H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- TP-T
Talab, taklif, narx-navo. Yuqoridagi bozor mexanizmining asosiy
elementlari - bu narx-navo, talab va taklif, deb xulosa chiqarish mumkin. Talab aholi ehtiyojini to‘la-to‘kis emas, uning xarid qobiliyati bilan, ya’ni pul ekvivalenti bilan ta’minlangan qisminigina o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun talab ijtimoiy ehtiyojning haqiqiy hajmini va tarkibini ifodalaydi. Taklif - bu indallosini aytganda, bozor jamg‘armalari (zahiralari), ya’ni uzil-kesil sotish uchun olinayotgan tovarlarning yig‘indisidir. Talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbat pirovard natijada narx-navoni belgilaydi. Narx-navo, o‘z navbatida, iste’molchilar uchun ham, ishlab chiqaruvchilar uchun ham bozordagi ahvol haqida axborot tashiydi. Ular har bir xo‘jalik sub’ektning bozordagi xulqini belgilaydi. Yakka tartibdagi son-sanoqsiz iqtisodiy qarorlar narx-navoda jamlanadi va muvozanatga keladi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari o‘rtasida ko‘p sonli ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy, ruhiy, tashkiliy – texnik, tashkiliy-boshqaruv va hokazo omillar ta’siri ostida tarkib topuvchi anchagina murakkab sabab - oqibatli va xizmat doirasidagi aloqalar qaror topadi. Buning ustiga turli guruhdagi tovarlarga talab narx-navo, daromadlar darajasi, taklif hajmi kabi omillarning o‘zgarishiga bir xilda bog‘liq emas. Bundan tashqari, u yoki bu omillarning talab va taklifga, qisqa muddatli va uzoq muddatli narx - navoga turlicha ta’sir etishiga e’tibor berish kerak. Agar bozor mexanizmiga umumlashgan tavsif beriladigan bo‘lsa, bu holda, u narx - navoni shaklantirish va resurslarni taqsimlash mexanizmidan yoki narx-navo, ne’matlar miqdori va 252 ularning tarkibi asosida iqtisodiy munosabatlarni (sotuvchilar bilan tovarlar va xizmatlarning xaridorlari o‘rtasida) o‘rnatish mexanizmidan iborat bo‘ladi. Rivojlangan tovar ishlab chiqarishda ayirboshlash pul vositasida amalga oshiriladi. Pul mehnat faoliyati turli ko‘rinishlari o‘zaro hamkorligining va ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimiga qo‘shilishining zarur sharti bo‘lib xizmat qiladi. Aynan jamiyat tomonidan u yoki bu ne’matning foydali, deb e’tirof etilishi pul yordamida, oldi-sotdi vositasida sodir bo‘ladi. Tovarlarni pullash haqi naqd pul bilan to‘langanda TP-T ko‘rinishida (bunda T-tovar, P -pul), tovarlar kreditga sotilganda esa, T-M-T-P bunda T va P ramzlarining ma’nosi saqlanib qoladi, M esa to‘lovning majburiyligi) ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Jamiyat uchun yaratilgan ne’matlarning ijtimoiy ahamiyati yoki qiymati pul yordamida aniqanadi. Ammo mazkur jarayonni bozorning bir tomonida yakka sotuvchi, ikkinchi tomonida-butun jamiyat turadi, deb tasavvur qilish yaramaydi. Ahvol nisbatan soddaroq. Har qanday xaridor o‘z shaxsi bilan jamiyatni ifodalaydi, chunki bizsiz jamiyatning o‘zi yo‘q. Jamiyat alohida shaxslardan tashkil topadi. Shuning uchun har qanday oldi-sotdi voqeasi - ijtimoiy voqeadir. Buning ustiga u jamiyatdagi har qanday ikki agent faoliyatining bir-biridan farq qilishini, ya’ni ijtimoiy mehnat taqsimotini aks ettiradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling