H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Qiymatning umumiy shakli
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
9.9. Qiymatning umumiy shakli Qiymatning hamma uchun umumiy shakli boshqalariga qaraganda tez-tez almashishga kirishadigan, ya’ni hamma jon deb oladigan, chunki uni har qanday boshqa tovarga almashish oson bo‘lgan qandaydir bir ekvivalent- tovarni jami tovarlar ichidan ajratib olish yo‘li bilan qiymatning kengaytirilgan ko‘rinishidan «kelib chiqadi». Bunda ana shu tovar umumiy ekvivalent rolini ado etadi, qolgan barcha tovarlar esa qiymatning nisbiy ko‘rinishida bo‘ladi. Qadimgi xalqlarda chorvachilik, ayniqsa, rivojlangan mintaqalarni ko‘z oldimizga keltiradigan bo‘lsak, ularda chorva yoki mol terisi ana shunday tovar vazifasini o‘tagan. Qiymatning umumiy ko‘rinishi quyidagi formula bilan ifodalanadi: B - tovarning U miqdori; V - tovarning 2 miqdori = A tovarning X miqdoriga; G - tovarning w miqdori. Qiymatning pul holidagi shakli Ammo ayrim mahalliy bozorlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi har xil tovarlarning ko‘pligi o‘sib borayotgan bozor ehtiyojlari bilan ziddiyatga kirisha boshladi, bu bozor yagona ekvivalentga o‘tishni talab qilar edi. Bu rolni asta-sekin asl metallar-oltin va kumush egallab bordi. Ana shu vaqtdan e’tiboran qiymatning pul holidagi shakli kuchga kira boshladi, uni quyidagi formulada tasavvur etish mumkin: A - tovarning x miqdori; B - tovarning u miqdori = bir unsiya oltin; V - tovarning z miqdori; G - tovarning w miqdori. Barter. Mehnatning bir mahsulini ikkinchisiga almashtirishning ilk shakli barter yoki bir buyumning boshqasiga, bir xizmatning boshqasiga almashtirish bo‘lgan. Bu almashuv munosabatlarida pul bo‘lmagan. Bunday almashuv qanchalik oddiy bo‘lmasin, barterda ko‘plab kamchiliklar bor. Ularning ichida eng muhimi shuki, barter iqtisodiyot sharoitida sizda bori unga zarur bo‘lgan va undagisi sizga kerak bo‘lgan shaxsni topish kerak. Bundan tashqari, manfaatlarning mos kelishi ham vaqt jixatidan ham tovarlarning miqdori va 210 sifati jihatidan to‘g‘ri kelishi kerak hamda bu anchagina xarajatlarni, vaqtni va sarflarni talab qiladi biroq ko‘pincha buning iloji bo‘lmaydi. Barter bitimlari mexanizmlarni pullardan foydalanadigan mexanizm bilan almashtirish yoki tovar-pul ayirboshlashga o‘tilishi boshqa barchalaridan tashqari muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi va o‘z navbatida maxsuslashish (spetsifikatsiya) va savdo rivojini rag‘batlantiradi. Yuqorda aytilganlarni oddiy matritsalar yordamida tasvirlaymiz. Tovar 1 2 ... ... ... n 1 1 X21 X...1 Xn1 2 X12 1 Xn2 1 ... 1 ... 1 n X1n X2n 1 Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling