H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
9.10. Pulning turlari 
Pulning paydo bo‘lishi -tovar muomalasi va qiymat shakllari 
taraqqiyotning qonuniy natijasidir. Avvaliga qum va quyma holidagi oltindan 
foydalanilgan. Keyinchalik oltin va kumush tangalarni zarb etib 
foydalanishgan. Shuning uchun pul asl metallarning timsoli ekan, pul - bu 
o‘ziga xos tovar, u boshqa tovarlarning umumiy ekvivalenti hisoblanadi, deb 
aytish mumkin. Ularning iste’mol qiymati (foydaligigi) shundan iboratki, uni 
istalgan boshqa tovarga almashish mumkin, ya’ni u bevosita ijtimoiy 
xarakterga ega. Boshqa har qanday tovar kabi pul ham qiymatga ega. Pul eng 
tez o‘tadigan qadrli, quvvatli tovar.
Oltin standarti hukumronligi sharoitida pulning tabiati haqida turli nuqtai 
nazarlar vujudga keldi. Masalaning tarixini chetda koldirib, mazkur muammo 
haqidagi turt asosiy nutkai nazarni aytib o‘tamiz. Shunday qilib, pulning 
metallashgan nazariyasiga muvofiq, kumush va oltin o‘z tabiiy xususiyatlariga 
ko‘ra pul hisoblanadi. Pulning nominal nazariyasi pulga faqat nominal hisob 


212 
birligi deb qaraydi. Pulning miqdor bilan bog‘liq nazariyasi pulning qiymatini 
ularning muomalada bo‘lgan miqdori belgilashidan kelib chiqadi: tovarlar 
narxsiz, pul qiymatsiz muomalaga kirishadi. Tovar va pul miqdoridan kelib 
chiqib, almashish jarayonida tovarlar narxga, pul esa qiymatga ega bo‘ladi. 
Pulning mehnat bilan bog‘liq nazariyasi (marksistik nazariya) unga o‘ziga 
xos tovar deb qaraydi, bu tovarning qiymati uni ishlab chiqarish-oltin, kumush 
qazib olish uchun ketgan xarajatlar bilan belgilanadi. 
O‘tmishda oltin ayniqsa, keng shuhrat qozongan. Bu uning fizik 
xususiyatlari bilan bog‘liq: uzoq vaqt saqlanadi, oson maydalanadi, tashish 
ham qulay. Buning ustiga uning miqdori tabiatda ancha cheklangan, bu esa 
nisbatan oz miqdordagi oltinni ko‘p miqdordagi rang-barang tovarlarga 
almashish imkonini beradi.
Har qanday tovar kabi pulning ham qiymati, narxi bor. Shu munosabat 
bilan oltinning narxi pasayganida, uni pul o‘rnida hisoblaydigan bo‘lsak, 
hamma tovarlarning narxi birdaniga ko‘tarilishi kerak. Chindan ham shunday 
bo‘lgan. Masalan, Amerika kashf etilgandan so‘ng Yevropaga juda ko‘p oltin 
keltirildi. Bu narx-navoning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek avvallari pul holatida qat’iy kundalik 
talabga ega bo‘lgan va foydaliligi tufayli keng tan olingan (chorva mollari, 
mo‘yna, tamaki, baliq) tovarlar bo‘lgan. Demak, tovar pullarning birinchi 
ko‘rinishi bo‘lgan. 
Keyin esa muqarrar sur’atda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, turli-tuman 
tovarlar pul bo‘lishi mumkin, ammo pul uchun material quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 
1. Chidamlilik. 
2. Kichik hajmlilik. 
3. Barqarorlik. 
4. Bir xillik. 
5. Taqsimlanuvchanlik. 
6. Bilib olmoq va boshqalar. 
Qimmatbaho metallar bu talabga javob berganligi tufayli ular mazkur 
vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi. 
Qadimgi Rusda kumush quyilmalar pul xizmatini o‘taganlar. XII asrga 
kelib kumush to‘lov quymalari - grivnalar paydo bo‘ldi. Keyinchalik pul 
terminologiyasiga «rubl» kira boshladi. U kumush quymalarini taqsimlash, 
bo‘lish oqibatida yuzaga keldi (Rubl-rubitdan olingan bo‘lsa kerak). 


213 
Ammo pul muomala va jamg‘arish vositasi funksiyasini to‘lov quymalari 
sifatida bajarar ekan, haddan og‘ir bo‘lib, yuqori nominal qiymatga ega, 
kundalik savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun noqulay edi. 
XIV asrning ikkinchi yarmi umumiy pul muomalasining puli sifatida rus 
kumush tangasini chiqarish boshlanishi bilan xarakterlanadi. Rubl quymadan 
Petrning pul islohotiga qadar mavjud bo‘lgan hisob rubliga aylandi. Bu 
islohotga muvofiq kumush tanga misga almashtirildi va kumush rubl kiritildi-
evropacha tamr ko‘rinishidagi hisob grivnasi esa, 10 tiyinli kumush tangaga 
aylantirildi, muntazam ravishda oltin chervonlar, 1755 yildan boshlab esa, 
imperiallar va yarim imperiallar chiqarila boshlandi.  
Pullar muomala vositasi funksiyasida tovar ayirboshlovda o‘tkinchi 
vositachi sifatida qatnashdilar. Shu munosabat bilan pul materialini 
arzonlashtirish g‘oyasi paydo bo‘ldi va o‘ziga yo‘l ocha boshladi. Natijada
XVIII asr boshlarida yog‘och rubl kiritish takliflari o‘rtaga tashlandi. 
I.T.Pososhkov mis tangada rubl nominalini chekanka qilishni taklif qilib, 
bunday pullar aylanmasini davlat qat’iy ishonch bilan kafolatladi.
Ammo eng to‘g‘ri keladigan material qog‘oz bo‘ldi. XVIII asr o‘rtalarida 
Yevropa, Shimoliy Amerika, Rossiyada (1769 yildan boshlab) qog‘oz pullar -
g‘azna banknotlari paydo bo‘ldi. 
Qog‘oz pullar ham tamg‘a belgilari bo‘lib to‘laqonli pullarning 
vakillaridir. Ular davlat hokimiyati majburiyatini ifoda etib, davlat majburiy 
kursiga egadirlar. Demak, ularning mumkin bo‘lgan qadrsizlanishi nafaqat 
tovar va xizmatlarga narxlarning ortishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi, balki davlat 
hokimiyatining almashishi bilan aholining davlatga ishonchi yo‘qolishiga ham 
bog‘liqdir. 
Bundan tashqari qog‘oz pullar qimmatbaho metallarga almashtirilmaydi, 
tovar aylanmasi ehtiyoji bilan determinatsiya qilinmaydi. Ularning emissiyasi 
asosan davlat harajatlari va budjet defitsitini moliyaviy ta’minlash zarurati 
bilan bog‘likdir. Shunday qilib qog‘oz pullarning o‘sha emissiyasi bo‘lishi 
mumkin va u ham o‘z navbatida bu pullarning qadrsizlanishiga olib keladi. 
Shuning uchun odatda qog‘oz pullardan jamg‘arish vositasi sifatida 
foydalanilmaydi. 
Kaznachey veksellari «assignatsiyalar» nomi ostida klassik variantda 
Rossiyada 1843 yilgacha mavjud bo‘ldi. Sobiq ittifoq davrida esa esa ular 1,3,5 
rubl qiymatiga ega kaznachey biletlari ko‘rinishida mavjud edi. 
Kredit munosabatlari rivoji bilan kredit pullari - kredit asosida yuzaga 
kelgan qiymatning pul birliklari paydo bo‘ladi. Kredit pullarning asosan uch 
ko‘rinishi farqlandi: veksel, banknota, chek. Ular muomalaga, masalan, 
markaziy bank majburiyati sifatida chiqarildi. Bu majburiyatlar qonuniy to‘lov 


214 
vositasi kuchiga ega bo‘lib, ikki shaklda emitatsiya qilinadilar - naqd pullar va 
tijorat banklari hamda markaziy bankdagi tashkilotlarning hisobidagi pullar. 
Kredit pullarning tarixan birinchi turi - Veksel edi. Veksel belgilangan 
muddatda ma’lum summani so‘zsiz to‘lash majburiyatidir. Veksel uning 
egasiga muddati kelishi bilan qarzdordan (veksel beruvchidan) yoki 
akseptantdan ko‘rsatilgan summani to‘lashni talab qilishga so‘zsiz huquq 
beradi. Boshqa qarz majburiyatlari bilan solishtirganda veksel quyidagi 
xususiyatlarga egadir: 
- abstraktlilik, chunki unda qarz majburiyatining paydo bo‘lishining 
konkret sabablari tushuntirilmaydi; 
-munozarasiz, so‘zsiz, ya’ni qarzdor qarzining vujudga kelish 
sharoitlaridan qat’iy nazar to‘lovni amalga oshirish majburiyati; 
-muomalalik vekselni naqd pulga aylanish vositasi sifatida foydalanish 
imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan veksel to‘laqonli pul nomini oldi. 
Banknota - kredit pullar turi bo‘lib, XVII asr oxirida paydo bo‘ldi. Klassik 
banknotaning asosiy belgilari quyidagilardir: birinchidan, u markaziy bank 
tomonidan tijorat veksellari o‘rniga chiqariladi va ikkinchidan banknotani 
oltinga birinchi talab bo‘yicha almashtiriladi. Aytish mumkinki, klassik 
banknota ikki tomonlama ta’minlanishga ega - vekselli (tovarli) va oltinli 
(markaziy bankning oltin zaxirasi). 
Garchi tijorat vekseli banknotaning asosi bo‘lib xizmat qilsada, ular 
o‘rtasida qarzdorning, kafolatning va muddatlarning turlari bo‘yicha farqlari 
mavjuddir: 
1) Veksel bo‘yicha qarzdor - bu faoliyat yurgizuvchi tadbirkor-savdogar, 
sanoatchi, banknota bo‘yicha esa -markaziy bank. 
2) Banknotalar barcha tadbirkorlarning bankda saqlanayotgan resurslari 
ko‘rinishida ijtimoiy kafolatga egadirlar, shuning uchun ular alohida sifatga-
umumiy muomalalikka ega bo‘lgan ijtimoiy kredit pullari sifatida chikariladi. 
Veksel faqat xususiy kafolatga ega, umumiy to‘lov vositasi emas. 
3. Banknota muddatsiz majburiyatdir. Veksel muomalasi esa uning to‘lov 
muddati bilan cheklanadi. 
Banknota kredit pullar turi sifatida o‘z rivojida bir qancha bosqichlarni 
bosib o‘tdi. Eng avval banknota metall asosiga ega edi, ya’ni banknotaning 
tilla va kumushga erkin almashinuvi mavjud edi. Bunday sharoitlarda qog‘oz 
pullarning barqaror harid qobiliyati ta’minlanadi. 
Ammo kredit pullari ularning metall asoslari bilan uzviy aloqalarining 
salbiy tomonlari ham bor edi. Ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitlarida vaqt-
vaqti bilan to‘lov vositalarining defitsiti sodir bo‘lardi. Mamlakatda iqtisodiy 


215 
inqiroz davrida, bir tomondan to‘lov vositalariga ehtiyoj oshardi, boshqa 
tomondan esa oltin va boshqa qimmatbaho metallarning chet elga oqishi 
kreditlarning yig‘ishtirilishi va demak veksellar hisob-kitobining qisqarishi 
kuzatiladi va uning natijasi sifatida to‘lov vositalarining defitsiti oshib, inqiroz 
holatlari chukurlashadi. 
Shu bilan bog‘lik urush va barqaror iqtisodiy hayotning boshqa 
buzilishlari davrida kredit pullarni metallga almashtirish to‘xtay boshladi. Bu 
davrlarda pul emissiyasi pul bosuvchi stanoklarning quvvati, qog‘oz va 
bo‘yoqlarning mavjudligi bilan cheklanadi. Shunday kilib, Rossiyada 1895-
1897 yillarda Rossiya moliya ministri S.Yu.Vitte tomonidan tayyorlangan va 
amalga oshirilgan islohotga muvofiq, asosiy pul birligi sifatida rubl kiritilgan 
bo‘lib, u uzoq 1914 yilgacha muomalada bo‘ldi. Birinchi jahon urushi 
arafasida uni oltinga almashmay qo‘yildi (bu Rossiya oltin zahirasini saqlab 
qolish maqsadida qilingan edi). Keyinchalik esa banknotalarni oltinga 
almashtirish qayta tiklanmadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda oltin standartining 
demontaji 1933 yilda Buyuk depressiyadan keyin darhol amalga oshirildi. 
Oltin ichki pul muomalasidan chiqarib olindi (chet ellik dollar egalari 1977 
yilgacha dollarni qimmatbaho metallga almashtirish xuquqini saqlab qoldi). 
Hozirgi banknotalar emissiyasi oltin bilan bog‘lik emas, lekin ana shu 
emissiyani ushlab turuvchi ma’lum instrumentlar mavjud - avvalo markaziy 
bank siyosati (bu xaqda «Davlatning pul kredit siyosati» bo‘limida batafsilroq 
so‘z yuritiladi). 
Chek - belgilangan shakldagi pul hujjati bo‘lib, chek egasining kredit 
beruvchi muassasaga chek olib kelgan kishiga chekda ko‘rsatilgan summani 
to‘lash haqida so‘zsiz buyruqni o‘zida aks ettiradi. Boshqacha aytganda, chek 
joriy hisob egasining bankka ma’lum summa pulni yoki naqd to‘lash yoki 
boshqa shaxsning joriy hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi yozma buyruqdir. 
Chek XIV asrda pul qo‘yuvchidan pulni saqlab berilgani uchun olinadigan foiz 
oluvchi kassirning kvitansiyasi ko‘rinishida paydo bo‘ldi. 
Shunday qilib, chek bankning joriy hisobidan naqd pullarni olish vositasi 
bo‘lib, xarid qilingan tovarlar uchun to‘lov va muomala vositasi, qarzni 
naqdsiz hisob-kitoblar bilan tugatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Chek bilan 
qarzni to‘lash xususiy shaxs qarzini bank tizimining qarziga aylantirish 
demaqdir. 
Cheklar muomalasining rivoji ularni to‘lash va chek kitobchalaridagi 
ko‘plab imzolar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun 
cheklarni joriy hisoblarda foydalanishda boshqa vositalar bilan almashtirish, 
xususan kredit kartochkalari bilan almashtirish tendensiyasi vujudga keldi. 
Kredit kartochkasi - bank yoki savdo firmasi tomonidan chiqariladigan, 


216 
bankda hisob egasining shaxsini tasdiqlovchi va unga chakana savdoda naqd 
to‘langan tovar va xizmatlariga ega bo‘lish xuquqini beruvchi hujjatdir. 
Kartochka tizimining rivoji davomida o‘zining vazifasi, funksional va 
texnik harakteristikasi bilan farqlanadigan plastik kartochkalarning turli 
ko‘rinishlari paydo buldi. 
Hisob-kitoblar mexanizmining nuqtai nazarida ikki tomonlama va ko‘p 
tomonlama kartochka tizimlarini farqlanadi. Ikki tomonlama kartochkalar 
hisob-kitob ishtirokchilari o‘rtasida ikki yoqlama bitimlar asosida vujudga 
keldi va bunda kartochka egalari ulardan kartochka emitenti tomonidan nazorat 
qiluvchi yopiq tarmoqlarda foydalanishlari mumkin. Ko‘p tomonlama tizimlar 
tovarlarni kreditga turli savdogarlar va servis tashkilotlaridan xarid qilish 
imkonini beradi, chunki bu kartochkalarni to‘lov vositasi sifatida taklif 
qiladilar. 
Kartochkalarning boshqa bo‘linishi ularning funksional harakteristi-kalari 
bilan belgilanadi. Bu yerda kredit va debet kartochkalari farqlanadi. Kredit 
kartochkalar bankda kredit liniyalarini ochish bilan bog‘liq bo‘lib, ular egasiga 
kreditdan xarid qilish va kassa ssudalarini olish imkonini beradi. Debet 
kartochkalar ham naqd pul olish yoki tovarlar harid qilishga mo‘ljallangan. 
Ammo pullar bu holda bankda kartochka egasining hisobidan o‘chiriladi. 
Amalga oshirilgan to‘lovlar haqida bankni xabardor qilish usullarida 
farqlar mavjud. Qog‘oz texnologiyasiga asoslangan tizimdan foydalanilganda 
kartochka egasi savdo hisobi yoki boshqa hujjatlarga imzo qo‘yadi va bu o‘z 
hisobini debet qilishiga ruxsat bo‘lib xizmat qiladi. Keyin bu hisobda yozilgan 
summani savdogarga o‘tkazish uchun bankka yuboriladi. Elektron tizimlarda 
kartochka egasi element bilan terminal orqali to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘lanadi. 
Hozirgi zamon ko‘rinishidagi birinchi kartochkalar AQShda o‘tgan 
asrning 50-yillarida paydo bo‘ldi. Keyinchalik minglab bank-ishtirokchilarini 
birlashtirgan yirik assotsiatsiyalar yuzaga keldi. Bugun amalda AQShning 
butun aholisi bank kartochkalariga ega bo‘lib, ularning katta qismi bir nechta 
turlicha kartochkalarga egadirlar. Kartochka bilan hisob-kitob qilish tizimi 
jahonning ko‘p mamlakatlariga yoyilib, hisob-kitoblar xalqaro xarakterga 
egadir. O‘zbekistonda bank plastik kartochkalari bir necha yil avval paydo 
bo‘ldi. 
Yuqorida aytilganlardan tashqari gohida «pochta-pullar» deb ataluvchi 
pullar ham mavjud. Bu likvid aktivlari bo‘lib, ular qayd kilingan nominal 
qiymatga ega, naqd pulga yoki chek qo‘yilmalariga oson aylanadi. Ulardan 
bevosita muomala vositasi sifatida foydalanilmaydi, ammo ular pulning 
qiymatini (boylikni) saqlash funksiyasini muvaffakiyatli bajaradi, "Pochta-


217 
pullarga" cheksiz omonat hisoblari, tezkor qo‘yilmalar va qiska muddatli 
davlat qimmatbaho qog‘ozlari kiradi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling