H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Xususiylashtirish va inflyatsiya
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Xususiylashtirish va inflyatsiya
Xususiylashtirish jarayonining boshqa iqtisodiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini idrok etish ham anchagina muhim ahamiyatga ega. Uning pul xo‘jaligi bilan bog‘liqligi nisbatan yaqqolroq ko‘zga tashlanadi, sababi, xususiylashtirish inflyatsiyaga qarshi kurashishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu davlat korxonalarini moliyaviy ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash vazifasini davlat budjeti zimmasidan soqit etishi bilan izohlanadi, chunki ular mulkning boshqa ko‘rinishlarini qabul qilgan bo‘ladi. Bu demak, davlat hatto, avvalgi ko‘lamdagi daromadga ega bo‘lgan taqdirda ham, ijtimoiy sohani, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, mabodo xususiylashtirish korxonalarining xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lib, ana shu maqsadga erishilgan bo‘lsa, bu holda, davlat ana shu korxonalardan soliq tarzidagi tushumlar ko‘payganligi hisobiga davlat budjetiga tushumlarni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Budjetni sog‘lomlashtirish esa, (buni biz keyinroq bilib olamiz), inflyatsiyaga qarshi qaratilgan eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Xususiylashtirishning inflyatsiyaga qarshi qaratilgan boshqa bir muhim omili shundan iboratki, qimmatbaho qog‘ozlarni va davlat mulkini sotish yo‘li bilan aholining talaygina pul mablag‘lari «tortib olinishi» ta’minlanadi, bu tovar va xizmatlar bozorida talab va taklif o‘rtasidagi nisbat yaxshilanishiga, narx-navoning barqarorlanishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qisqacha xulosalar Umuman, insoniyat sivilizatsiyasi, iqtisodiy tizimlar taraqqiyotida, tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat taqsimoti bilan bir qatorda mulk hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ammo mulk o‘z borlig‘ining qo‘shaloq usuliga: iqtisodiy va huquqiy usullariga ega. Mulkchilik munosabatini o‘zlashtirish va foydalanish, tasarruf etish va egalik qilishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu aytilgan jihatlar mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. O‘zbekiston Respublikasida, asosan, mustaqillik davrida mulkchilik munosabatlarida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridagidek mulkchilik munosabatlari, mulk turlari har xil bo‘lib, bozor 193 iqtisodiyoti talablariga javob beradigan holda shakllanib va rivojlanib bormoqda. Albata, birinchi navbatda mulkchilik munosabatlari va ularning turlari (mayda mulk sinfi va o‘rtacha mulk sinfi) hammasi mahsulot-tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullansa, rivojlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi, ya’ni mulkchilik munosabatlari va ularning turlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi lozim. Mulk tushunchasi. Mulk o‘zi nimadan iborat? Mulk ko‘proq umumlashagn shaklda – bu kishilarning moddiy boyliklarini o‘zlashtirish usullariga asoslangan munosabatlaridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu yerda munosabatlarning ikki qatlami qatnashadi. 1) Kishilarning buyum, ashyolar bilan ob’ektiv-sub’ektiv munosabatlari (u -bu narsalar bilan nima qila oladi va nima qila olmaydi); 2) sub’ektli–sub’ektga oid mulkdorlar va boshqa kishilar o‘rtasida yuz beradigan munosabatlar (mulkdorning atrofidagilarga nisbatan qanday huquq va majburiyatga egaligi). Bir qancha ilmiy maktablarning vakillari munosabatlarning birinchi qatlamini mustaqil emas, balki ikkinchisining bir qismi, deb taxmin qiladilar. Ushbu munozaralarga mantiqiy berilmasdan hozirgi vaqtda umumqabul qilingan va iqtisodiy taxminlar uchun ko‘proq samarali yo‘nalishlarga XX asrning 60-yillarida birinchi Amerika iqtisodchisi R.Kouz shakllantirilgan mulkning huquqiy nazariyasiga (keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori) to‘xtalamiz. Kouz mulkini shundaygina emas, balki mulkka egalik qilish huquqining alohida elementlarini ko‘rib chiqishni taklif etadi. Shu nuqtai nazardan mulk yaxlit tosh emas, balki qandaydir to‘plangan (to‘xtam) huquqni tasavvur etadi. Boshqalarga nisbatan mulkka egalik qilish huquqi 11 elementlarni o‘z ichiga oladi: 1.Egalik qilish huquqi; 2.Foydalanish huquqi; 3.Boshqaruv huquqi; 4.Daromad olish huquqi; 5.Sotish, o‘zgarish, o‘zgartirish, yo‘q qilish huquqi; 6.Mulk xavfsizligiga oid huquq (ekspropriatsiyadan himoya qilish); 7.Vasiyat qilishga meros olish huquqi; 8.Boylikka muddatsiz egalik qilish huquqi; 9.Atrofdagilarga zarar keltiradiganni ta’qiqlash huquqi; 10.Qarzni undirish huquqi; 194 11.Mulk vakolatini qaytarish huquqi. Moddiy boyliklarni o‘zlashtirish usullariga bog‘liq bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlab berib, mulkka egalik qilish huquqi «mulk» tushunchalarining aniq mazmunini ochib beradi. Iqtisodiy tizimlar uchun haqiqatan ular «o‘yin qoidasini» aniqlab beradilar. Xususiy mulkchilik. Bozor iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni amalga oshirishda xususiy mulkchilik asosiy ahamiyatga ega. Qachonki, barcha huquqiy tutam bitta jismoniy yoki huquqiy shaxslar qo‘lida to‘planganda mutlaqo xususiy mulkchilik haqida gapirish mumkin. Ammo mulkdor huquqiy mulkning bir qismini aniq shartlar asosida boshqa shaxslarga bersa, masalan, korxona egasi moneterlarga uni boshqarish huquqi bilan berdaigan bo‘lsa, huquqni taqsimlash kombinatsiyalarinig variantlari korxonalarning har xil shakllarini yuzaga kelishiga asos bo‘ladi (xususiy korxonalarnig shaxsiyatparasligidan hissadorlik jamiyatigacha). Mulkchilik huquqining boshqacha, ko‘zda tutilmagan sharoitlari bo‘lishi ham mumkin. Ular to‘plamga kiradigan mulkdor huquqlarining bir qismidan mahrum bo‘lsa yoki bu huquqlarning bir qanchasi boshqa shaxslar tomonidan qonunga hilof ravishda tartibga olingan bo‘lsa ham yuzaga keladi. Har bir mulkdorning huquqi aniq ifodalanishi, huquq to‘plami elementlarining farqlanishi, ularning qonuniy mustahkamlanishi va himoyasi hamda mulkdor huquqi iqtisodiyot nazariyasi fanida mulkdor huquqini tasniflash nomini oladi. Bu tushuncha teskari (qarshi) tushuncha bilan ifoda etilishi mumkin. Tasniflash deganda, iqtisodiy resusrlarga erkin kirish mulkdordan tashqari barcha uchun istisno etiladi, degan ma’noni anglatadi. Agar barcha uchun resurslarga erkin kirish bo‘lsa, unda ular hech kimniki bo‘lmay qoladi (egasiz bo‘lib qoladi). Bozor munosabati faqat tasniflash naqd bo‘lganda ishlay boshlaydi. Hozirgi vaqtda mulkdorning huquqiy to‘plami aniq ifoda etilmagan va u yetarli darajada qonun bilan samarali himoya qilinishi kerak. Asosan, buni MDH mamlakatlarida xususiylashtirilgan korxonalar misolida ko‘rish mumkin. Mulkdor huquqi bu yerda uchta asosiy guruhlar - sub’ektlar o‘rtasida «bo‘lingan»: 1) korxonalar ishchilari o‘rtasida; 2) ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida; 3) tashqi mulkdorlar -ular o‘rnida ko‘proq xususiy firmalar va banklar chiqadilar. Ular o‘rtasida barcha huquq to‘plamiga ega bo‘lish yoki ularga boshchilik qilish uchun kurash ketadi. 195 Iqtisodiy kategoriyalar tili bilan foydalanib aytadigan bo‘lsak, ko‘p joylarda mulkdor huquqining rasman berilishi sodir bo‘ldi, tasniflash esa, hali tashkil topish jarayonida turibdi. Bozorning rivojlanishi bilan tasniflash yangi fazaga kirishi kerak, bunda mulkdorlar huquqining to‘plami qayta taqsimlanishi natijasida (olib sotish, olib-sotarlik, qisman o‘zaro kechmoq, korxonalarni yomon boshqaruv natijasida bankrot bo‘lishi) huquq mustahkamlanadi va ko‘proq resusrlardan ratsional va samarali foydalanishga qobiliyatli mulkdorga o‘tadi. Davlatning asosiy vazifalaridan biri -shunday rivojlangan voqealarni rag‘batlantirish bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling