248
Ammo bir qancha vaziyatlarda bozor
qiyinchiliklarni uddalashga
qobiliyatsizroq va bu yerda davlatning yagona faol harakati qiyin holatdan
chiqish yo‘lini topishi mumkin.
Birinchidan, bu jamiyatga oid va notijorat moddiy boyliklarga tegishli.
Masalan, sud, prokuratura (unda
barcha qaror, yechimlar faqat boylarning
foydasiga hal bo‘lishi mumkin) yoki xususiy armiyalarning yaratishlarni bozor
tizimida o‘tazib bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, (yana nima to‘g‘risida gapirish mumkin), bozor o‘z-o‘zidagi
ijtimoiy muammolar bilan kelisha olmaydi.
Uchinchidan, juda ham ko‘p iqtisodiy muammolar mavjud bo‘lib, ularni
hal etish bozor yo‘li bilan mumkin, ammo amaliyotda davlatning aralashuvini
talab etadi, sababi haqiqiy bozor mexanizmlari (sof nazariy tasavvur qilishdan
farqlanishida) mutlaqo mukammallashgan holda bo‘lmaydi.
Qanday bo‘lmasin, sof bozor tizimida davlatning roli cheklangan, davlat
iqtisodiy sub’ektlarni boshqarish vazifasini o‘ziga olmaydi.
Axir bunday
tipdagi sivilizatsiyaning asosiy afzalligi bo‘lgan o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi
bozor mexanizmlari buziladi.
Biz bu yerda qo‘shimcha sharh beramiz: davlatning roli cheklangan
deganimiz, kuchsiz, bo‘sh deganimiz emas.
Iqtisodchilar bu atamani
ishlatishda shunday demoqchilar, ya’ni asosiy iqtisodiy muammolarni asosan,
bozorning o‘zi hal etadi, davlatning bunga aralashuvi
faqat vaqtincha yoki
qisman bo‘ladi, ya’ni davlat o‘zini bozorning o‘rniga almashtirishga
urinmaydi, haqiqatan esa, faqat qat’iy zaruriyat tug‘ilganda harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: