H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Iqtisodiy erkinlik. Xususiy mulkchilik iqtisodiy erkinlikni ikki asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘y berishini oldindan belgilab beradi: •Erkin tadbirkorlik. • Erkin iste’molchi tanlovini. Iqtisodiy erkinlikning amalga oshirilishi ham tadbirkorlik bilan, ham iste’molchilik bilan shaxsiy manfaatning ustunligini taxmin etadi. Erkin tadbirkorlik faoliyati deganda, yalpi ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qaror qiladi. Nima, qancha miqdorda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kabi savollarini hal etish uning suveren huquqidir. Albatta, mutlaqo erkinlik bo‘lmaydi, uning doirasi qonun bilan va uning davlat himoyasida turganligi bilan ifoda etiladi. Tadbirkorlik erkinligi uzoqqa tarqalishi bilan birga, ya’ni tadbirkor (jismoniy va huquqiy shaxs) u nafaqat daromad olib kelmaydigan, balki korxonalarning harob bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilish huquqiga ham ega. Bozor mexanizmlari normal ishlashi uchun iste’molchi tanlovi erkinligining ham naqdligi zarurdir. Bu deganimiz, iste’molchi o‘z ixtiyoriga o‘zining talabini o‘z qo‘lida tutmog‘i lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hech qanday «eng yuqori» darajada tushunish (ziyonli, foydali, ilmiy asoslangan asoslanmagan va boshqalar) iste’molchini aniq tanlovga majburlashi mumkin emas, garchan albatta, qandaydir me’yorda unga ta’sir ko‘rsatishga qobiliyatli. Shu ma’noda iste’molchiing qabul qilgan qarorining suvereniteti to‘g‘risida gapirish mumkin, buni uning o‘zidan boshqa hech kim yo‘q qila olmaydi. Shuning uchun iste’molchining qaroriga barcha ishlab chiqaruvchilarning moslashmog‘i shart. 246 Davlat tomonidan iste’molchi suverenitetini qo‘llab-quvvatlash, aynan huquqini himoya qilish va aniqlash zarurdir. Bunga, xususan, iste’molchining huquqini himoya qilishi, raqobatchilikda insofsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqida O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va harakatdagi qonun xizmat qilmoqda. Davlatning o‘zi, talon yoki ta’minot varaqasida (kartochkada) qandaydir iste’mol normasini belgilab kiritishi iste’molchining suverenitetiga suiqasd qilishi shart emas. Bunday vaziyatlar faqat urush vaqtida, tabiiy halokat yoki noiqtisodiy tabiiyotlarning keskin tanqisligi sharoitida ro‘y beradi. Bozor iqtisodiyotinig kelgusi prinsipi bo‘lib shaxsiy manfaat ustunligi hisoblanadi. Shaxsiy naflilikning sababi tanlashning juda ham kuchli manbasi bo‘ladi, shuning uchun har qanday tadbirkor o‘ziga nima foydali bo‘lsa faqat o‘shani amalga oshiradi. Jamiyat ham shu bilan qanoatlanadi. Agar birga ular harakati qonunga zid bo‘lmasa, unda bozor tizimida u har qanday harakat qilishi mumkin, hatto butun iqtisodiyotga ziyon keltirishiga qaramasdan, milliy valyuta kursiga putur yetkazishga urinsa ham. Nega bunday shaxsiyatparastlik bilan yondashuvga qaramay jamitda tartibsizliklar chiqmaydi? Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling