H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Aralash iqtisodiyot va uning o‘lchamlari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
7.5. Aralash iqtisodiyot va uning o‘lchamlari. So‘nggi ikki asr sarhadlarida paydo bo‘lgan va keyinchalik keng yoyilgan aralash iqtisodiyot g‘oyalari ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ro‘y bergan, ayniqsa, urushdan keyingi davrda kuchaygan o‘zgarishlarni aks ettirar edi. Bu o‘zgarishlar bozor va iqtisodiyotning davlat boshqaruvi, xususiy tadbirkorlik va ijtimoiylashtirish jarayonining o‘zaro hamkorlik shakllari murakkablashganida, shuningdek, ijtimoiy tizimlar tarkibiga industrlashtirishdan keyingi (iqtisodiyotdan keyingi) asoslar tobora sezilarli darajada kirib borishida namoyon bo‘ldi. «Aralash iqtisodiyot» atamasi faqat bir talqinga ega emas. Uning dastlabki va nisbatan keng yoyilgan talqini iqtisodiyotning turli (xususiy va davlat) sektorlari chatishishiga va mulkchilikning turli-tuman shakllariga urg‘u beradi. Keynsianschilikdan turtki olgan ikkinchi nuqtai nazar bozor (bozor mexanizmi) va davlat boshqaruvi chatishishi muammosini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Turli-tuman ijtimoiy isloh qiluvchi oqimlar ta’siri paydo bo‘lgan 165 uchinchi nuqtai nazar – kapital (xususiy tadbirkorlik) va ijtimoiy masalada (jamiyat ijtimoiy kafolatlarining chatishishga asoslanadi. Nihoyat, sivilizatsiyalashgan yondashuvdan kelib chiquvchi yana bir nuqtai nazar e’tiborni hozirgi zamon jamiyatning tarkibiy tuzilishidagi iqtisodiy va noiqtisodiy asoslarga qaratadi. Aralash iqtisodiyotning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talqinlari hozirgi sharoitlarda bir-biriga zid kelmaydi: ular rivojlangan iqtisodiyotning hozirgi shakllari vujudga kelishining turli yo‘llari mavjudligini aks ettiradi, xolos. Aralash iqtisodiyot aytib o‘tilgan o‘lchamlarning bir vaqtdagi chatishishini, ya’ni iqtisodiyot xususiy davlat sektorlarining, bozor va davlat boshqaruvining kapitalistik tamoyillari hayotni ijtimoiylashtirishning, iqtisodiy va noiqtisodiy asoslarining qatishishini o‘zida aks ettiradi. Aralash iqtisodiyot ulchamlari nisbiy mustaqillikka ega. Ammo turli mamlakatlarning sharoitlarida u yoki bu o‘lcham, yoxud o‘lchamlar guruhlaridan biri ustuvorlik qilishi mumkin. Iqtisodiyotning aralash ekanligi uning tarkibida faqat turli-tuman tarkibiy elementlar mavjudligini emas, real iqtisodiyotda ular chatishuvining muayyan shakllari paydo bo‘lishini ham tavsiflaydi. Bunga xususiy-davlat aksiyadorlik korxonalari, davlat organlarining xususiy firmalar bilan shartnoma bitimlari, ijtimoiy sherikchilik va hokazolar misol bo‘la oladi. Bugungi kuna aralash iqtisodiyot hozirgi zamon rivojlangan jamiyatining maqbul shakli sifatida namoyon bo‘luvchi yaxlit tizim hisoblanadi. Uni tashkil etuvchi elementlar bozorning davlat boshqaruvi, xususiy xo‘jalik tashabbuslarining ijtimoiy kafolatlar bilan to‘ldirilishini, shuningdek, jamiyatning iqtisodiy tuzilishiga industrlashtirishdan keyingi bosqich asoslari kiritilishini ob’ektiv talab qiladigan ishlab chiqarish kuchlari darajasiga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillariga tayanadi. Aralash iqtisodiyot birikma emas, vaholanki, tashkil etuvchi elemitlari darajasiga ko‘ra «sof» tizimlardan keyingi o‘rinlarda turadi, u aralash iqtisodiy munosabatlarning yig‘indisi bo‘lish bilan bir qatorda, o‘zaro bog‘liq tarkibiy elementlar tizimi sifatida amalga oshadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling