H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor va narx-navo mexanizmi o‘z-o‘zini tartibga solish sifatida
Raqobatchilik. Yuqorida qayd etilgan savolga javob shuki, bozor
tizimida kapitalistik shaxsiyatparstlikka qarama-qarshi kuchli raqobatchilik mavjuddir. U ishlab chiqaruvchilarning iste’molchilar talabi musobaqasida turadi, u o‘z navbatida ularning daromadlari bilan hamma vaqt qattiq cheklangandir. Ishlab chiqaruvchilarning tijorat manfaatlari ularni sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga, narx-navoni oshirishga va boshqalarni tushuntirishga qobiliyatli, ammo raqobatchilik ularni iste’molchilar uchun foydali faoliyat yo‘nalishlarini qidirishga majburlaydi, demak, jamiyat uchun ham. O‘zbekistonda hozircha faqat asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlari ketmoqda. Jamiyatda raqobatchilik mexanizimning harakatiga birinchi bo‘lib A.Smit o‘zining (1776 y.) «Xalqlar boyligining sabablari va tabiati to‘g‘risida tadqiqot» kitobida e’tibor bergan, bozorning «ko‘rinmas qo‘l», deb nomlangan prinsipini shakllantirgan. Ishlab chiqaruvchi o‘zining foydasini ko‘zlaydi, ammo bunga yo‘l kimning iste’molini qondirish orqali yotadi. Agar iste’molchiga sizning molingiz (tovaringiz) yoqmasa, agar siz iste’molchining ko‘nglini topmasangiz, siz kerakli tushumni, daromadni ololmaysiz. Natijada, ishlab chiqaruvchilarning barchasi «ko‘rinmas qo‘l» ning qandaydir harakati 247 tufayli faol, samarali va ixtiyoriy ravishda jamiyatning barcha manfaatini amalga oshiradi, shu bilan birga, ko‘pincha bu to‘g‘risida o‘ylamasdan, faqat o‘zining manfaatini ko‘zlaydi. Bozor va narx-navo mexanizmi o‘z-o‘zini tartibga solish sifatida Bozor iqtisodiyotining barcha ko‘rib chiqilgan o‘ziga xos xususiyatlari bozorda ro‘y beradi. Bozor – bu xaridorlar va sotuvchilarni hmda tovar va xizmatlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish uchun birlashtiradigan jamiyat institutidir. Bozorning roli uning vazifalarida yuzaga keladi. Birinchi vazifasi – axborotga oid, qo‘zg‘atuvchanlik. Axborot bozorga tovarlarning narx-navo tanqisligi va ortiqchaligi to‘g‘risida axborot beradi. Ushbu munosabatda bozor iqtisodiyotini tartibga soluvchi aniq mexanizm sifatida yuzaga chiqadi. Agar bozorda tovarlar sotilmasdan ko‘paytirilib yuborilsa, narx-navo pasayib ketsa, bu albatta, barcha bozor sub’ektlari uchun xabar bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarga bunday tovarlarni ishlab chiqarish foydasiz bo‘lib, ular taklifni qisqartiradi. Xaridorlar uchun aksincha, narx-navoning pasayishi xarid qilishni kengaytiradi. Shunday qilib, tovarlarning ortiqchaligi asta-sekin kamaytiriladi. Bozorning ikkinchi vazifasi – taqsimotchinazoratchi yoki tartibga soluvchilikdir. Aynan bozorda ishlab chiqarish jarayonlarining pirovard natijasi paydo bo‘ladi: iste’molchilar uchun faqat mantiqiy ma’qul bo‘ladigan narxdagi tovarlar sotiladi. Tovarga bo‘lgan talab, uning xarakteriga bog‘liq, demak, pirovard natijada uning narxiga ham. Yaxshi, muvaffaqiyatli mahsulotni ishlab chiqarish foydali, bu o‘z navbatida uning ko‘payishiga olib keladi. Shunday qilib, bozor mexanizmlari yordamida iqtisodiyotda bunday tovarlar foydasiga resurslar qayta taqsimlanadi va shu bilan birga, tovar ishlab chiqarishda bozor talabiga chidam bermaydigan tovarlar ishlab chiqarilmaydi. Bozorning uchinchi vazifasi – integrallashmoq yoki birlashtiruvchilikdir. Aynan bozor ishlab chiqaruvchilarni va iste’molchilarni birgalikda bog‘laydi va har xil mahsulotlarni ishlab chiqarishga jalb etadi. Natijada, bu iqtisodiyotni bir butunlikda bilashtiradigan markaz bo‘lib qoladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling