H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Erkin bozor belgilari. Bunday bozor talablariga, avvalambor, har qanday 
tovar ishlab chiqaruvchining bozorga erkin kirishi va chiqishini kiritish lozim, 
bu uning qatnashchilari soni cheksiz bo‘lishini tahmin qiladi. Bunday 
ochiqlilik tufayli alohida olingan tovar ishlab chiqaruvchining bozordagi 
vaziyatga ta’siri umuman, shu qadar arzimagan bo‘ladiki, uni e’tiborga olmasa 
ham bo‘ladi. Bozorning bunday holati monopoliya ko‘rinishi bir sotuvchining 
yoki monopsoniya -bir xaridorning hukmronligi mutlaqo yo‘qligi bilan 
tavsiflanadi. 
Ammo erkin kirish va chiqishni ta’minlash uchun, bozor agentlari bunday 
qarorni bozordagi vaziyatga doir to‘liq axborotni (narx-navo va foiz darajasi, 
talab va taklifning ahvoli va hokazolarni) emin-erkin olib, so‘ngra qabul qilishi 
kerak. Bu bozorning har bir qatnashchisiga maqbul harakat qilish: kam sarf 
bilan ko‘proq foyda olish yo‘lini erkin tanlash imkonini beradi.
Erkin bozorning boshqa bir belgisi ishlab chiqarish omillarining mutlaq 
safarbarligi hisoblanadi. Shunday deganda zarur hollarda kapitalni, moddiy va 
mehnat resurslarini xo‘jalik faoliyatining bir tarmog‘i va sohasidan boshqasiga 
yo‘naltirish imkoniyatining mavjudligi tushuniladi.
Bozor sub’ektlarining iqtisodiy munosabatlariga davlatning aralashishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, u yoki bu iqtisodiy siyosatni o‘tkazishdan voz kechish bozor 
faoliyatining muhim shartidir.
Real voqelikda yuqoridagi shartlarning to‘liq bajarilishiga ishonish qiyin. 
Raqobatning to‘liq erkinligi haqida gapiriladigan bo‘lsa, bir narsa ayonki
xuddi shu raqobat natijasida bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron 


263 
bo‘ladi, boshqalari bozordagi mavqelarini mustahkamlaydi, bozordagi 
o‘rinlarini kengaytiradi, oxir-oqibatda uni monopoliya qilib olishi mumkin. 
Bundan tashqari monopoliya yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 
ishlab chiqarishning yangi texnologiyasidan foydalanish asosida ham rivoj 
topishi mumkin. Bunday imkoniyat faqat bir tovar ishlab chiqaruvchida 
bo‘lishi mumkin, chunki uning huquqini kashshof sifatida xuquq patenti 
himoya qiladi.
Agar erkin va teng miqorda axborot olish imkoniyata haqida gapiradigan 
bo‘lsak, bu ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sababi, axborot ham qiymatga ega, 
tovar sifatida sotiladi. Shuning uchun u yoki bu bozordagi ahvol yoki uning 
rivojlanish istiqboli haqidagi batafsil axborotni xizmat haqini to‘lashga qodir 
bo‘lganlargina oladi.
Kapital va resurslarning erkin ko‘chishiga kelsak, bu shartni ham bajarish 
mushkul. Birinchidan, ko‘pgina ishlab chiqarishlarning xilma-xilligi, chiqisha 
olmasligi bilan bog‘liq tabiiy cheklashlar mavjud. Shuning uchun ishlab 
chiqarishda foydalaniladigan vositalar va ishchi kuchi turli xususiyatga ega 
ekanligi sababli, ishlab chiqarish faoliyatini qayta ixtisoslashtirish anchagina 
murakkab muammoga aylanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqarishning turli 
sohalari va tarmoqlari ishlab chiqarishni birinchi bor tashkil etishni investitsiya 
qilish uchun zarur bo‘lgan kapitalning katta-kichikligi jihatidan bir-biridan 
jiddiy farq qiladi. Shu munosabat bilan kapitalni, misol uchun, ko‘p kapital 
talab qiladigan ishlab chiqarishga va tarmoqlarga (kemasozlik, metallurgiya, 
samolyotsozlikka) yo‘naltirish uchun ko‘pgina firmalarga zarur miqordagi 
kapitalni jamlashga ancha- muncha davomli muddat kerak bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan, erkin bozorning faoliyat ko‘rsatishini cheklovchi 
yana bir qator sabablarni eslatib o‘tish zarur. Erkin bozor ijtimoiy xususiyatga 
ega ehtiyojlarni: ijtimoiy ta’minotni, mamlakat mudofaasini, pul muomalasi 
me’yorida faoliyat ko‘rsatishini, ne’matlarning adolatli taqsimotini, fan va 
texnika strategik yo‘nalishlarining rivojini ta’minlashga qodir emas.
Shunday qilib, aytish mumkinki, erkin bozor bu mavhum, nuqsoni yo‘q, 
degan tushuncha, u bo‘lmagan va unga erishib ham bo‘lmaydi. Muayyan, 
raqobat hukm suruvchi, ozmi-ko‘pmi boshqariladigan bozor bor, u o‘z-o‘zini 
boshqarish mexanizmiga ega. Uning asosiy dasturi, avvalambor, narx-navo 
hisoblanadi, narx-navo iste’molchilarga ham, ishlab chiqaruvchilarga ham 
bozordagi ahvol haqida xabar beradi. Narx-navo orqali son-sanoqsiz yakka 
tartibdagi iqtisodiy qarorlar jamlanadi, kombinatsiya qilinadi va bir 
ko‘rsatkichga keltiriladi. Narx-navo sohasidagi raqobat ham, boshqa 
raqobatlar ham resurslardan to‘liq va samarali foydalnishga xizmat qiladi. 


264 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling