H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Hozirgi zamon pullarining davri
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning vazifalari.
- Muomala vositasi.
- Jamg‘arma vositasi.
- To‘lov vositasi.
- Dunyo pullari.
4. Hozirgi zamon pullarining davri. XX asrning 30-yillarida kredit va
qog‘oz pullar tizimining muomaladagi harakati boshlanadi, shu bilan birga, oltin muomaladan chiqarib yuborilgan edi. Yangi pullar paydo bo‘ldi, bular ko‘pincha kredit pullar deb atalardi. Birinchi navbatda ular qatoriga veksel, cheklar, to‘lov topshiriqlari kiritilar edi. Chek – bu ushbu chekda ko‘rsatilgan summani uni hisobidan berish haqidagi bankning buyrug‘i. Birinchi cheklar Angliyada 1683 yilda paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda tovarlarning asosiy oldi-sotdi operatsiyalari qog‘oz pullarsiz amalga oshirilmoqda, ya’ni biz naqd pulsiz aylanishning rivojlanishi haqida gapirapmiz. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishda elektron texnikalardan foydalanish elektron pullarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, hozirgi zamonda pullarning yangi bosqichda rivojlanishi – plastik kartochkalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ular o‘zlarining taniganligi, funksionalligi va texnikaviy xarakteristikalari bilan farqlanadi. Muomalada hozirgi zamon pullaridan foydalanishning qog‘oz pullar muomalasi oldida bir qancha afzalligi bor: bu yerda sarf-xarajatlar muomalasi qisqaradi (pullarni olib kelishda va ketishda, saqlashda chiqimlar kamayadi), naqdsiz hisob-kitoblar ko‘pincha qulayroq hamda pul aylanishini jadallashtiradi. Pulning vazifalari. Pulning roli va mohiyati uning bajaradigan vazifalarida paydo bo‘ladi. Sinfiy maktablarning vakillari pulning beshta vazifasini ajratib ko‘rsatiladi: 1. Qiymat o‘lchovi. Pulning bu vazifasi tovar qiymatini aniq pul miqdoriga tenglashtirishdan iboratdir. Bu yerda naqd pulning bo‘lishi shart emas. Qiymat o‘lchovi vazifasi pulning xususiyati bilan bog‘langanligi narx masshtabiga xizmat qiladi. Narx masshtabi doimiy o‘lchov bo‘lmaydi: inflyatsiya jarayonida pulning sotib olish qobiliyati pasayadi, narx esa o‘sadi. Bunga misol, narx masshtabining tezda o‘zgarishi – denominatsiya bo‘lib hisoblanadi, ya’ni muomaladan bir xil pul birligini olib tashlash va uni boshqa sotib olish qobiliyatiga esa, pul birligi bilan almashtirish. Bir vaqt ichida shunday o‘zaro nisbatda narxlar, tariflar, ish haqi va boshqalar hisob-kitob qilinadi. O‘zbekistonda oxirgi denominatsiya 1994 yil bo‘lgan edi, ya’ni muomalaga 1994 yili 1 iyuldan boshlab so‘m-kupon o‘rniga yangi milliy valyuta-so‘m 1000:1 qilib almashtirilgan edi. 2. Muomala vositasi. Bu yerda pul-tovar va xizmatlarning almashuvida vositachi rolini o‘ynaydi. Bu vazifani bajarishda pul haqiqatan bevosita ishtirok etadi. Bu yerda pul muomala vositasi sifatida harakat qilishi uchun, u, birinchidan, bu rolni bajarishda davlat tomonidan ijozat berilishi va ikkinchidan, umumjamiyat tan olishidan foydalanishi shart. 207 3. Jamg‘arma vositasi. Bu vazifani pul bajarishi mumkin, qachonki, sotuvchi o‘zining sotgan tovari pulini olib, uni darhol harakatga keltirmasa. Bu yerda pul real va to‘la qimmatli, ya’ni barqaror sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Korxona investitsiya uchun pul jamg‘aradi, vaqti-vaqti bilan to‘lovni amalga oshiriladi va boshqalar. Shu bilan aholi uzoq vaqt uchun foydalanadigan tovarlarni xarid qilish bilan «qora kunga» (har ehtimolga qarshi) pul jamg‘aradi, pul ajratib qo‘yadi va boshqalar. Ushbu jamg‘arma vositasini pul bajarishi uchun uning mutlaqo likvidlik imkoni yaratiladi – bu tezda tovar va xizmatlarga aylanish qobiliyatini bildiradi. Pulning naqd shaklda jamg‘arilishi itevrazatsiya deb ataladi. Bunday holatlar juda keng tarqalgan, sababi banklarga qo‘yilgan pullarning yo‘qolish xavfi bor yoki ularga kirish muhosara qilinadi. 4. To‘lov vositasi. Bu vazifani pullar tovarlarni kreditga olishda, soliq to‘lashda, pul ssudalarini qaytarishda, ish haqini berishda va boshqalarda bajaradi. Bu yerda bizga ma’lum pul shakli – kredit pullar paydo bo‘ladi. Bu vazifaning asosiy xususiyati pulning harakat qilishi va qimmatbaho tovar- materiallar o‘rtasidagi vaqtning uzilishini mavjud bo‘lishidir. Bu yerda pulni o‘zi emas, balki pulda ifodalangan to‘lov majburiyatlarining muomalasidir. Pul to‘lov vositasi vazifasini, to‘lov majburiyatini uzishda vositachi bo‘lib xizmat qilish paytida bajaradi. 5. Dunyo pullari. Bu vazifa xalqaro iqtisodiyot munosabatlari doirasida yuzaga keladi, ya’ni pul xalqaro to‘lov vositasi sifatida tovar va xizmatlarga narx-navoni aniqlash uchun alohida mamlakatlar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda valyuta rezervlari shakllanishi uchun, aholi va firmalarinng valyuta jamg‘armalarida foydalaniladi. Bu yerda gap pulning oldingi ko‘rib chiqilgan to‘rtta vazifasini bajarishi haqida ketayapti: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi, lekin faqat xalqaro miqyosda. Boshqa maktablarning vakillari oxirgi ikki vazifani birinchi uchtasidan yasama sifatida ko‘rib chiqadilar. Pulning har xil nazariyalari bilan biz «pul-kredit tizimi va davlatning pul- kredit siyosati» bobida batafsil tanishamiz. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling