H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

3.Uyushgan mulk. Uyushgan mol-mulk – aksiyalarni erkin sotish yo‘li 
bilan shaklanuvchi kapitalning faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi. Har bir aksiya 
egasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati kapitalning egasi hisoblanadi. 
Sherikchilik mulki aksiyadorlar kapitali asosida faoliyat ko‘rsatsa, ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bozorlarda erkin sotiladi va sotib 
olinadi. Shu munosabat bilan, oradan ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng soxta 
kapital – aksiyalarning egalari o‘zgarishi mumkin, jamiyat esa, to tugatilgunga 
qadar yoki qayta tashkil etilgunga qadar o‘z faoliyatini davom ettiraveradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, uyushgan mulkda aksiyalarning parchalangan, 
chakana egalari (shuning uchun ham u xususiy mulk qatoriga kiradi) namoyon 
bo‘lishiga qaramay, uni xususiy mulkdan jamoa mulkiga o‘tish shakli, deb 
hisoblash mumkin. Gap shundaki, aksiyadorlar kapitali aksiya egalari o‘rtasida 
parchalab tashlanganiga qaramay, yaxlit birlik, jamoaning birlashgan kapitali 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi va xo‘jalik munosabatlariga kirishadi. Tasarruf 
etish munosabatlari aksiyalarning alohida paketlari kabi tarqoq holda emas, 
jami kapitalga nisbatan yaxlit holda amalga oshiriladi. Aksiyalarning nazorat 
paketi egalari aksiyadorlik jamiyatining bor kapitalini yagona mulk sifatida 
tasarruf etadilar. 
Agarda uyushgan mulkning egalik va tasarruf qilish munosabatlari orqali 
amalga oshirilishini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, shu narsa ayon bo‘ladiki, 


178 
tasarruf etish munosabatlarini aksiyalarning har bir egasi dividentlarni 
(aksiyaga olingan daromadni) o‘zlashtirish tarzida amalga oshiradi. Tasarruf 
etish munosabatlarini esa, aksiyalarning nazorat paketi egalari amalga 
oshiradilar. Ular, avvalambor, jamiyat o‘tkazayotgan iqtisodiy, moliyaviy
tashkiliy-boshqaruv, texnologiya siyosatini amalga oshiradilar. Ammo birinchi 
navbatda aksionerlik jamiyati foydasidan jamg‘arma fondiga chegirmalar yo‘li 
bilan jamiyat kapitalini to‘plash siyosatida namoyon bo‘ladi. Jamg‘arma fondi 
esa kapitalni yanada ko‘paytirib borish, uning xo‘jalik faoliyatini kengaytirish 
va yaxshilash uchun mo‘ljallangan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling