225
10 BOB. IQTISODIYOT FANINING QIYMAT TO‘G’RISIDAGI
TURLI ILMIY-NAZARIY KONSEPSIYALARI
Qiymat nazariyasida inqilob
Naflilik nazariyasi katta uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan
cheklangan
resurslardan optimal foydalanish asosida ishlab
chiqarish samarodorligini
oshirish muammosiga yangicha ilmiy yondashuvga asos soldi.
Amaliy
iqtisodiy fanlarda qo‘llanila boshlangan eng so‘nggi
chegara tamoyili
iqtisodiyot nazariyasida birinchi bor foydalanildi. Iqtisodiy tahlilda og‘irlik
markazi sarf-xarajatlar ustuvorligidan pirovard natijalarga ko‘chirildi. Qiymat
nazariyasida inqilob sodir bo‘ldi. Va nihoyat, iqtisodiyot nazariyasi birlamchi
sifatida shaxsning iqtisodiy xulqi sababini qabul qildi, ya’ni insonga, ishlab-
chiqaruvchi va iste’molchiga yuz o‘girdi.
10.1. Qiymat - iqtisodiyot faninig asosiy muammosi
Qiymat, aniqrog‘i qadrlilik iqtisodiyot
fanining asosiy muammolari
sirasiga kiradi. Bu ko‘rib chiqilayotgan masalalarning
chuqurligi va doirasi
bilan izohlanadi. Qiymat nazariyasi asosida iqtisodiyot sub’ektlari
faoliyatining
maqsad va sabablari aniqlanadi,
iqtisodiy resurslar va
daromadlarni taqsimlash
variantlari tanlanadi,
bozor ayirboshlash jarayoni
harakat qiladi. Bu demak, qiymat nazariyasi iqtisodiyot organizmining nazariy
konstruksiyasi quriladigan poydevordir.
Do'stlaringiz bilan baham: