H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Kamayib boruvchi me’yoriy naflilik qonuni. Foydalik miqdorini
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
10.4. Kamayib boruvchi me’yoriy naflilik qonuni. Foydalik miqdorini o‘lchash Gossenning birinchi qonuni. Deylik, iste’molchi A tovarni sotib oldi. A tovar har bir birligining o‘ta foydaliligi bir xilmi? Boshqacha aytganda, iste’molchi A tovarning istalgan birligidan bir hil foyda ko‘radimi? Ne’matlar naflilik samara darajasi ularning cheklanganligi va qayta ishlab chiqarilish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ne’mat birliklari sonining ko‘payishi bilan unga bo‘lgan ehtiyoj tobora to‘yina boradi. Har bir yangi birlikni iste’mol qilib borishi bilan to‘yinilishi darajasi o‘sib, ne’matning naflilik darajasi sekin-asta kamayadi. Masalan, birinchi stakan suvdan 232 qoniqish, ikkinchi yoki uchinchisinikidan ancha yuqori. Demak, uchinchi va to‘rtinchi stakan suvlarning foydaliligi alohida shaxs uchun mazkur misolda birinchi yoki ikkinchi stakanlarga nisbatan ancha kam. To‘rtinchi stakan suv umuman, kerak bo‘lmasligi ham mumkin. Agar boshqa tovarlarni iste’mol qilish o‘zgarmasa, A tovarga ehtiyoj to‘yib borgan sari bu tovarning keyingi birliklaridan ehtiyojni qondirish pasayadi, ya’ni A tovar har bir keyingi birligining o‘ta foydaliligi kamayadi. Ushbu qat’iy va doimo takrorlanadigan o‘zaro bog‘liqlik va iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi o‘ta naflilikning kamayishi qonuni, deb nom oldi. Avval mazkr qonun G.Gossen tomonidan (1854) ehtiyojlarning to‘yinishi qonuni sifatida nomlangan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda u Gossenning birinchi qonuni nomini olgan. Ko‘pchilik tovarlar uchun bu qonun tovarlarning ikkinchi yoki uchinchi birligidan harakat qiladi, ya’ni tovarlarning navbatdagi birligini olish bilan, ularning o‘ta foydaliligi pasayadi. Alohida hollarda biron-bir tovarni iste’mol qilishning boshlang‘ich bosqichida o‘ta naflilik ko‘tarilishi mumkin. Masalan, issiq kunda ikkinchi stakan suvdan olingan qoniqish (tashnalikdan) birinchisinikiga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Ammo shunday savolga duchor bo‘lgan odam har kuni non iste’mol qiladi, ammo nima uchundir iste’mol qilish davomida undan qoniqish darajasi pasayganini his qilmaydi? Bunday qarashning xatoligi shundaki, bu yerda baholash ob’ekti noto‘g‘ri belgilangan, bizni bir kunda iste’mol qilingan nonning foydaliligi emas, bir kunlik foydaliligi qiziqtiradi. Agar umumiy kunlik naflilik o‘zgarsa, o‘ta naflilik haqida gap yuritish mumkin. Masalan, siz bir kunda 200 gr non istemol qilasiz, agar bu normani 100 gr. ga oshirilsa undan olgan qoniqishingiz avvalgisidan (ya’ni 100 gr. dan 200 gr. gacha) olgan qoniqishingizdan kamroq bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling