H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ishlab chiqarish omillari nazariyasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ishlab chiqarish omillari nazariyasi 
A.Smit va D.Rikardo asarlaridan so‘ng iqtisodiyot fanida hukmron 
mavqeini ishlab chiqarish omillari, deb nomlanuvchi nazariyalar egalladi. Bu 
nazariyalarning asosiy namoyondalari fransuz iqtisodchisi J.B.Sey va ingliz 
iqtisodchisi J.S.Mill edilar.
Ularning qarashlariga binoan, qiymatning vujudga kelishi ishlab 
chiqarishning qandaydir bir omili (masalan, mehnat bilan) harakati emas, bir 
qancha omillari bilan bog‘liq edi. Ishlab chiqarishning asosiy omillari uch 
ko‘rinishga ega: mehnat, kapital va yer. Ishlab chiqarish omillari 
nazariyalarining ko‘pchiligida qiymatni vujudga keltiradigan omillar mana 
shular hisoblanadi. Ikkinchidan, qiymat daromadlar yig‘indisi sifatida, 
daromadlar esa, o‘z navbatida ishlab chiqarish omillarining natijasi sifatida 
qaralardi. Uchinchidan, ko‘p hollarda asosiy daromad ish haqi, tadbirkorlik 
daromadi, foiz va renta hisoblanardi.
Qiymatning mehnat nazariyasi. XIX asrning o‘rtalarida qiymatning 
mehnat nazariyasi quyidagi asosiy qoidalardan iborat edi: 1) ne’matning 
qiymati vaqtinchalik (bozor) va doimiy (tabiiy) bo‘ladi. Keyinchalik markaz 
bo‘lib, avvalgisi uning atrofida tebranadi va unga intiladi; 2) bozor qiymati 
talab va taklif bilan belgilanadi. Bunda talab o‘z navbatida bozor qiymatiga 
bog‘liq bo‘ladi; 3) tabiiy qiymat takror ishlab chiqarilmaydigan va erkin takror 
ishlab chiqariluvchi tovarlar uchun turlicha belgilanadi. Birinchi holda ularga 


227 
monopol vaziyatlar ham kiradi, u ne’matning cheklanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ikkinchisida ko‘proq uchraydigan hollar, tovarni ishlab chiqarish va uni 
bozorga keltirish xarajatlarining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi; 4) ishlab chiqarish 
xarajatlari ish haqi, kapitaldan keladigan foydadan iborat bo‘lib va oxiri 
sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanadi. Shunday qilib, klassik modelda 
narxlarning o‘rtacha darajasi ishlab chiqarishda belgilanadi va xarajatlarga 
bog‘liq bo‘ladi. Tovarning taklifi esa, qo‘yilgan narxdan kelib chiqadigan talab 
bilan belgilanadi. Klassik nazariyaga ziddiyatli qoidalar xos edi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling