H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Nazariyalar va natijalar
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
12.2. Nazariyalar va natijalar
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu savol juda ham katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bunga javobni uzoq tarixdagi sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan, hozirgi mustaqil davlatlarning birgalikda boshidan o‘tkazgan voqealardan izlaymiz. Ma’lumki, 1917 yilda sobiq ittifoqning ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy hayotida juda katta, XX asrning eng muhim voqeasi sodir bo‘lgan edi. Ya’ni sotsializm revolyutsiya orqali g‘alaba qozongan bo‘lib, bu kapitalizmni sotsializm bilan almashtirish edi. Lekin bu tarixiy yangilikka, ancha yuqori darajadagi jamiyat tizimiga o‘tishga zaruriy texnikaviy, tashkiliy va madaniy shart-sharoitlar yaratilgan edi. Qisqa tarixiy muddatda sobiq ittifoqda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi, xalq xo‘jaligini planli ravishda tashkil etish ishlari harakat qila boshladi, madaniy revolyutsiya o‘tkazildi. Ammo bu qayta qurishlar aholining turmush tarzi past darajadagi, demokratiya va fuqarolar huquqining yo‘qligi tufayli o‘tkazilgan edi. Sobiq ittifoqda 30-yillardan boshlab ijtimoiy tizim tasdiqlangan edi, bu tizim ancha keyin, «kazarma sotsializmi» nomi bilan atalgan edi. Aniqroq aytganda, gap davlat sotsializmi to‘g‘risida ketayapti. Davlat sotsializmi – shunday ijtimoiy-iqtisodiy tizimki, bu uchun yakka hokimlik xarakterida davlat shaklidagi mulkni jamiyat birgalikda o‘zgartiriladi. Hamma munosabatlar tizimi o‘zlashtirilishi xo‘jalikdan foydalanish va umumiy mulkni iqtisodiy realizatsiya qilish davlat qo‘lida bo‘lgan. Iqtisodiyotni to‘liq davlatlashtirish quyidagi hal etuvchi asoslarda ifodalangan: a) xalq mulki – ishlab chiqarish vositalari haqiqatan ham davlat monopoliyasi asosida o‘zlashtirilgan edi; b) davlat ijrochi apparati xo‘jalik monopoliyasini va butun iqtisodiyotda boshqarishni qo‘liga olgan edi; v) u maksimal darajada o‘z qo‘lida hamma korxonalarda ishlab chiqarilgan asosiy mahsulotlarni va moliya resurslarni markazlashtirigan edi. Hamma ishchilar va xizmatchilar davlat tomonidan yollanib ishlay boshladi, mehnatkashning moddiy sharoitlardan va uning natijalaridan, ishlab chiqarishni boshqarishdan uzoqlashishi (ular xo‘jalikni hal etishda faqat maslahatchi huquqiga ega bo‘lgan) va yuqori organlarning qarorlarini oddiy ijro etuvchilarga aylangan. Mehnatkashlar davlat mulkiga egamiz, «hech kimniki emas», deb qaraganlar va uni iqtisodiy realizatsiya qilishni yaxshilamoqqa moddiy qiziqmas edilar. 273 Lekin davlatning barcha tomonlama iqtisodiy hukmronligi ishlab chiqarishning ob’ektivlik bilan haqiqatan ham mojaroda bo‘lgan edi. Demak, iqtisodiyotni davlatlashtirish va umuman sotsializm tizimining yuksak darajadagi modelini yuqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda tahlil qilsak, uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: Mulkchilikdagi hamma huquq davlatga taalluqlidir, bu degani, «Umumxalq mulki». Xususiy mulk tugatiladi. Xo‘jalik nima, qanday va kim uchun ishlab chiqariladi deganda umummarkazdan boshqariladi va hal etiladi deyish mumkin, iqtisodiyot umuman latent 58 holatga ega edi. Bozor mexanizmi markazlashtirilmagan sistema aloqalari sifatida baholi qudrat signal asosida tugatiladi. Markazdan boshqariladigan xo‘jalik tizimida transaksion sarf-xarajatlar yo‘q bo‘ladi. Albatta, shuni aytish kerakki, «Transaksion sarf-xarajat» termini T.Mor, R.Ouen, marksizm-leninizm davrlarida ham ishlatilmagan edi. Ulardan tashqari sotsializmning yuksak modelida ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotda asosiy o‘rin egallashi – bu markazlashgan, yuqoridan planlashtirish, bu yerda byurokratlar faoliyati, ya’ni davlat apparatining sifati, ular qabul qilgan qarorlarining sifati to‘g‘risida gap ketadi, shuning bilan birgalikda, davlat apparatining sifati tushunchasida ularning, ya’ni boshqaruv organlarining qarorlarni qabul qilish jarayonlaridagi yetarli ma’lumotga ega bo‘lib va ularning puxta, qobiliyatli darajada bu qarorlarini hayotga chiqarishi tushuniladi. Davlat apparatining sifatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar va uni aniqlovchilar: davlat mansabdorlarining ichki va tashqi axborotlaridan xabardor bo‘lishi, ularning malakali, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni qobiliyatli adekvat ravishda qabul qila olishlari, huquqiy normalari, moddiy rag‘batlantirish miqdorlari va hokazolar. Kerakli qonunlarning aniq emasligi, yo‘qligi, beqarorlik, o‘zgaruvchanlik, beqarorlik bular har qanday davlatda ham korrupsiyaga olib keladi. Korrupsiya ma’lumki, bu rahbarlar (katta-kichik) chinovniklarning sotqinligi, pora olishi va berishidir. Albatta, har qanday xo‘jalik tizimi rivojlanish uchun axborot – informatsiya olishga majbur bo‘ladi. Agarda bozor xo‘jaligida shunday axborot narx-navo bo‘lsa, unda ma’muriy buyruqbozlik tizimida yoki sotsialistik xo‘jalikda informatsiya rolini buyruq (norma, plan) bajaradi. Har qanday ishlab chiqaruvchi o‘zining xo‘jalik faoliyati jarayonida bir qancha cheklanish bilan to‘qnashadi. Vengriya iqtisodchisi Yanosh Kornai 58 Latent holat - (lotincha latentis «o‘z ichida, nimanidir yashirish») ob’ekt yoki jarayonlarning o‘zini yaqqol namoyon etmasdan yashirin holatda bo‘lish xususiyati. 274 uchta guruhiy cheklanishni ajratadi: shartlangan resurslar bilan cheklanish, shartlangan talab bilan cheklanish va budjet bilan cheklanish. Birinchisi, moddiy yoki jismoniy cheklanishni ifoda etadi (xom ashyo, mashina va asbob-uskunalar, malakaga ega bo‘lgan ishchilar). Ikkinchisi, cheklash jismoniy zaruriyani ifoda etmasdan, balki xo‘jalik sub’ektlarining qonuniy xulqini ifoda etadi. Budjet bilan cheklanish korxonalar uchun – bu korxonalar xarajatlarining umumiy summasi ularning ixtiyoridagi umumiy summaga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liqligi, ya’ni bu yerda asosiy prinsip korxonalarning xarajatlari o‘zlarining daromadlari bilan qoplanishi shart. Bularni ikkita tipdagi korxonalar misolida ko‘rib chikish mumkin: 1. Klassik kapitalizmdagi mukammal raqobat sharoitida harakat qiluvchi korxona. 2. An’anaviy sotsialistik korxona. Bu ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida o‘zining yuksak modelida, eng markazlashgan direktivlarga bo‘ysunish bilan harakat qiladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling