H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Qimmatli qog‘ozlar bozori
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bozori. Qimmatli kog‘ozlar bozori kapital bozori
bilan mustahkam bog‘liq, chunki u mavjud kapital – aksiyalar, obligatsiyalar, veksellardan iboratdir. Aslini olganda, kapitalning ikkiga - chinakam va soxta kapitalga bo‘linishi sodir bo‘lmoqda, ularning har biri o‘zaro bog‘liqligiga qaramay, mustaqil harakat, muomala kasb etadi. Chinakam kapital bu - korxonaning fondlari (binolar va inshootlar, mashinalar va dastgohlar, xom ashyo va materiallar). Soxta kapital chinakam kapitalni qimmatli qog‘ozlarda aks ettiradi, ular mustaqil tovar sifatida o‘z yo‘li bilan harakat qiladi, har qanday tovar kabi o‘z qiymatiga ega, bu qimmatli qog‘ozlar kursi, deb ataladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli kog‘ozlar savdosining ikki tashkiliy ko‘rinishi mavjud: avvalgi chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar (asosan, aksiyalar) muomalada bo‘lgan fond birjalari va aksiya hamda obligatsiyalarning yangi emissiyalarini (turkumlarini) birlamchi joylashtirish amalga oshiriladigan, shuningdek, yirik bo‘lmagan korporatsiyalarning avvalgi chiqarilgan aksiya va obligatsiyalari sotiladigan hamda sotib olinadigan birjadan tashqari oboroti. Qimmatli qog‘ozlar harakati kapitallarning bir ishlab chiqarish va tarmoqqa olinib, yanada ko‘proq foydani ko‘zlab, boshqa ( ishlab chiqarish va tarmoqlarga safarbar etilishini, bu demak, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Pul bozori. Pul bozori alohida o‘rin tutadi. Agar odatdagi tovar bozorida pul tovarlarni almashish vaqtida vositachilik vazifasini bajarib, tovar narxiing o‘lchovi sifatida namoyon bo‘lsa, moliya bozorida pulning o‘zi to‘la huquqli tovarga aylanadi, undan foylalanish bahosi bozor qonuniyatlariga muvofiq talab va taklif asosida belgilanali. U qarzga berilgan pul uchun olinadigan ustama foiz, ya’ni daromad ko‘rinishini qabul qiladi. Pul taklifi, eng avvalo, aholining omonatlari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning jamg‘armalari hisobiga shakllanadi. Aytish kerakki, pul taklifi pul egalarining ustama foiz olishga intilishi bilan izohlanadi. Demak, pul taklifi vaqtincha erkin pul mablag‘larining mavjudligi bilan bog‘liq, deb xulosa chiqarish mumkin. Pulga talab xo‘jalik agentlarida hamda davlatda u yoki bu xo‘jalik loyihasini va dasturini moliyaviy ta’minlash uchun o‘z mablag‘lari yetishmay qolgan hollarda vujudga keladi. Shuning uchun pulga talab xo‘jalik agentlarida va davlatda pul resurslarinig yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Shunday qilib, pul bozori shunday bir sohaki, unda ikki arama-qarshi qutb birlashadi, ularning manfaatlari muvozanatga keltiriladi. Bir qutbda erkin pul resurslari jamlanadi, ikkinchi qutbda esa, pul yetishmovchiligi xis etiladi. Har ikki tomon kredit bitimga kirishib, o‘z manfaatlarining qondirilishiga erishadi: birinchisi pul resurslarini qo‘lga kiritadi, ikkinchisi berilgan qarz 257 uchun ustama foiz ko‘rinishida daromad oladi, ana shu ustama foizni ma’lum muddatdan so‘ng qarz oluvchilar qaytarishi kerak. Bozorni boshqa mezonlar bilan ham tasniflash mumkin. Jumladan, mahsulot tarmoqariga ko‘ra (avtomobil, po‘lat, neft, kompyuterlar bozori), savdo jihatiga ko‘ra (ulgurji va chakana savdo bozorlari), hududiy joylashishiga ko‘ra (mahalliy, mintaqaviy, milliy, jahon bozorlari), raqobat xususiyatiga ko‘ra (mukammal va nomukammal bo‘lmagan raqobat). Bozorlarning yuqorida ko‘rib chiqilgan turlari kabi bozorlarning mazkur ko‘rinishlari ham asta-sekin, iqtisodiyot nazariyasi kursi bilan tanishish davomida tahlil qilib beriladi. Ma’lumki, oxirgi yillarda sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiga o‘tish davridagi ilmiy munozaralarda bizga iqtisodiyotda fantexnika taraqqiyotining samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etishni ishlab chiqish zarurligi bo‘yicha juda ham ko‘plab fikrlar bayon etilgan edi. Shunday bo‘lsa ham, bunday mexanizmlarni yangidan o‘ylab chiqarish kerak emas edi. Bu juda ham ma’lum, sababi tabiiy yo‘l bilan insoniyatning har xil xo‘jalik yuritishida paydo bo‘lgan, u o‘zining harakatchanligini va universalligini dalillab bergan va hozirgi vaqtda juda ham katta muvaffaqiyat bilan iqtisodiyot amaliyotida ko‘pchilik davlatlarda va sayyoramizning xalqlarida foydalanilmoqda. Endi bozorni unga xos bo‘lgan raqobati to‘g‘risida biz ega oladigan bo‘lsak, o‘sha raqobatni, u to‘g‘risida oldindan XIX asrning o‘rtalarida asosiy iqtisodchilarning biri: «shunday umumiy munosabatlar borki, unda biz hozirgi vaqtda o‘zimizning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiramiz», deb yozgan edi. Shunday qilib, bu yerda gap aynan FTT ni rag‘batlantirish mexanizmlari haqida ketayapti. Bozor, tovar ishlab chiqarish, raqobat ancha oldin mavjud bo‘lgan, ammo yodan chiqarmaslik kerakki, insoniyatning juda katta qismi o‘zining tarixini bozorsiz, natural xo‘jalikning podishohligi ostida yashagan. Ma’lum bo‘lishicha, bu xo‘jalik modeli resurslar va mehnat ustidan to‘g‘ridanto‘g‘ri buyruqbozlikda jamoa, oilalarning aniq xo‘jalik vazifalari va yaratilgan mahsulotlarni tenglashtirilgan taqsimot asosida qurilgan edi. Bu yerda shuni esga olish o‘rinli, ya’ni bu o‘zining tenglashtirilganligi bo‘yicha, ya’ni alohida shaxslarning tengligi bo‘yicha natural xo‘jalik boylarniki emas, balki kambag‘al, faqirlar jamiyatining asosi bo‘lgan edi. Albatta, insoniyatning oldingi tarixidan farqlanishida, hozirgi sivilizatsiyalashgan jamiyat natural xo‘jalikda emas, balki tovarlashgan, bozor xo‘jaligida, ya’ni, bevosita aloqalarida emas, balki bilvosita aloqalar afzalligi dunyosida yashamoqda. 258 Ammo bu degani, ya’ni to‘g‘ridanto‘g‘ri boshqaruv (bevosita «taqsimlanadigan») hozirgi zamon amaliyotidan to‘liq istisno qilingan deganmikan? Albatta, yo‘qda. Buning ustiga, tarix jamiyatga o‘zini oqlamagan iqtisodiyotdagi asosiy munosabatlarning barchasi alohida olingan davlatlarda to‘g‘ridanto‘g‘ri direktiv aloqalari prinsipida to‘laqonli tovar – pul munosabatlari vositasining yordamisiz qurishga urunganligini biladi. Bizning oldingi mamlakatimizdagi joylashgan xo‘jalik mexanizmlarimizni bekorga «ma’muriy buyruqbozlik», «direktivga oid – byurokratik», «buyruqbozlik asosida taqsimlovchi» tizim (ba’zan esa, ayniqsa, izzatikrom bilan – Ma’muriyatga oid Tizim) deb aytilgan. Qani endi o‘zimizga shuni aniqlaymiz, ya’ni hozirgi zamon iqtisodiyotida ikkala shakli ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilik aloqalari foydalaniladi, mavjud va o‘zaro harakatda bevosita (taqsimlanadigan, direktivga oid, majburan o‘rnini to‘ldirishni, ya’ni ekvivalentlik munosabatini) va bilvosita (bozorga oid, oldisotdi aktlari bilan, ya’ni ekvivalentlik almashuviga asoslanadi). Bunga muvofiq ikkala – rejali va bozorli boshlanishning birlashuvi kuzatib turiladi. Birinchisi o‘zini avvalambor alohida xo‘jalik birliklari ichida ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarni va mehnatni (mikrodaraja), hamda davlatning tartibga solish faoliyatida, shu jumladan, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarni bajarishda (makrodaraja) foydalaniladi. Ikkinchisi resurslarni va tayyor mahsulotlarni qo‘ldanqo‘lga berishda aktlarning ko‘pchilik qismiga xizmat qiladi, ya’ni jamiyatda iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari rolini bajara turib ijtimoiy hayot faoliyatining markazida turadi. Shunday qilib, hamma narsa iqtisodiyotda bevosita va bilvosita shakldagi aloqalarni ularning rejali va bozorli boshlanishini birlashtirishdan iborat. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida rejalisining ustunligi bitta modelni beradi (ma’muriy buyruqbozlik tizimi), shunga muvofiq bozorga oid bo‘lgan rivojlanishning ustunligi prinsipial ravishda farqlanadigan modelni (bozor iqtisodiyoti) beradi. Bozorning kuchi nimada? Nima uchun hozirgi vaqtda biz ham bozor iqtisodiyoti foydasiga hal qiluvchi tanlovni qilamiz, uni nafaqat oldingi qatordagi jamiyatning ijtimoiy maqsadini ta’minlash bilan moslashishni, ammo uning muvoffaqiyatli realizatsiyasiga muvofiq eng yaxshi, deb hisoblaymiz? Ushbu savollarga ishonarli javob berish uchun, avvalambor, bozorning prinsiplarini va mexanizmlarini ko‘rib chiqish kerak, ya’ni bozorni aniq tizim sifatida tadqiq qilish lozim. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling