H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning mezonlari va turlari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
7.1. Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning mezonlari va turlari 
Iqtisod fani tarixi iqtisodiy tizimlar tasnifi turli mezonlar (belgilar) 
asosida amalga oshirilishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu ko‘p sonlilik 
asosida iqtisodiy tizimning ob’ektiv hilma-hillik xususiyatlari yotadi. 
Iqtisodiy tizim mezonlarini yiriklashgan ko‘rinishda uch guruhga bo‘lish 
mumkin: 
- fanni tashkil etuvchi mezonlar; 
- ijtimoiy-iqtisodiy (mazmun jihatidan) mezonlar;
- hajm va harakat mezonlari shular jumlasidandir.
Fanni tashkil etuvchi mezonlar – bu iqtisodiyot nazariyasi fanini tashkil 
etuvchi tarkibiy elementlar tomonidagi mezonlardir. Funksional iqtisodiy 
aloqalar, ishlab chiqarish munosabatlari (avvalambor, o‘zlashtirish munosabati 
sifatida tushuniladigan) va institutlar shular katoriga kiritilishi mumkin. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiy tizimlar funksional aloqalari, ishlab chiqarish 
munosabatlari tizimlariga, institutlar bilan bog‘liq tizimlarga ham bo‘linadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar – iqtisodiy tizimning tub mazmuni bilan 
bog‘liq jihatlarini ajratib ko‘rsatishga asoslangan mezonlardir. Ishlab 
chiqarishni 
va 
iste’molni birlashtirish usuli (iqtisodiy faoliyatni 
muvofiqlashtirish usuli); bevosita ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish 
vositalari bilan bog‘lash usuli (mulkchilik turi); ijtimoiy – madaniy omilning 
roli, industrial va iqtisodiy asoslarning rivojlanganlik darajasi shular 
jumlasidandir. Shunga ko‘ra, iqtisodiy tizimlar xo‘jalik shakllari bo‘yicha 
hamda shakli, nazariy va texnologik belgilari bo‘yicha taqsimdanadi. 
Hajm va harakat mezonlari – bu tizimning murakkabligi va 
o‘zgaruvchanligini tavsiflovchi mezonlardir. Tizimning bir hilligi va 
farqliligini, tizimning turg‘unligi yoki harakatda ekanligini shular sirasiga 
kiritsa bo‘ladi. Shunga muvofik, iqtisodiy tizimlar «sof» va «aralash», turg‘un 
va tarixan rivojlanayotgan tizimlarga bo‘linishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha mezonlar va tasniflar hayotda va 
fanning o‘zida bir – birini to‘ldiradi, iqtisodiy tizimning turli tomonlarini aks 
ettirishiga qaramay, o‘zaro chatishib ketadi. Faqat mezonlar va tasniflarning 
butun yig‘indisini ko‘rib chiqish tizim sifatidagi iqtisodiyot haqida yaxlit, 
atroflicha tushuncha hosil qilish imkonini beradi. 


156 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling