning boshqa bir yo‘nalishi davlat korxonalarini tijoratlashtirish hisoblanadi, bu jarayon ularning tijorat hisob-kitobiga o‘tkazilishini, ularning faoliyati bozor mexanizmlariga bo‘ysundirilishini o‘z ichiga oladi. Davlat korxonalarini tijoratlashtirish ularning tevarak-atrofidagi bozorga yot muhitning yo‘qotilishini taxmin qiladi. Shu bilan birga, davlat ularni yo qisqartiradi, yo budjetdan moliyaviy ta’minlashni to‘liq to‘xtatadi, soliq to‘lash borasidagi imtiyozlarni bekor qiladi, kredit qarzlaridan kechishni rad etadi, ularning xo‘jalik faoliyati natijalarini xususiy sektorda qo‘llaniladigan mezonlar asosida baholaydi. Davlat tasarrufidan chiqarishning mazkur yo‘nalishi, xususiylashtirish jarayoni avj olishini kutib o‘tirmay, davlat va munitsipal korxonalarining faoliyatini bozor tadbirkorligi o‘zaniga solib yuborish imkonini beradi. Ayni vaqtda qoloq, zarar keltirayotgan korxonalar bozordan ketishi, kimoshdi savdosi, tanlovlar yoki aksiyalashtirish orqali mulkning yangi ko‘rinishida qayta tashkil topishi lozim bo‘ladi. Shu tarzda tijoratlashtirish ob’ektlarni xususiylashtirishga zamin tayyorlaydi va unga yo‘l ochadi. Ayni vaqtning o‘zida u mustaqil bozor kuchi sifatida ish yuritishi mumkin bo‘lgan yashovchan davlat tuzilmalarining mustahkamlanishiga imkon beradi, bu tegishli bozorlarda raqobatning avj olishiga va ite’molchilar ahvolining yaxshilanishiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Ayrim davlat korxonalariga yoki ularning bo‘linmalariga to‘la mustaqillik berilar ekan, mavjud xo‘jalik aloqalarining uzilib qolishidan, iqtisodiy alg‘ov- dalg‘ovlar xavfidan ehtiyot bo‘lish kerak. Shuning uchun ularning xo‘jalik faoliyati ustidan davlat nazorati va boshqaruvini saqlab qolish talab qilinadi. Ayni vaqtning o‘zida barcha xo‘jalik birliklariga bir vaqtning o‘zida to‘la huquqiy shaxs huquqini berish – bu huquqiy yo‘sindagi mustaqillik xolos. Zero, xo‘jalik bo‘linmalari yagona texnologiya zanjirida, yagona texnologiya siklida ishlaydigan yerda texnik va iqtisodiy bazis ularning darhol va 187 kechiktirmay tarkib topgan ishlab chiqarish tuzilmalaridan «ajralib chiqish»iga imkon bermaydi. Aksincha, texnik-iqtisodiy birlik va o‘zaro bog‘liqlik ularning oldiga boshqaruv tuzilmalarini shakllantirish yoki saqlab qolish zaruratini ko‘ndalang qo‘yadi. Ammo bu boshqaruv tuzilmalari o‘z irodasini o‘tkazmasligi, mutlaqo yangi asosda – yuqoridagilar amriga muvofiq emas, o‘zaro iqtisodiy manfaatdorlik asosida birlashgan xo‘jalik sub’ektlarining irodasini bajarishi lozim. Bundan tashqari, o‘zaro mustahkam bog‘langan texnik-texnologik majmualarga chinakam to‘la xo‘jalik mustaqilligi butun o‘tish davrida (2 -3 yil davomida) xom ashyo, uzellar, qismlar va komplektlovchi buyumlarni yetkazib berish haqidagi buyurtmalarning bajarilishi majburiy bo‘lgan shartlar bilangina berilishi mumkin, xo‘jalik tuzilmalari ana shu vaqt mobaynida kelajakdagi hamkorliklari haqida uzil-kesil bir qarorga kelishi lozim. Bu zarurat paydo bo‘lgan taqdirda «qaram» sheriklarga ishlab chiqarishni qayta qurish yoki kengaytirish, yoxud o‘z aloqalarini boshqa mahsulot yetkazib beruvchilarga qaratish imkonini bergan bo‘lar edi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling