H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Mehnat bozori. Mehnat bozori barcha ishlovchilar xizmatining, shu
jumladan, malakasiz va malakali ishchilar, boshqaruvchilar, firma rahbarlari xizmatining oldi-satdisidan iborat. Mehnat bozori vazifasi va tashkiliy tuzilishiga ko‘ra ish bilan bandlik sohasidagi davlat siyosati tamoyillarini, mehnat munosabatlari huquqiy boshqaruvini, kadrlar tayyorlash tizimini, ishga yollash tizimini, xodimlarni qayta tayyorlash va qayta ixtisoslashtirish tizimini, mehnat birjalarini o‘z ichiga oladi. Ana shu bozorning eng muhim mexanizmi mehnat birjasi hisoblanadi, turli xil ishchi kuchiga talab va taklif bevosita shu birjada shakllanadi. Mehnat birjasida mehnat bozoridagi talab va ehtiyojga doir axborotlar bo‘ladi, mavjud ishchi kuchi zahirasi va bo‘sh o‘rinlar qayd etiladi, u jamoat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ulanadi, ishga joylashish vaqtida maslahatlar bilan yordam beradi. Mehnat birjasi -davlat muassasasi bo‘lib, mehnat vazirligiga bo‘ysunadi. Ular bilan bir qatorda, ishga joylashishda vositachilik qiluvchi pulli xususiy agentliklar, kasaba uyushmalari, diniy va yoshlar tashkilotlari huzuridagi ishga joylashtiruvchi vositachi byurolar faoliyat ko‘rsatadi. Har qanday boshqa bozorda bo‘lganidek, mehnat bozorida ham talab va taklif qonuni amal qiladi, ana shu qonunga muvofiq ishchi kuchiga (mehnatga) narx (ish haqi) belgilanadi. Ishlab chiqruvchi kuchlar, ijtimoiy mehnat taqsimotining doimiy dinamikasi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida ortiqcha ishchi kuchini va uning yetishmovchiligini, ya’ni bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lgani holda ishsizlarning mavjud bo‘lishini izohlaydi. Gap shundaki, ayrim tarmoqar va mintaqalar ishchi kuchi yetishmovchiligini his etayotgan bir paytda, boshqa tarmoqlar va mintaqalarda ular keragidan ortiqcha bo‘lishi mumkin. Mehnat bozorida ham raqobat mavjud, ana shu 254 mexanizm orqali eng layoqatli va tadbirkor xodimlarni saralab olish, malaka oshirilishini, bilimlarning yangilanishini rag‘batlantirish amalga oshiriladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling