H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Tizimlarning murakkabligi va o‘zgaruvchanligi mezoniga


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
7.4. Tizimlarning murakkabligi va o‘zgaruvchanligi mezoniga 
asoslangan tasnif. 
Xo‘jalik 
yuritish 
shakli 
bo‘yicha 
tizimlarni 
mazkur 
mezon 
ma’lumotlariga ko‘ra eng sodda tizimlar, deb hisoblash mumkin. Ularning 
zamirida faqat bir mezon – ishlab chikarish va iste’molni birlashtiruvchi usul 
(iqtisodiy faoliyatni muvofiklashtirish usuli) yotadi. 


163 
Formatsiyali tizimlar nisbatan murakkab hisoblanadi. Vaholanki, ular 
tizimlarni chegaralashning bir asosiy mezonini (ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilik shaklini) taxmin qiladi. Shunga qaramay ular bundan avvalgi 
mezonni ham o‘z ichiga oladi. Har qanday formatsiya xo‘jalik yuritishning u 
yoki bu shakli bilan chambarchas bog‘liq, usiz yashay olmaydi: masalan, 
feodalizm – natural xo‘jaliksiz, kapitalizm – bozor iqtisodiyotisiz. 
Ma’lum bo‘lishicha, sivilizatsiyalashgan tizimlar nisbatan murakkab, 
sababi ular ta’kidlab o‘tilgan iqtisodiy elementlardan tashqari bir qator 
noiqtisodiy elementlarni (omillarni) ham o‘z ichigaoladi. Tizimlar natijada 
ko‘p o‘lchamlilik (ko‘p qatlamlilik) xususiyatini kasb etadi. 
Iqtisodiy tizimlar shuningdek «soflik» (gomogenlik) darajasi bo‘yicha 
ham farq qiladi. Mutlaqo «sof» iqtisodiy tizimlarning o‘zi bo‘lmaydi, ammo 
sof iqtisodiy tizimlarning ayrim jihatlarini tarixning ma’lum davrlarida 
ko‘zatish mumkin edi. Jumladan, buni sobiq sotsialistik mamlakatlarda jamoat 
mulkchidagi hukmronligiga asoslangan tizimni tashkil etishga urinishda 
ko‘rish mumkin. Bozor-kapitalistik xo‘jalik ham XIX asrda, o‘zining gullagan 
davrida sof tizim jihatlariga ega edi. Tizim sofligi nazariy tizimlarda alohida 
ahamiyatga ega, bunday tizimlarda iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarni aniqlash boshqa, unga xos bo‘lmagan xususiyatlarni inobatga 
olmaslikni taxmin qiladi. 
Xo‘jalikning turli shakllari, formatsiyali tuzilmalar, sivilizatsiyalashgan 
tizimlar bir-biri bilan birlashgan va chatishib ketgan holda, shuningdek
tizimning turli elementlari nisbatan murakkab birlashgan hollarda aralash 
iqtisodiy tizimlar (aralash iqtisodiyot) haqida gapirish mumkin. Ularning 
farqlovchi xususiyati – tarkibiga kiruvchi elementlarning geterogenligi 
(turlarning rang-barangligi)dir. 
Aralash tizimlar turli tarixiy sharoitlarda kuzatilgan. Masalan, bir vaqtlar 
Qadimgi Rimda quldorlik va feodalizm munosabatlarining birlashishi 
zamirida vujudga kelgan kolonat ana shunday tizim bo‘lgan. Hozirgi shart-
sharoitlarga nisbatan qo‘llaganda aralash iqtisodiyot quyidagi yiriklashgan 
shakllarda namoyon bo‘ladi: 
- rivojlanayotgan (ayniqsa kam rivojlangan) mamlakatlarning aralash 
iqtisodiyoti. Ularda «og‘ish» rivojlanishning past darajasi va qoloq iqtisodiy 
shakllar mavjudligi natijasida kelib chiqadi; 
- rivojlangan mamlakatlarning aralash iqtisodiyoti (rivojlangan aralash 
iqtisodiyot); 
- sobiq sotsialistik mamlakatlarning aralash o‘tish davri iqtisodiyoti. 
Iqtisodiy tizimlarni tushunishda tizimlarning harakat darajasi va 


164 
xarakterini (o‘zgarishlarini) baholovchi dinamik mezonlar ham muhim 
ahamiyatga ega. Ularga asoslanib iqtisodiy tizimlarni quyidagi tarzda 
tasniflash mumkin: turg‘un tizimlar va tarixan o‘zgarib boruvchi tizimlar. Ayni 
vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, jamiyat hayotida o‘zgarmaydigan holatlar 
bo‘lmaydi, shu bilan birga, iqtisodiyotning o‘zgarish darajasi har xil bo‘lishi 
mumkin. Iqtisodiy tizimlarning rivojlangan holatlarida faoliyat ko‘rsatish 
mexanizmlari birinchi o‘ringa chiqadi, buning natijasida ana shu tizimlar
avvalambor, turg‘un tizimlar sifatida namoyon bo‘ladi. 
Tarixan o‘zgarib boruvchi tizimlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: 
−birinchidan, ularning sarhadlari nuqtai nazaridan: asosiy tamoyillari 
saqlanib qolishi bilan ichki evolyutsiya holatida bo‘lgan tizimlar (masalan, 
shag tarixan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotin tizimi hamda 
iqtisodiyotning yangi sifat darajasiga o‘tishning aloxida davrini aks ettiruvchi 
tizimlar, ya’ni o‘tish davri tizimlariga (masalan, buyruqbozlik iqtisodiyotidan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan tizim); 
−ikkinchidan, rivojlanish xususiyati nuktai nazaridan: olg‘a tomon 
harakat qilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan farq qiluvchi chiziqli 
rivojlanayotgan tizimlar hamda jarayonlarning uzuq-yuluqligi va davriyligi, 
voqealarning tartibsizligi va hokazolar bilan farq qiluvchi chiziqsiz 
rivojlanayotgan tizimlarga. XX asr jamiyatining amaliyoti ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning chiziksizligi tizimlar rivojlanishining ko‘zga tobora yaqqol 
tashlanayotgan xususiyatiga aylanib borayotganidan dalolat beradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling