H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Qichqacha xulosalar 
Umuman, iqtisodiy faoliyat va ishlab chiqarish har qanday iqtisodiy 
tizimning negizi va asosi hisoblanadi. Bu iqtisodiy faoliyat albatta, ishlab 
chiqarishni yoritadi, iste’mol qilish bilan tugallanadi, bular bir-birisiz yashay 
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi va sarf-
xarajatlar, xom ashyolar, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi. Bu yerda 
albatta, ishlab chiqarish omillari, kapital mablag‘lar va tabiiy resurslar 
harakatga kelishi shart bo‘ladi. Mehnat qilish va uni sarflash jarayoni ishlab 
chiqarish hisoblanadi. Natijada, mahsulotlar yaratiladi, ya’ni mehnat insonning 
ishchi kuchi bilan tabiat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni bildiradi.
Ishlab chiqarish funksiyasining jadvalida izokvantlar (geometrik nuqtalar 
ishlab chiqarish funksiyalarini, ya’ni ishlab chiqarish omillarini bir-biriga 
bog‘lash natijasida tayyorlangan mahsulotlar miqdori aniqlanadi) oilasi 
kuzatiladi. Koordinatlar tizimida izokvantlar o‘rtasidagi uzilish mahsulot 
chiqarish hajmidagi farqni tavsiflaydi. Bu omillar texnalogiya yordamida bir-
biri bilan birlashadi. Texnalogiya esa, ishlab chiqarish jarayonlarini olib borish 
usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisini anglatadi 
Asosiy tushunchalar 
1. Ishlab chiqarish omillari jumlasiga – inson mehnati omillari, kapital 
mablag‘lar (mehnat vositalari va tabiiy resruslar uchun sarf qilinadi), tabiiy 
resurslarkiradi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey asoslab bergan tijorat hozirda 


153 
G’arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar to‘rtinchi omil sifatida tadbirkorlik 
qobiliyatini ham ana shu omillar qatoriga kiritadilar. 
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari deganda, resurslardan to‘la-tekis 
foydalanilganda erishiladigan mahsulot ishlab chiqarishning eng katta hajmi 
tushuniladi. 
3. Ko‘lam samarasi – bu har xil variantlarda yuz berishi mumkin bo‘lib, 
ishlab chiqarish omillari necha marta oshirilsa, xuddi shuncha miqdorda (bu 
jadvallarda ko‘rsatilgan ) mahsuldorlik ham oshadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling