Asosiy tushunchalar
Foydalilik -har qanday shaxs tomonidan tovar yoki xizmat iste’molidan
olingan sub’ektiv foydadir. Ciyosat iqtisodning klassik maktabida foydalilik,
deb tovarning o‘z qiymatiga qarama-qarshi ravishdagi iste’mol qiymatiga
aytiladi.
Yuksak yoki chegaraviy foydalilik miqdori
Iqtisodiyotning asosiy tushunchasi mavjud moddiy ne’matlarning miqdori
bilan ularning foydaliligi o‘rtasidagi bog‘liqlikdir. Ne’matlarning ortishi bilan
har bir keyingi birlikning foydaliligi kamayadi. Moddiy ne’matning so‘nggi
naqd qismining foydaliligi chegaraviy naflilik, deb ataladi. Agar chegaraviy
naflilik nolga teng bo‘lsa (yoki salbiy o‘lchamga), mazkur ne’mat iqtisodiy
ne’mat bo‘lmay qoladi, chunki u ehtiyojni to‘liq qondiruvchi miqdorga ega
bo‘ladi.
Mustaqil ta’lim uchun savollar
1. Qiymat mehnat nazariyasining asosiy mazmuni nimada ?
2. Qiymat nazariyasida yangicha inqilobiy yondashuvning mohiyati nimada?
3. Yuksak yoki chegaraviy foydalilik nimani bildiradi?
4. Yuksak yoki chegaraviy foydalilik qanday o‘lchanadi?
242
II BO‘LIM. MIKROIQTISODIYOT
11 BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL
QILISHI
Har bir alohida inson o‘zining kapitalini
iste’mol qilishga intiladi, bunday mahsulot o‘z
navbatida katta qiymatga ega bo‘lishi kerak. Odatda
u jamiyat foydasiga bo‘lishni, ko‘maklashishni va
unga qanchalik yordam berishni ko‘zda tutmaydi. U
faqat o‘zining manfaatini ko‘zlaydi, faqat o‘zining
foydasi ketidan yuradi, buning ustiga bunday holatda
u ko‘rinmas qo‘li bilan o‘z maqsadi umuman o‘zining
niyatiga kirmagan maqsadi tomon yuradi. U o‘zining
manfaatiga intilishda ko‘plab kattaroq harakat bilan
qachonki o‘sha kezda unga xizmat qilishni
tushunaturib jamiyat manfaatiga xizmat qiladi.
Adam Smit
Do'stlaringiz bilan baham: |