H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Energiya omili va infratuzilma
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning ekologiya omili
Energiya omili va infratuzilma
Energiya – bu ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Ishlab chiqarish hamisha ana shunday harakatga keltiruvchi kuchga ehtiyoj sezgan. Ammo dastavval, u asosan, insonning mexanik energiyasi bil- angina cheklangan yoki hayvonlardan foydalangan. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi esa qudratli va rang-barang yoqilgi-energetika ta’minotini (birinchi navbatda, elektr quvvatini) talab qiladi. Shu sababli, ishlab chiqarishning energetika omili muhim, mustaqil ahamiyat kasb etdi. Energetika ta’minoti masalasini hal etmay turib, bugungi kunda hatto o‘rtacha korxonani ham bunyod etish mumkin emas. Infratuzilmaning ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni yaratuvchi tarmoqlar va sohalarning ahamiyati katta. Bu borada ikki yordamchi tizim ajratib ko‘rsatiladi. Birinchisi, ishlab chiqarish infratuzilmasi – bu ishlab chiqarishga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi tarmoqlardir (moddiy texnika ta’minoti, omborxonalar, transport, aloqa, hisoblash markazlari, ekologik himoya vositalari shular jumlasidandir). Ikkinchisi, ijtimoiy yoki noishlab chiqarish infratuzilmasi – bu odamlar (shu jumladan, ishlab chiqarish xodimlari oilalari bilan birga) hayoti uchun zarur ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarni yaratib beruvchi sohadir. Uy-joy va kommunal xo‘jaliklari, savdo, maishiy xizmat, maorif, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar shular qatoriga kiradi. Ishlab chiqarishning ekologiya omili Keng ma’noda olganda, ekologiya omili – bu insonning atrof-muhit bilan munosabatlariga doir, tabiatni himoya qilish, uni asrash va tiklash zaruratiga tegishli muammolarning butun bir majmuidir. Insoniyat taraqqiyotida tabiat ikki yoklama rol o‘ynaydi: birinchisi – ishlab chiqarish uchun resurslar manbai 152 rolini; ikkinchisi – odamlar yashaydigan muhit rolini. Afsuski, ko‘pchilik hamon uning birinchi – ishlab chiqarishga «xizmat ko‘rsatish» vazifasini birlamchi, muhimroq, deb hisoblaydi. Vaholanki, tabiat yagona. Xo‘jaliklarning unga ehtiyotsiz kirib borishi uning resurslarini qashshoqlashtiribgina qolmay, odamlar yashash sharoitini, ularning kayfiyatini, sog‘lig‘ini muqarrar ravishda yomonlashtiradi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishi tabiat bilan shunchalik keng va chuqur hamkorlik qiladiki, ho‘jalik amaliyotida ekologiya omilini alohida hisob-kitob qilish shart bo‘lib qoldi. Bu, jumladan, korxonalarning resurslarni tejashga, kam chiqit bilan va chiqitsiz ishlashga o‘tishi; ishlab chiqarishda tobora samarali tozalash va muhofaza inshootlaridan foydalanilayotgani; davlat tabiatni himoya qiluvchi choralarni va tegishli qonunlarni qabul qilayotganligi; ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilayotganligi va mutaxassislar ekologiya bo‘yicha malaka oshirayotganligi bilan bog‘liqdir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling