H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

X Tovar A uchun malum foydalikka ega. Agar istemolchi X tovardan izchil 
ravishda xarid qilib tursa, har bir yangi xarid A ning X tovardan oladigan 
foydaliligini ko‘paytiradi. Barcha sotib olingan X tovar foydaliligining 
summasi X tovarning umumiy yo birgalik foydaliligi, deb aytiladi. Agar A 
yana bitta o‘sha X tovardan xarid qilsa, umumiy naflilik total utiliti -U bilan 
belgilansa, o‘ta naflilik marginal utiliti MU bilan belgilanadi. Boshqacha 
aytganda, eng yuksak naflilik umumiy foydalikka qo‘shilgan bir kattalikdagi 
naflilikdir, ya’ni umumiy olingan tovarga qo‘shilgan yana bir tovardan kelgan 
naflilik. 
Hayot va iqtisodiyot 
Qiymatning yangi nazariyasi ne’matlarning birgalikdagi va o‘ta 
foydaliligini chegaralash zarurligini hisobga olar edi. Bunday chegaralash 
mashhur «Smit paradoksi»ni ilmiy tushuntirish imkonini berdi. Uning 
mohiyati quyidagichadir: agar qiymat naflilik samarasiga bog‘liq bo‘lsa, nima 
uchun inson hayotida eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan ne’matlar (masalan, 
suv, non, agar havo haqida gapirmaganda) nihoyatda past qimmatga ega 
(brilliantga o‘xshagan), inson uchun foydasi hamma vaqt ham aniq bo‘lmagan 
narsalarning qiymati juda yuqori? Smit bu paradoksga yechim topa olmadi va 
ularni xarajatlar bilan bog‘ladi. Undan keyin D.Rikardo, K.Marks, J.Mill va 
boshqalar ham shunday qilishdi.
Marjinalizm «Smit paradoksi»ga boshqa yechim topdi. Haqiqatan ham 
normal sharoitda suv brilliantga nisbatan ancha past baholanadi, ammo bu 


230 
normal sharoitda 1 litr suv bilan konkret ehtiyojni qondirish va shu bilan birga, 
bir brilliant bilan ham konkret ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan hollarda 
shunday bo‘ladi. Agar jahondagi chuchuk suvning butun zahirasini jahondagi 
brilliantlar zahirasiga solishtirsak, birinchisi ikkinchisiga nisbatan cheksiz 
yuqori qiymatga ega ekanligini ko‘ramiz.
Ne’matning birgalikdagi foydaliligi bilan uning eng yuksak 
foydaliligining bunday chegaralanishi -qiymat nazariyasiga kiritilgan muhim 
konsentual yangilikdir.
Ehtiyojlarni qanday qondirilganligini tahlil qilish uchun eng yuksak 
naflilik nazariyasi abstraksiyaning turli uslub va darajalarini qo‘llaydi. 
Tahlilning birinchi bosqichida ular inson hayotinig uslubidan foydalanadilar. 
Bu uslub izlanishlarni maksimal «toza holda» ayirboshlash jarayonlari va 
xo‘jalik yuritishning spetsifik ijtimoiy shakllarini e’tiborga olishdan avval
olib borish imkonini beradi. Keyin izlanishlar navbatdagi bosqichga o‘tadi va 
tahlilga ayirboshlash jarayoniga kiruvchi tovar ishlab chiqaruvchilar ham 
qo‘shiladi.
Eng yuksak naflilik tushunchasining ilk ko‘rinishini ko‘rib chiqish uchun 
«yakka inson hayoti» uslubidan foydalanamiz. Yakkayu yolg‘iz insonning 
chuchuk suvi bor qoyali orolda, deb tasavvur qilamiz. Insonga har kuniga 
chanqovini qondirish va ovqat tayyorlash uchun 3 litr suv kerak bo‘ladi, deylik. 
Yana 12 litr suv unga yuvinish-tarashga, kir yuvishiga va polizni sug‘orishga 
kerak. Kuniga inson hammasi bo‘lib 15 litr suv ishlatadi. Suv manbasi kuniga 
100 litr suv beradi, deb faraz qilaylik. Unga 85 litr suv ortiqchadir. Inson uchun 
1 litr suvning qiymati nolga teng, chunki 1 litrni ishlatib, 99 litr suvga 
tegmayapti, bu esa, hamon unga keragidan ancha ortiq. Qurg‘oqchilik 
natijasida manba kuniga atigi 15 litr suv berayapti, deb faraz qilaylik. Inson 
hali ham o‘z ehtiyojlarini to‘liq qondirmoqda, ammo endi hatto 1 litr suvning 
yo‘q bo‘lishi uning uchun ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘diradi. Manba qanchalik 
ko‘p qurib borsa, inson uchun har bir litr suvning yo‘q bo‘lishi sezilarli bo‘ladi.
Biron-bir ne’mat birligining qiymati shu birlik yordamida qondirilayotgan 
ehtiyojning muhimlilik darajasi bilan o‘lchanadi. Yuqorida keltirgan 
misolimizda 1 litr suv ham hamda manbaning butun suvi cheksiz yuqori 
qiymatga ega. Keyingi litr suv esa, bora-bora oz qiymatini yo‘qotadi.
Shu bilan birga, ichilgan 1 litr suv qolganidan hech qanday hususiyati 
bilan farq qilmaydi. Shuning uchun insonni chanqov azobidan qutqargan 1 litr 
suv uchun cheksiz yuqori qiymatni berish mumkin emas. Ne’matning bir xil 
birliklari turlicha qiymatga ega bo‘lmaydi, chunki har bir birlikni boshqasi 
osonlik bilan almashtirishi mumkin. 


231 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling