H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Fanni tashkil etuvchi mezonlarga asoslangan tasnif


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

7.2. Fanni tashkil etuvchi mezonlarga asoslangan tasnif 
Ta’kidlab o‘tilganidek, mazkur tasnif asosida iqtisodiy tizimlar ishlab 
chiqarish munosabatlari, funksional va institutlar tizimlariga bo‘linadi. Ilgari 
ko‘rsatib o‘tilganidek, mazkur tasnif ko‘p jihatdan hozirgi zamon iqtisodyot 
nazariyasini tarkibiy qismlarga ajratishga o‘xshab ketadi. 
Birinchidan, iqtisodiy tizim iqtisodiyotdagi ma’lum «tashkiliy 
mexanizm» doirasida odamlarning moddiy ehtiyojlarini imkoni boricha to‘la 
qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni 
aks ettiruvchi funksional aloqalarining yig‘indisi sifatida tavsif qilinadi. Bu 
borada eng muhimi – iqtisodiyotdagi (avvalambor, almashuv sohasidagi) 
tovar, pul va resurslar oqimining harakati jarayonida vujudga keluvchi 
muayyan funksional aloqalardir.
Iqtisodiy tizimning mazkur tavsifi nisbatan to‘liq holda iqtisodiyot 
nazariyasining neoklassik yo‘nalishida va neoklassik sintez, deb atalmish 
yo‘nalishida amalga oshirilgan. Ko‘pchilik kitobxonlarga ma’lum bo‘lgan 
«Ekonomiks»ning nisbatan ko‘p tarqalgan va ma’lum variantlari iqtisodiy 
tizimning aynan shu tavsifini ko‘proq aks ettiradi.
Ikkinchidan, iqtisodiy tizim ishlab chiqarish (ijtimoiy-iqtisodiy) 
munosabatlari tizimi sifatida tavsif etilishi mumkin. Mazkur munosabatlarning 
markaziy bo‘g‘ini – o‘zlashtirish (avvalambor, ishlab chiqarish shartlari va 
natijalarini) munosabatlaridir. Ishlab chiqarish munosabatlari bunda ishlab 
chiqarish kuchlarining ijtimoiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning 
o‘zgarishlarini aks ettirar ekan, ishlab chikarishning iqtisodiy munosabatlari 
o‘zini tarixan rivojlanib borayotgan (nazariy tizimda - genetik yo‘naltirilgan) 
munosabatlar sifatida amalga oshiradi. 
Iqtisodiy tizimning mazkur tavsifi nisbatan keng ko‘lamda K.Marks 
tomonidan va sobiq ittifoq siyosiy iqtisodiyotida berilgan. Ammo u bugungi 
kunda ham o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlari tahlilidagi mafkuraviylashtirish va bir-
biriga qarama-qarshi qo‘yish tamoyillariga qaramay, ular o‘zlashtirish 
muammosining ilmiy va amaliy ahamiyatini, ishlab chikarishning shartlari va 
samaralarini, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligini to‘sib qo‘ya olmaydi. 
Uchinchidan, iqtisodiy tizim institutlar yig‘indisi sifatida, ularning 
o‘ziga xos iqtisodiy fe’l-atvori sifatida tavsif qilinishi mumkin. Bunda 
iqtisodiyotning davlat, firmalar, kasaba uyushmalari kabi sub’ektlari, 
shuningdek, mulkka egalik huquqlari, qonunlar, me’yorlar, an’analar va 
iqtisodiy fe’l-atvorga ta’sir o‘tkazuvchi boshqa hodisalar institutlar sifatida 
namoyon bo‘ladi. 


157 
Iqtisodiy tizimni bunday tushinish institutsional (noinstitutsional) 
iqtisodiyot nazariyasining turli tarmoqlarida qo‘llaniladi. Germaniya 
ordoliberalizmida keng yoyilgan «iqtisodiy yo‘sindagi» konsepsiya ham unga 
kelib birikadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling