H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


-foyda me’yori yoki foizda ifodalangan foyda; R


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

1
-foyda me’yori yoki foizda ifodalangan foyda;
R-foydaning mutlaq hajmi; 
K
av
-ishlatilgan kapital. 
 
11.7. Bozorning afzalliklari va kamchiliklari 
Bozor, uning tarkibi va raqobat mexanizmi haqida umumiy tasavvurga 
ega bo‘lib, uning afzalliklari va kamchiliklariga murojaat qlamiz.
Bozorning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• jamiyatga zarur tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun kerakli 
resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish imkonini beradi; 
• faqat cheklangan axborotga yo‘naltirilgan bozor muvaffaqiyatli faoliyat 
yurgazishi mumkin, turli resurslarga narxlar darajasi va sarflar darajasi turlicha 
bo‘ladi; 
• ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga qayishqoqlik va 
moslashish yuqori darajada bo‘ladi; 
• fan va texnika yutuqaridan tezlik bilan foydalanish imkoniyati; 
• tadbirkorlar va iste’molchilarni tanlash va harakat erkinligi; 
• turli-tuman ehtiyojlarni qondirishga, mahsulot sifatini oshirishga 
qobiliyatlilik; 
• buzilgan muvozanatni nisbatan tez tiklash. 
Bozorning kamchiliklari 
Bozorning asosiy kamchiliklari kuyidagilar bo‘ladi: 
• jamoa va jamoatchilikka mo‘ljallangan tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish uchun rag‘batlarning (stimullarining) yo‘qigi; 


266 
• atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa turdagi faoliyatlardan himoya 
qilish mexanizmining yo‘qigi; 
• takror ishlab chiqarilmaydigan resurslarni saqlash borasidagi 
qobiliyatsizlik;
• mehnatga kafolatning yo‘qligi; 
• fanda fundamental va amaliy izlanishlarni rivojlantirishga sharoit 
yaratishga qobiliyatsizlik; 
• Retsessiv va inflyatsion jarayonlarning rivojlanishiga va duchor 
bo‘lishga beqarorlik. 
 
Qisqacha xulosalar 
Haqiqat bahs-tortishuvda tug‘iladi, ammo hamma vaqt emas. Tarix o‘n 
yillab davom etgan juda ko‘p samarasiz munozaralarni biladi. Masalan, 
sotsializmda tovar ishlab chiqarishning mavjudligi to‘g‘risidagi bahs- 
tortishuv sovet tizimining birinchi kunidan boshlanib to oxirgi kunigacha olib 
borildi. Lekin bu munozaraning samarasizligi «tovar ishlab chiqarish» 
tushunchasi bu baxs qatnashchilarning har biri o‘zicha, o‘zining tushunchasi 
mazmunidan kelib chiqqan holda izohladi. Bunday bahs-tortishuvni olib 
borish – ma’lum masofani har xil o‘lchamda o‘lchab, bir xil natija olish bilan 
barobar edi.
Hozirgi zamon so‘z boyligida, ehtimol, «bozor» so‘zidan ommaviyroq va 
keng tarqalgan so‘z bo‘lmasa kerak. U haqiqatan ham o‘z dalil-isbotini talab 
qilmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda shu qadar ko‘p tushunchaga ega ta’rifni 
topish qiyin. Hozir «bozor» to‘g‘risida yangi-yangi tushunchalar paydo 
bo‘lgan. Shulardan bir nechtasini keltiramiz:
«Tovarning qayerda qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi sodir bo‘lsa, shu yer bozor deb 
ataladi».
Bozor -emoq-ichmoq uchun oziq-ovqatlar va boshqa tovarlar chakana 
savdosi joyi. Bozor - tovar muomalasi sohasi, tovar ayirboshlash.
Bozor klassik bo‘lmagan tizim nuqtai nazarida har xil sohalar o‘rtasida 
qo‘llanadigan, natijada, iste’molchilar xohishi bilan iqtisodiy resurslarni, 
ishchi kuchi va kapitalni taqsimlash vositasidir.
«Bozor bu tovarlar oldi-sotdisi amalga oshadigan, kishilar o‘rtasidagi 
umumiy aloqa shaklidir... Birinchidan, bozor -bu iqtisodiy sub’ektlar 
o‘rtasidagi munosabatlar sohasi. Ikkinchidan, bozor -bu faqat bozor 
iqtisodiyoti elementi, unga tovar ishlab chiqarish sohasi, ularni iste’mol qilish 
va taqsimlash, programmalash va iqtisodiyotni tartibga solish kiradi».


267 
«Bozor -bu har qanday o‘zaro harakat, ya’ni kishilar bir-biri bilan savdo 
qilish uchun muammoga kirishadi» va hokazolar.
Bozor to‘g‘urisida gap ketganda, uning uch turini farqash kerak:
Birinchisi -bozor sifatida, ya’ni savdo qilish joyi yoki tovarlarni 
ayirboshlash. Bunday tushuncha, qadimgi zamonda paydo bo‘lgan vaqtda 
«iqtisodiyot» atamasi hali hech kimning xayolida yo‘q edi.
Ikkinchisi -bozor ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi asosiy sektor 
sifatida, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni ishlab chiqarish anarxiyasi 
sharoitida bog‘lovchi muomala sohasidir. Bunday tushunchalar natural 
xo‘jalikni tovar ishlab chiqarish bilan almashtirishda rivojlangan.
Uchinchisi - bozor mavhumlashtirish sifatida nazariy-iqtisodiy 
kategoriyadir. Bu holda «bozor» so‘zidan «stixiyalilik» so‘zining sinonimi 
sifatida foydalaniladi. Bu so‘z tovar ishlab chiqarishning hukmronligi 
natijasida paydo bo‘lgan. Natural xo‘jalikda nima ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 
shu yerning o‘zidayoq iste’mol qilingan, ortiqchasi esa, shu xo‘jalikka kerak 
bo‘lgan qandaydir boshqa narsaga ayirboshlangan.
Endi sobiq ittifoqda bozor bo‘lganmi, degan savol ham tug‘ilishi mumkin. 
Ha, buning birinchi va ikkinchi turida bo‘lgan. Mamlakatdagi dehqon 
bozorlari, bularning keng namunalisi Moskva, Toshkent, Samarqand 
shaharlaridagi bozorlar bo‘lib, bu bozorlarda atom bomoasidan boshqa hamma 
kerakli narsalar sotilgan. 
Shunday qilib, sobiq SSSR iqtisodiyotida bozorning uchinchi turi 
bo‘lmagan 
nazariy 
kategoriya 
sifatida 
ishlab 
chiqaruvchilar 
va 
iste’molchilarning stixiyali munosabatlarini ifodalagan. Ishlab chiqarish 
ayarxiyasi va narxlarning stixiyali belgilanishi bo‘lmagan. Shuning uchun 
bozor, fan nuqtai nazaridan qaraganda, iqtisodiyotni rejali asosda boshqaruvni 
stixiyali ravishda tartibga solish bilan almashtirishni bildiradi.
Endi, yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, bozor ta’rifini aniqroq 
ko‘rib chiqamiz. «Bozor, uning hajmi va tuzilishini birinchi navbatda ijtimoiy 
ishlab chiqarish miqyosi bilan belgilanadi. Bozorga o‘tish xalq xo‘jaligining 
asosiy tarmoqari barqaror ravishda ishlab tursa va ularning mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi ko‘payib borsa oson kechadi, agar mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi kamaysa, bozorga o‘tish ancha qiyin bo‘ladi».
Birinchi holda bozorning muomala sohasi ekanligi to‘g‘risida, ikkinchisi 
-rejali iqtisodiyotdan stixiyali tartiblanish bozoriga o‘tish to‘g‘risida gap 
ketayapti.
Yana bir aniqlik: «Bozor keng ma’nodagi so‘z bo‘lib, tovarlarni ishlab 
chiqarish va taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar 
tizimdir. Tor ma’noda bozor deganda tovar va kapitallarning hamda ishchi 


268 
kuchining va boshqa ishlab chiqarish omillarining erkin muomala sohasi 
tushuniladi. Shu bilan birga, tovarlar, xizmatlar, kapitallar (investitsiyalar), 
ishchi kuchi, g‘oyalar, axborot va boshqa bozorlar farqlanadi. Shunday qilib, 
bozorsiz iqtisodiyot hech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, «iqtisodiyot» 
so‘ziga «bozor» so‘zini qo‘shilishi tasodifiy emas, bu hozirgi vaqtda ya’ni tarix 
sahnasida rejali iqtisod so‘zi paydo bo‘lganidan keyin, ularni farqash uchun 
qilingan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling