9.11. Pul massasi va pul aylanmasi tushunchasi. Pul muomalasi
qonunlari
Pul agregatlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilgan mamlakatlarda pullarning
turli xil guruhlari qo‘llanadi. Ular pul agregatlari, deb nomlanadi va
muomaladagi pul massasining muqobil o‘lchamlari bo‘lib xizmat qiladilar.
Quyidagi pul agregatlari ma’lum:
• M1 -unga nakd pullar, (talabgacha) hisoblari, boshqa chek
qo‘yilmalari, yo‘l cheklari, ba’zida kredit kartochkalari kiradi.
• M2-M1+ uncha katta bo‘lmagan, zudlik bilan qo‘yiladigan va boshqa
onson likvid jamg‘armalaridan (ya’ni onson naqd pulga aylantiriladigan
jamg‘armalar) tashkil topgan.
• M3- M2+ yirik o‘lchamdagi qo‘yilmalardan tashkil topgan.
• M4-M3+ yirik tijorat banklarining depozit sertifikatlarini o‘ziga kiritadi.
AQShda pul massasini aniqlash uchun to‘rtta pul agregatlaridan
foydalanadilar, Yaponiya va Germaniyada-uchta, Angliya va Fransiyada esa,
ikkita.
Jamlanma pul massasini hisob-kitob qilish uchun RFda quyidagi pul
agregatlari nazarda tutilgan:
MO-naqd pullar.
M1- MO agregatga teng va yana unga hisob-kitobli, joriy va boshqa
hisoblar, tijorat banklaridagi qo‘yilmalar, jamg‘arma bankdagi muddatidan
oldin talab qilinadigan depozitlar qo‘shilgan.
M2-M1+ jamg‘arma bankdagi zudlik bilan qo‘yiladigan qo‘yilmalardan
tashkil topgan.
M3-M2+ davlat zayom (qarz)larining depozit sertifikatlari va
obligatsiyalarini o‘z ichiga oladi.
Naqd va naqdsiz pul aylanmalari
Pul aylanmasi-tovarlar realizatsiyasiga hamda xo‘jalikdagi tovarsiz
to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi naqd va
naqdsiz shakldagi pullar harakatidir. Va shunga muvofiq pul aylanmasi
doirasiga naqd pul muomalasi va naqdsiz shakldagi harakatini farqlaydilar.
Naqd pul muomalasi banknotalar, almashtiruv tangalari va qog‘oz pullari
(hazina biletlarining) ko‘rinishidagi naqd pullarning harakatidir. Naqdsiz
aylanma kliyentlar hisobidagi mablag‘larning harakatidir.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |