H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Marjinalizm: qanday yangilik bor?
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
10.7. Marjinalizm: qanday yangilik bor?
1. Marjinalizm induvidual iste’molchilar uchun ne’matlar foydasini sub’ektiv baholash asosida qiymatini belgilaydi va bunda ne’matning qo‘shimcha birligi qo‘shilishi asosida aniq foydaning o‘sishini hisobga oladi. Klassik siyosiy iqtisodga asosan qiymatni belgilash asosida mehnat sarflari (yoki ishlab chiqarish sarflari) kiradi. Qiymatni aniqlashda sub’ektiv yondashish marjinalizmga xosdir. Aniq iste’molchining induvidual baholashi evaziga tovar o‘z qiymatiga ega bo‘ladi. 2. Marjinalizm iqtisodiy hodisalar va jaryonlarning mohiyati hamda shakllarni xarakterlovchi o‘ta kattaliklardan foydalanuvchi iqtisodiy tahlilning yangi uslublariga asoslanadi. Klassik siyosiy iqtisod esa, iqtisodiy hodisalarning faqat mazmunini ko‘rib chiqib, ularni yo yig‘indi yo o‘rta kattalik bilan baholardi. 3. Eng yuksak naflilik nazariyasi biron-bir ne’matlarning asliy foydaliligiga qurilgan emas, masalan, suv temirning insonlar iste’moli bilan bog‘liq foydaliligi emas, balki sotuvchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatini tashkil etuvchi ne’matning aniq birligining foydaliligiga qurilgan. 4. Nematning qiymati uning cheklanganligi bilan bog‘lanadi. Aralash ne’matning har bir bo‘lak foydaliligi bilan bevosita iste’molning intensivligi o‘rtasidagi bog‘liqlikka quriladi va shaxsning ixtiyoridagi ne’mat miqdori ham hisobga olinadi. 5. Klassik siyosiy iqtisod shaxsiy iste’mol muammosini o‘rganmagan va uni iqtisodiy nazariya predmetiga kiritmagan. K.Menger tufayli, u esa, inson ehtiyojlari va ularni qondirish vositalari ustidagi hukumronligi bilan bu esa har qanday insoniy xo‘jalikning boshlanish tayanchi -iqtisodiy nazariya iste’molchilarning shaxsiy manfaatlari va harakat motivlarini o‘rganadi, deb qayd qiladi. Bu bilan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi barpo etildi. 6. Klassik siyosiy-iqtisod muomala sohasiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining birlamchi qiymati ishlab chiqarish jaryonida shkllanadigan kategoriya, deb hisoblanardi. Marjinalizm o‘z taraqqiyotining birinchi bosqichida iste’mollar sohasini ilgari surdi. O‘z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida esa, marjinalizm konkret ne’matlar ishlab chiqarish va iste’moli sohalarini bir biriga qaramaqarshi qo‘ymadi, balki ularni o‘zaro bog‘ladi. A.Marshall tufayli talab va taklif o‘zaro harakati yagona mexanizmi orqali muvozanatli bozor narxinig shakllanishi ko‘rsatilgan. 7. Marjinal nazariya iqtisodiy tahlilning matematik uslublarini keng qo‘llaydi. Ne’matlar foydaliligi funksiyasi aniqlandi (naflilik funksiyasi mazkur shaxs bozoridagi qandaydir bir tovarlar miqdoridan olishi mumkin bo‘lgan foydananing kattaligini belgilaydi). 239 Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy hodisalarni afzallik ko‘rsatkichidan, befarqlik egri chizig‘idan, elastiklik holatlaridan va boshqalardan foydalanildi. Matematika marjinalizmga nafaqat o‘ta kattaliklarni tahlil qilish uchun, balki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy jarayonlardan eng yaxshi variantlarini tanlashda qarorlarni asoslash uchun ham zarur bo‘ldi. 8. O‘ta kattalik nazariyasi nafaqat ayirboshlash va iste’mol qilish sohasida, balki ishlab chiqarish sohasida ham qo‘llanildi ishlab chiqarish faoliyatini yangicha baholashda maksimallash va minimallash muammolarini yechishda, sarflar va natijalarni solishtirishda o‘ta kattaliklardan foydalanildi. 9. Bozor muvozanati nazariyasi parpo etildi, marjinalchilar A.Marshallning qisman muvozanat nazariyasidan foydalanishi bilan birga, L.Valrasning umumiy muvozanat nazariyasidan ham foydalandilar. Iqtisodiy muvozanat muammosi iqtisodiy sub’ektlar xatti-harakatlaridagi manfaat va motivlarning birgalikdagi harakati prizmasi orqali qarab chiqildi. Marjinalizm iqtisodiy nazariya sifatida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining iqtisodiy manfaatlari va motivlarining o‘rganishni o‘z izlanishlari doirasiga kiritdi, u insonga – moddiy ne’matlarni iste’mol qiluvchi va yaratuvchi tomon yuz tutdi va inson bilan xo‘jalikni birlashtirdi. Iqtisodiy tahlilning yangi uslublari iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish taqsimotining va cheklangan resurslardan foydalanish optimal variantlarini topish imkonini berdi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling