H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Shunday qilib, 3 olmaning qo‘shma foydaliligi 10+6+2=18


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Shunday qilib, 3 olmaning qo‘shma foydaliligi 10+6+2=18. Yutil yoki 2 
olmaning qo‘shma foydaliligi plyus uchinchi olmaning o‘ta foydaliligi, ya’ni 
16+2=18 yutil.
Bu misol kamayuvchi o‘ta naflilik qonunini ko‘rsatmoqda. U birinchi 
olmadan harakat qila boshladi. Har bir keyingi birlik avvalgisiga nisbatan 
kamroq foydali.
Kardinalchilarning o‘ta naflilikni o‘lchash masalasini hal qilishga 
urinishlari uncha katta yutuqqa ega bo‘lmadi. Iste’molchini tanlash 
muammosini o‘zining asosiy mazmuni qilib olgan XX asr eng yuksak naflilik 
ta’limotida ordinal yondashuv ko‘proq kuchga ega bo‘ldi. Uning 
asoschilaridan biri italyan iqtisodchisi V. Paretodir. 
V.Pareto (1848-1923) o‘ta naflilik muammolarini avstriya maktabi 
vakillari va ilk iqtisodchi matematiklarga nisbatan boshqacha pozitsiyalarda 
tekshirdi. U eng yuksak naflilikka kombinatsiyani topishi kerakki, bu 
kombinatsiya uning uchun maksimal foydalilikni ta’minlasin. Iste’molchining 
tanlashga nafaqat o‘ta naflilik kattaligi (masalan, A mahsulotning), balki shu 
A tovarning qo‘shimcha birligini olish uchun muqobil B tovarning qancha 
birligidan voz kechishga to‘g‘ri kelishi ham ta’sir qiladi. Masalan, siz 36 yutil 
o‘ta naflilik bilan qahvaxonaga kirishni 24 yutil o‘ta naflilikka ega bo‘lgan 


234 
kinofilmni ko‘rishdan afzal bilasiz. Ammo kafega kirish 12 dollar bo‘lganda, 
kino pattasi 6 dollar. Tanlash kino foydasiga hal bo‘ladi. Nima uchun? Chunki 
sarflangan dollar uchun o‘ta naflilik kino ko‘rilganda 4 yutilni tashkil etadi 
(4=24:6) va faqat 3 yutil agar qahvaxonaga kirilsa (3=36:12). Xulosa: turli 
narxlarda sotiladigan tovarlarning o‘ta foydaliligini bir-biriga solishtirish 
uchun o‘ta naflilikni sarflangan 1 dollarga nisbatan ko‘rib chiqish kerak. MU/P 
nisbat bir dollar hisobidagi o‘ta naflilik kattaligini ko‘rsatmoqda. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling