H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


  12.4. Milliy g‘oya. Milliy g‘ururning milliy iqtisodiyot o‘sishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 


278 
12.4. Milliy g‘oya. Milliy g‘ururning milliy iqtisodiyot o‘sishi 
konsepsiyasidagi mezoni 
Ushbu bobning birinchi qismida aytilgan konsepsiyaga binoan katta 
tarixiy voqealarga va hodisalarga boy bo‘lgan XX asr poyonida O‘zbekiston 
milliy xususiyati va tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda o‘zining 
mantiqiy rivojlanishi bilan Markaziy Osiyo iqtisodiyotida asosiy bo‘g‘in 
bo‘ldi. O‘zbekistonning ta’siri Markaziy Osiyoning rivojlanishida hamma vaqt 
katta bo‘lgan sobiq ittifoq tarkibida munosabatlarini shakllantirishida yaqqol 
ko‘rinib turibdi. O‘zbekistonning anchagina iqtisodiy resurslari, demografik, 
fan-texnika, madaniy salohiyatga uning Markaziy Osiyodagi yetakchilik rolini 
aniqlab berdi. O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning 11,2% 
maydonga, 42% aholisiga, 44% yalpi ichki mahsulotiga ega bo‘lgan katta 
hududi hisoblanadi. Lekin O‘zbekiston o‘z mavqeini yanada mustahkamlash 
va katta yutuqlarga erishish uchun mana shu mustaqillik yillarida har xil 
sabablarga ko‘ra qiskartirilgan imkoniyatlarni yanada tiklashi lozim. Ehtimol 
O‘zbekistonning bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni Markaziy 
Osiyodagi umumiy-siyosiy vaziyatlar bilan ham bog‘liqdir. 
Hozirgi vaqtda har xil jarayonlarning rivojlanishi, murakkab ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy sharoitlar, Markaziy Osiyodagi beqarorlik bilan 
islohotlarni o‘tkazish natijalari mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi 
salbiy jarayonlar ham saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillikning birinchi yillarida ayrim 
sabablarga ko‘ra juda bir mushkul ahvolga tushib qolgandi, bu jamiyatning va 
iqtisodiyotning hamma tomonini qamrab olgan edi. Tanglikning asosiy 
sabablari: 
• iqtisodiy o‘zgarishlarning tugatilmaganligi; 
• iqtisodiyotda bozor unsurlarining ojizligi; 
• iqtisodiy munosabatlarning chet davlatlardan keladigan importga ilg‘or 
texnologiyaga ega asbob-uskunalar, mashinalarga bog‘liqligi, aholi iste’mol 
tovarlarini xom ashyo, energiya resurslari eksprotiga almashtirish saqlanib 
qolganligi; 
• hududlarning rivojlanishi baravar emasligi; 
• ishlab chiqarishning pasayib ketishi va hokazolar bo‘lgandi. 
Shu yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishga asos solindi. 
Bir tomondan, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish yillarida rejali taqsimot 
tizimi o‘zgartirildi va iqtisodiyotni erkinlashtirish amalga oshirildi; davlat 
mulkini xususiylashtirish davom etdi; tovar va xizmatlar, qimmatbaho 
qog‘ozlar-fond bozorlari va bozor infratuzilmasining boshqa elementlari faol 
shakllantirildi, 
ishlab 
chiqarish 
tizimlari, 
investitsiya-innovatsiya 


279 
jamg‘armalarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi, oxirgi vaqtlarda inflyatsiyaning 
kamayishi yuz bermoqda. 
Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ham korxonalar, ham tarmoqlarning, 
umuman, davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishilmoqda. 
Bundan tashqari, dastlabki moliyaviy barqarorlik siyosatining hamma 
ijobiy vaziyatlarini saqlab qolgan holda, uni samarali sanoat siyosati bialn 
to‘ldirib, iqtisodiy o‘sishni boshlash kerak edi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling