146
bilan bir qatorda,
zavodning xomashyo, komplektlovchi uzellar, qismlar va
hokazolarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatilishini taxmin qiladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi – unda ko‘llaniladigan
muayyan usul va
uslublardan, ish jarayonlari va mahsulot tayyorlash jarayonlaridan iborat
(masalan, non yopish texnologiyasi operatsiyalarining ma’lum izchilligini,
xamirning ma’lum tarkibini, tandirlarning ma’lum ish tartibini va hokazolarni
nazarda tutadi).
Zamonaviy texnologiyalarni bilish – ishlab
chiqarish samaradorligining
kalitidir, shu sababli xo‘jalik olamida yangi ilg‘or yechimlar – texnologiya
bilimlari va tajribalarini almashish keng yoyilgan. Yangi yoki boshqacha qilib
aytganda, yuksak texnologiyalarning o‘ziga xos jihati ularning ishlab
chiqarishda axborotlardan va kompyuterlardan keng
foydalanishga tayanishi
hisoblanadi. Shu xildagi texnologiyalarni axborot yoki axborot-kompyuter
texnologiyasi, deb atashadi. Ishlab chiqarishning yangi omili – axborotning
alohida ahamiyati ana shundan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: