H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Muomaladagi pullar miqdori


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Muomaladagi pullar miqdori. K.Marks muomalaga zarur bo‘lgan pullar 
miqdorini quyidagicha belgilayda:
 
Muomaladagi pullar miqdori 
=
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar narxi summasi − 
Kreditga sotilgan tovarlar narxi summasi +
Majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar summasi −
O‘zaro yordam beruvchi to‘lov summasi
Muomala va to‘lov vositasi sifatida 
pullar aylanmasining o‘rtacha soni
 
Muomaladagi pullar miqdori. K.Marks pul funksiyasini oldin bajargan 
sharoitlarida muomala uchun zarur bo‘lgan pullar miqdori stixiyali ravishda 
tartibga solib turiladi, deb qayd etgan edi: agar pullar unga bo‘lgan real 
talabdan ortiq bo‘lsa, oltin muomaladan xususiy tezavratsiyaga ketadi, agar 
pulga ehtiyoj ortsa, unda oltin jamg‘armadan muomalaga chiqariladi. Xuddi 


222 
shunday vaziyat oltinga erkin almashinuvchi banknotalar muomalasi holatida 
ham sodir bo‘ladi. Oltinga almashinmaydigan pullar muomilasi holida esa, 
muomala uchun zarur pullar miqdori davlat tomonidan tartibga solib turilishi 
kerak. Marksistik konsepsiyaga binoan, qog‘oz pullar emissiyasi, muomala 
uchun zarur bo‘lgan oltin pullarning nazariy miqdori bilan cheklangan bo‘lishi 
lozim. 
Iqtisodiyotda boshqa nuqtai nazar ham bo‘lib, uni pullarning miqdoriy 
nazariyasi vakillari va monitaristik konsepsiya tarafdorlari qo‘lalab-
quvvatlaydilar. 
Yuqorida qayd etilganidek, amerika iqtisodchisi I.Fisher ayirboshlashning 
kuyidagi tenglamasini shaklantirdi: 
M*V=P*Q 
Boshqacha aytganda, muomaladagi pullar miqdori ularning oldi-sotdi 
aktlari (V), aylanmalarining soniga ko‘paytmasi yil davomida iqtisodiyotga 
sarflangan pul mablag‘larining birgalikdagi hajmiga teng bo‘ladi. 
Pul tizimi tushunchasi. Pul tizimi malakatda tarixiy shakllangan va 
milliy qonunchilik bilan mustahkamlangan pul muomlasini tashkil qilishning 
shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda shakllangan bo‘lsada, uning alohida 
elementlari ancha oldinroq paydo bo‘lgan. Pul tizimlarida ular rivoji davomida 
jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. 
Pul tizimi turi pulning qanday shaklida faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq. Ana 
shu bilan bog‘liq ravishda pul tizimlarining ikki turi ajratiladi: -metalli 
muomala tizimi, unda pulli tovar bevosita muomalada bo‘ladi va pullarning 
barcha funksiyalarini bajradi, kredit pullar esa, metallga almashiladi; - kredit 
va qog‘oz pullar muomalasi tizimi, bunda oltin muomiladan siqib chiqarilgan. 
Hozirgi zamon pul tizimi tushunchasi quyidagi elementlarni o‘zida ifoda 
etadi: pul birligi; narxlar ko‘lami; pul turlari; emission tizim; davlat yoki kredit 
apparati. 
Pul birligi - bu qonunchilik tarkibida belgilangan pul belgisi bo‘lib, u 
barcha tovarlarning narxlarini o‘lchash va ifodalash uchun xizmat qiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda emission tizim huquq asosida markaziy bank 
tomonidan bank biletlarini va davlat hazinasi tomonidan hazina biletlari va 
tangalarini chiqarishni bildiradi. 
Hozirgi pul tizimlarining xarakterli belgilari quyidagilardir:
• banknotalarning rasmiy oltin mazmuni, ta’minoti va banknotalarini 
oltinga almashtirishni bekor qilish; 
• oltinga almashib bo‘maydigan, keyinchalik qog‘oz pullarga 
aylanadigan kredit pullarga o‘tish; 


223 
• pullarni muomalaga nafaqat xo‘jalikni bank tomonidan 
kreditlashtirish tartibida, balki ko‘p jihatdan davlat safrlarini qoplash uchun 
chiqarish (asosan, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish); 
• pul muomalasida naqdsiz aylanmaning ko‘proq bo‘lishi;
• pul muomalasining davlat tomonidan tartibga solishining kuchayishi.
O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi faoliyatining huqukiy asosi bo‘lib 
«O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi to‘g‘risida»gi 1994 yil qonuni 
xizmat qiladi. Bu qonunga ko‘ra O‘zbekistonda rasmiy pul birligi (valyuta) 
sifatida belgilanib, boshqa pul birliklari chiqarish man etilgan. So‘m va oltin 
hamda boshqa qimmatbaho metallar o‘rtasidagi nisbat rasman belgilangan 
emas, naqd pullarni chiqarishni tashkil qilish va ularni muomaladan olishning 
huquqi O‘zbekiston hududida faqat O‘zbekiston Markaziy bankiga tegishlidir. 
Namunasi O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan tasdiqlanadigan 
qonuniy to‘lov kuchiga ega bo‘lgan banknotalar va metall tangalar – pullardir. 
U o‘zlarining ko‘rsatilgan qiymatlari bo‘yicha butun O‘zbekiston hududida 
barcha to‘lov turlari uchun qabul qilishga hamda hisoblarga, qo‘yilmalarga, 
ankreditivlarga va o‘tkazishlar uchun qabul qilinishiga majburdirlar. 
Kelgusi bobdagi sotsial­iqtisodiy ehtiyojlarni tadqiqot qilishdan oldin, shu 
yuqorida aytib o‘tilgan bobdagilardan qisqacha xulosalar chiqaramiz. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling