H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
11.4. Bozor iqtisodiy sub’ektlarining o‘zaro harakat qiluvchi mexanizmi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
259 11.4. Bozor iqtisodiy sub’ektlarining o‘zaro harakat qiluvchi mexanizmi sifatida Uch yirik namoyonda ustiga qurilgan har qanday tovar xo‘jaligi bu – tovar ishlab chiqaruvchi – mulkdorlarning iqtisodiy alohidalashuvi (avtonom holatda); ular o‘rtasidagi mehnat taqsimoti; har bir iqtisodiy sub’ektlar uchun o‘zlarining manfaatlarini ta’minlashga intilishi (erkin) uchun yo‘l ochiq. Tarixiy amaliyotning ko‘rsatishiga, birinchi shart -engil va to‘liq xususiy mulkchilik asosida ta’minlanadi (bu degani, ya’ni ishlab chiqarish birliklarining mustaqilligi boshqa yo‘l bilan ta’minlanishi mumkin emas degani emas). Ikkinchi shart - umumiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi bilan bog‘langan, shu jumladan, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va koorporatsiyalashuvining munosabatlarida. Uchinchi shart - aniq tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatini himoya qilishga yo‘naltirilgan va raqobatchilik fe’latvorining xo‘jalik yuritishining erkinligi sifatida yuzaga keladi. Jamiyatda bu dastlabki shartsharoitlarning mavjudligi bilvosita (bozorga va tovarga oid) shakldagi aloqalari asosiy bo‘lib, ustun kelishini ko‘rsatadi. Bozor o‘ziga xos raqobat bilan tovar xo‘jaligining (ishlab chiqarishning) mahkam asosini yaratadi, uning mexanizmining asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi. Alohida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish tizimi kabi ko‘pchilik «ichki dunyo» ning asosan to‘g‘ridanto‘g‘ri aloqa prinsiplari, o‘zlarining mahsulotlarini, tovarlarini har kuni «tashqi soha» ga (bozorga) itarib chiqadi, bu yerda ular boshqa ishlab chiqaruvchilarning tovarlari bilan, xaridorlarning puli uchun raqobatlashuvga kirishib to‘qnashadi. Bu yerda, bilvosita o‘rnini to‘ldiruvchi, ekvivalentlik aloqalari sohasida, ko‘p stixiyali, noaniqlik omili o‘zini kuchli ko‘rsatadi, alohida xo‘jalik sub’ektlarining katta to‘qnashishi ro‘y beradi. Raqobatli bozor qatnashchilarining mustaqil tashkillashtirilgan iqtisodiy faoliyati va suveren, «xudbinli» fe’l -atvori hamma vaqt tushunmagan, jamiyatning qandaydir ikkinchi darajali ehtiyojini qondirish natijalariga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning o‘zida tabaqalanish ham ro‘y beradi: ko‘pincha muvaffaqiyatli, oldingi qatordagilar uchun bozor vaqtincha ularning yangiliklardan afzalligini (o‘zining turiga yarasha «texnologiyali monopoliya»sini) mustahkamlaydi, eng yomonlarini, kundankunga zaiflashib borayotganlarni, orqada qolib ketayotgan, qoloqlarni esa ayamay, shafqatsizlik bilan vayron qiladi. Shunday qilib, eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarni tanlov ta’minlaydi va FTT rag‘batlantiriladi. Bozor tizim sifatida aniq muvozanatlangan ikkita – stixiyali va tashkillashtiruvchi, raqobatli va monopollashgan boshlanishlarni birlashtirishini tasavvur etadi. 260 Bozor o‘ziga xos raqobatli va monopollashgan (tashkillashtiruvchi) boshlanishida o‘zining dialektik o‘zaro harakatida ham individual, guruhlashgan va umumlashgan manfaatlarining birligini ta’minlaydigan samarali mexanizimlarini beradi. Shunday bozor mexanizimining «tashkillashtirilgan raqobatchilik» mexanizmi, deb aytish mumkin, buning ustiga u raqobatli va tashkillashtirilgan boshlanishga optimal birlashtirishga ichki intilishi o‘zo‘zidan sozlanadigan katta salohiyatga ega bo‘ladi. Har bir aniq shartsharoitlar uchun shunday optimum bo‘lib minimal monopollashuvda (tashkiliy, reglamentga solish) maksimal raqobatlashuv bo‘ladi. Ushbu optimumdan og‘ish jamiyat uchun tug‘diradigan og‘ir yo‘qotish bo‘ladi. Endi, raqobatli stixiyaning ayshishratga berilishi, reglamentga solingan mexanizmlarning (o‘yin qoidasi) zaiflashishi bo‘yicha barchaning barchaga qarshi kurashi «qoziqtish va tirnoqlari bilan» juda ham vayron qiluvchi oqibatlarga: ommaviy bankrotlikka, ishsizlikka, muttahamlikka va mahsulotlarni soxtalashtirishga olib kelishi mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling